O‘zDSMI professor-o‘qituvchilari Mudofaa vazirligi tomonidan maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati kafedrasi dotsenti Jahongir Ahmedov, shuniningdek, kino, televideniye va radio rejissyorligi kafedrasi dotsentlari — Jahongir Qosimov va Hilol Nasimov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan «Yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mukofot sohibi bilan professor-o‘qituvchilarni tabriklaydi.




Koreya nashriyoti bilan memorandum imzolandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Koreya Respublikasining «Yeovon Media» nashriyoti rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma nashriyot ochish, talabalarning xorijda amaliyot o‘tashini ta’minlash hamda mahorat darslari tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

«Biz maktabgacha ta’lim tizimiga oid darsliklar dizayni bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga egamiz. Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganmiz. Yaqinda Gvatemala Ta’lim vazirining taklifiga binoan ushbu mamlakatda seminar o‘tkazib, memorandum imzoladik. O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarimiz shakllanishidan mamlakatiningiz rahbarining o‘rni beqiyos. Aynan O‘zbekiston Prezidentining bolalar uchun sifatli darsliklar yaratish borasidagi tashabbusi tufayli yurtingizga o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdik. O‘ylaymanki, bardavom hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yamiz», dedi nashriyot direktori Dong Hvi Kim.

Uchrashuv so‘ngida o‘zaro memorandum imzolandi hamda qo‘shma hamkorlik asosida nashriyot ochish borasida kelishuvga erishildi.

Shu bilan birga, mehmonlar institutning axborot-resurs markazini ko‘zdagn kechirishib, iliq fikrlarini bildirishdi.

Ma’lumot uchun, Seul shahrida joylashgan «Yeovon Media» nashriyoti 1992-yildan beri bolalar uchun sifatli kitoblarni nashr etib keladi.




Navoiydan chu topqaylar navoye

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan «Navoiydan chu topqaylar navoye» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni oliygoh rektori v.b. Eldor Shermanov ochib berib, buyuk mutaffakkirning sharafli hayot va ijodi haqida so‘z yuritdi. Rektor Navoiy asarlari inson tafakkurining shakllanishi hamda kamolotga yetishishida, yuksak ma’naviyatga ega jamiyat taraqqiy etishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Konsertda professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar tomonidan Navoiy g‘azallari ijro etildi.




«Ilmli ayol — jamiyat ko‘zgusi» mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan «Ilmli ayol — jamiyat ko‘zgusi» mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi.

Dastlab institit rektori v.b. Eldor Shermanov so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor hamda ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Seminar davomida fan doktorlari, professorlar, kafedra o‘qituvchilari va doktorantlar tomonidan ma’ruzalar o‘qildi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda “San’at va madaniyat instituti bitiruvchi talabalari yotoqxonadan haydalmoqda” deya e’lon qilingan xabar yuzasidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti quyidagilarni ma’lum qiladi:

2024-yil 5-fevraldan 11-may sanasiga qadar institutning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan va jami 632 nafarni tashkil etadigan 4-bosqich talabalari bitiruvoldi amaliyot o‘tashlari uchun Toshkent shahri va viloyatlarga yuborilgan.

Institut talabalar turar joyida istiqomat qiladigan 4-bosqich talabalarining 97 nafaridan 42 tasi bitiruvoldi amaliyotini o‘zi doimiy yashash manziliga yaqin bo‘lgan viloyatlardagi madaniyat muassasalari, korxona va tashkilotlarga olganligi bois talabalar turar joyini tark etmoqda.

Talabalar turar joyida bo‘shagan o‘rinlarga esa ijarada yashayotgan va ijara to‘lovlarini amalga oshirishda muammolarga duch kelayotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni joylashtirish rejalashtirilgan.

Hozirda hech bir talaba majburan talabalar turar joyidan chiqarilmagan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz.




Sun Mun universiteti prezidenti hamda ICT/SW biznes kengashi rahbari O‘zDSMIga tashrif buyurdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Sun Mun universiteti delegatsiyasi vakillari tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida universitet prezidenti Seong Jea Mun, oliygoh professori Eduard Kim, Chungnam ICT/SW biznes kengashi prezidenti Sung Hvan Li, universitet professor assistenti Songe Kim institutimiz rahbariyati bilan uchrashdi.

«Koreys xalqi bizning eng qadrdon do‘stlarimizdan biri hisoblanadi. Mamlakatingizga tashrifimiz davomida bunga amin bo‘lganman. O‘zaro hamkor aloqalarining amaliy tus olishi bizni behad mamnun etadi. O‘zbekistonda Koreya madaniyatiga hurmat bilan yondashadigan insonlar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Sun Mun universitetining Koreyadagi eng ilg‘or oliygohlardan biri ekanligiga guvoh bo‘ldik. Tashrifingizdan mamnunmiz», — dedi institutimiz rektori v.b. Eldor Shermanov.

O‘z navbatida Sun Mun universiteti prezidenti ham hamkorlikdan minnatdor ekanligini ta’kidladi:

«Bizni yaxshi kutib olganingiz uchun tashakkur aytmoqchiman. O‘zbekistonga ilk marotaba tashrif buyurdik va mazkur dargohga kelishni intiqlik bilan kutayotgandim. Hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan islohotlarga tayyormiz. Bugungi kunda universitetimizda 160 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil oladi. Shuningdek, ta’lim markazimizda 500 nafar o‘zbekistonlik koreys tilini o‘rganmoqda. Ishonamanki, ular o‘zlashtirgan bilimlari bilan mamlakatingiz rivojiga hissa qo‘shadi. Bizda tahsil olish istagida bo‘lgan talabalarni dargohimizga qabul qilishga tayyormiz», — dedi doktor Seong Jea Mun.

ICT/SW biznes kengashi prezidenti Sung Hvan Li esa o‘zbekistonlik talabalarni kelgusida ish bilan ta’minlashni maqsad qilganini ta’kidladi:

«O‘zbekiston ishlab chiqarish bozori bizni qiziqtirmoqda. Bu yerda o‘rta va kichik biznesda hamkorlar bilan ishlashni maqsad qilganmiz. Biz bir nechta viloyat hokimlari bilan suhbatlashdik. Shu bilan birga, madaniyat sohasida tahsil olayotgan talabalarni ham madaniyat markazlarimizga jalb etishni rejalashtirganmiz. Kelgusida o‘zaro aloqalarimiz kuchayishiga tilakdoshman».

Ikki oliygoh vakillari kelgusidagi istiqbolli rejalarni muhokama qilishib, kelishuvga erishishdi.

Shuningdek, mehmonlar dars jarayonlariga tashrif buyurib, professor-o‘qituvchilar va talabalarning imkoniyatiga yuqori baho berdi.




Yanvar dayjesti

2024-yil yanvar oyida bo’lib o’tgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati bilan bog’liq xalqaro hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar dayjestini e’tiboringizga havola qilamiz.




Sahna asarlarida g’oyaviy qarashlarning yoritilishi va ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni

Teatr san’atining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni haqida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning «Hammamizga yaxshi ma’lumki, inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ongu tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo’ja Behbudiy aytganlaridek, teatr haqiqatan ham ibratxona, qutlug‘ tarbiya va ma’rifat maskanidir. Jahondagi eng ommaviy va ta’sirchan san’at turlaridan biri bo‘lgan teatr asrlar davomida odamlarni insoniylik va ezgulikka chorlab, ularning qalbida olijanob fazilatlar, go’zal his-tuyg’ularni kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik, yuksak axloq va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda», deya ta’kidlab o’tganini alohida  e’tirof etish joiz.

Har qanday soha boshqalaridan ajralgan holda yakka o’zi rivojlana olmaydi. Bugun O‘zbekistonda milliy madaniyat va san’atni rivojlantirish masalasiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivolantirishning uzviy va ajralmas qismi sifatida qaralyapti. Negaki, madaniyat va san’at millat taraqqiyoti yo‘lidagi nihoyatda ahamiyatli va o’ta nozik sohadir. Chunki bu soha jamiyatning yuragiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan, tilagiga ko‘chadigan tuyg’ularni tarbiyalaydi. Yurtboshimiz «Bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday murakkab vazifalarni qo’yayotganini barchamiz ko’rib, bilib turibmiz. Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish, dunyo miqyosida raqobatbardosh bo’lish uchun xalqimizni, avalambor, yoshlarimizni ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat, taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz kerak.

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko’tarish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, oliygohlarimizni ta’lim va ilm-fanning yirik markazlariga aylantirish bo‘yicha boshlagan katta ishlarimizni jadal davom ettirishimiz lozim», degandi. Har tomonlama rivojlangan, yetuk, bilimdon, jahon andozalari bilan bo’ylasha oladigan malakali kadrlarni yetkazib berish ta’limdagi bugungi islohotlarnining asosini tashkil qiladi.

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-maydagi «Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o’rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida teatrlarni rivojlantirish, jamoatchilikda teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, sohadagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bularning ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, barcha teatr saytlari yangilanib, uch tilda yuritila boshlandi. Ijodiy jamoalar shakllantirildi. Yangi O’zbekistonda yangicha dunyoqarashga intilib yashash orqali biz madaniyat va san’at sohasi vakillari mushtarak madaniyatimiz va saodatli san’atimizni yaratish uchun harakat qilishimiz darkor. Zero, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning “Bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz.

Biz — hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo’rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli, buyuk xalqmiz. Barchamiz bir tanu bir jon bo’lib, yakdil va ahil bo’lib harakat qilsak, halol-pok bolib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz”, deb aytgan da’vatlari barchamizning qalbimizga iftixor bag‘ishlaydi.

Har bir ijodiy jamoa tasdiqlangan rejaga asosan yiliga 4 tadan, Respublika teatrlari bo‘yicha jami 150-160 ga yaqin yangi spektakl sahnalashtiradi. Ijodiy jamoalar repertuarida turli yosh va qiziqishga ega tomoshabinlarga mo‘ljallangan tragediya, drama, komediya janrlarida jahon hamda oʻzbek mumtoz asarlari namunalari mavjud. Prezidentimiz ijodkorlarga katta ishonch bildirib, «Ijod ahli inson qalbining muhandislaridir», — deya ta’kidlagan. Teatr san’ati esa hech qachon eskirmaydi. Inson qanchalar axborot texnologiyalariga o‘rganmasin, baribir ma’naviyat dargohi sifatida o‘rnak bo ladigan teatrning o‘rni bo‘lakcha.

Oʻzbekistonning madaniyati mangulikka daxldor, degan asosli jumlada biz madaniy qadriyatlar va madaniy meros obyektlarining ulug‘vorligini, ajdodlarimiz tarixini eslatuvchi asosiy manba ekanligini tushunamiz. Ushbu qadriyatlarimiz va madaniy meros obyektlarimiz yoshlar tarbiyasini mukammal rivojlantirish, ular dunyoqarashini o‘zgartirib, globallashuv zamonida tubanlikka tushib qolmasliklarida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti ilgari surgan keng ko’lamli demokratik islohotlar asosida yangi Uyg’onish davri — Uchinchi Renessans poydevorini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish zaruriyati, yangi milliy mafkuraga aylanishi, xususan, madaniy merosimizning xalqaro andozalarga mos ravishda saqlanishini ta’minlash, o’z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo’lgan ishonch bizni Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Yangi Uyg’onish davri poydevorini yaratishdek ulug’ maqsad yo‘lida birlashtirmoqda. Bu borada millat timsollariga aylangan ziyolilarning — madaniyat va san’at sohasining fidoyilari alohida o’rin tutadilar. Eng muhimi, ziyolilar ongi va ruhidagi yaratuvchanlik salohiyatini jonlantirib, uni millat kamolotiga xizmat qildirishi darkor. Bu borada nimalar qilishimiz lozim, degan savolga shunday javob bo‘ladiki, avvalo, sohani bilimdon mutaxassislar bilan to‘ldirish kerak. Shu bilan birga, mavjud soha mutaxassislarini merosimizni xalqaro andozalarga mos ravishda saqlanishini ta’minlashga qayta tayyorlash, zamonaviy ilm-fan, texnika yutuqlari va xalqaro andozalarga mos ravishda ishlash, shuningdek, xalqaro tajribalarni o’rganib, sohaga tadbiq etish hozirgi paytdagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu boradagi islohotlarda madaniyat va san’at sohasi xodimlari eng oldingi safda bolishi kerak. To‘g’rirog‘i, birinchi galda bizning o’zimiz ana shu maqsad mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Fuqarolarimizda ham jamiyat rivojida, uyg’onish davrida mening ham hissam bo‘lishi kerak, degan fikrni shakllantira olsak, rejalarimiz, intilishlarimiz yanada tez va yugori samara bera boshlaydi.

Bugungi voqeliklar shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda teatrlar ham faqatgina davlat beradigan moliyaviy ko‘makka qarab tura olmasligini ko‘rsatyapti. Ayniqsa, o‘tgan davrlarda karantin va muayyan cheklovlar diyorimizdagi madaniyat va san’at muassasalari faoliyatiga jiddiy zarar yetkazgani barchamizga a’yon. Bugun tearlar zimmasiga xalqimizning ma’naviy talabini qondirish barobarida, taqdim etilajak spektakllar evaziga daromad ko’rishdek mushkul vazifa yuklanadi. Binobarin, xalqimizning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi, urf-odatlari, an’analari singari hech qaysi millatnikiga o‘xshamagan go‘zal qadriyatlari borki, shular asosida o‘lmas sahna asarlarini yaratib, elimizga havola etish eng asosiy vazifamizga kiradi. Darhaqiqat, yillar davomida shakllangan boshqaruv va teatr asarlarini taqdim etish usullari endilikda o‘zgarib bormoqda. Tarbiyaning asrlar davomida saqlanganligi va avloddan-avlodga o’tganligi tufayli bugungi yoshlar madaniy, ma’naviy qadriyatlar haqida katta tasavvurga ega. Hayot o‘zining turli-tumanligi bilan bolani tarbiyalaydi. Hayot — bu moddiy sharoit, jamiyatning ijtimoiy tuzimi, san’at, madaniyat, shuningdek, o’quv maskanlari — maktab, diniy o‘quv yurtlaridir. Ma’lumki, jamiyat turli davrda shu zamondagi moddiy va ma’naviy hayotga muvofiq tarzda rivojlanib boradi. Ammo insoniyat avloddan-avlodga o’tib kelayotgan xalq san’atini, urf-odatlarini, an’analarini, bebaho, takrorlanmas boylikni avaylab asradi. Tarbiya va o‘z-o‘zini  tarbiyalash insoniyat sivilizatsiyasining rivojida birdan-bir sharti bo‘ldi.

Axborot texnologiyalari, internet tizimining keyingi yillarda shiddatli o‘zgarishi va rivolanishi aksariyat sohalarning faoliyatini butunlay qayta ko’rib chiqish, ish uslublarini o‘zgartirishga majbur qildi. Bu o’rinda milliy xarakterimizni isloh qilish bevosita teatr san’atisiz rivojlanmaydi. Sahna asarlarida bugungi ulkan islohotlarning yoritilishi, g‘oyaviy qarashlarning asar va tomosha mohiyatiga qorishtirilishi xalqimizning mavjud islohotlarga bo’lgan fikrini teranlashtirishiga turtki bo‘lmasdan qolmaydi. Ijodning biron turida teatr va dramaturgiyadagidek inson tiplari — xarakter va kasb-hunarlarning xilma-xilligi ko’rinmaydi. Ularda ma’budlarning yerdagi vakillari, avliyolar, qirollar, tuban odamlar, jamiyatdagi barcha tabaqa vakillari o’z xarakteriga ega holda biron voqeada ishtirok etishi mumkin. Ular dramaturg yaratgan personajlar bolib, ijodkor rejasiga ko’ra  shakllangan xayolot dunyosining mahsulidir.

Dramaturg o’zining quvonchi, ko’ngil yolqinlari, g’azabi, tashvishlari, orzu-umidlari va ulug’vor fikrlarini asardagi personajlar xarakteriga mos ravishda taqsimlaydi. Uni jalb qilgan g’oya personalari xarakteri va harakatida namoyon bo’ladi hamda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishga da’vat qilib turadi. Dramaturgning puxta o’ylagan rejasi personalarni o’z janriga xos shakldagi badiiy yechim sari yetaklaydi.

Asar g’oyasi tomoshabinga aytmasa bolmaydigan zaruratga aylanadi. Bu zarurat evaziga xarakterlar kuchli ta’sir quratiga ega bo‘ladi. Bugun sahnaviy xarakter yaratish va spektakining badiiy yaxlitligi masalasi o’z tadqiqotchisini kutmoqda. Chunki aktyor yaratgan rolning xarakteri obraz darajasiga ko‘tarilmas ekan, spektakining badiiy yaxlitligi to’g’risida tugal fikr bildirish mumkin emas. Aktyor dramaturg tomonidan asar g‘oyasini ochish uchun personajga bergan xarakterni badiiy obraz darajasiga olib chiqolmasa, yordamchi vositalar bo’lmish — dekoratsiya va jihozlar keraksizday, musiqa aktyor aybini yopuvchi vositaday yoki uzuq-yuluq joylarni yamab turgan yamoqday tuyiladi. Bunday «tomosha»dan keyin spektakini «tahlil» qilib, ommaviy ko’rik uchun tavsiya qilgan mutaxassisga, ayniqsa, teatrshunosga tahsinlar aytishdan boshqa iloj qolmaydi.

Teatr san’ati asrlar davomida insonlarni tarbiyalovchi, ma’naviyatini shakllantiruvchi qudratli vosita hisoblanib kelgan. Shu sababli bo’lsa kerak, sahna san’ati mavqeini yanada oshirish, moddiy-texnik bazasini zamon talablari darajasida takomillashtirish, zamonaviy binolarini qurib foydalanishga topshirish, eng muhimi, yangi teatrlar tashkil etish borasida hukumatimiz tomonidan juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. So’nggi yillarda teatr san’atiga, ijodkorlarga e’tibor kuchaydi. Ijodkorlarni qo‘llab-quvatlash maqsadida Respublika qo’g’irchoq teatrlar festivali, yosh rejissyorlarning «Debyut» ko’rik festivali, turli ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o’tkazildi.

Pyesalar tanlovlari o’tkazilib, g’olib mualliflar taqdirlandi. Dramaturglarning bir necha yillik qalam haqidan qarzdorliklar bartaraf etilib, 41 nafar muallifga qalam haqi toʻlab berildi. Yil davomida repertuar rejaga kiritilgan spektakllaring deyarli 95 foizi sahnalashtirildi. Ulugʻ namoyandalarning xotira kechalari, taniqli san’atkorlarimizning ijodiy kechalari va benefislari oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi butun dunyo bolalar va yoshlar teatrlari assotsiatsiyasiga a’zo boʻldi.

Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy oʻzbek teatri rejissurasi xorijiy mumtoz asarlarni sahnada talqin etishda oʻzbek teatridagi mavjud an’analarga suyanish hamda ularni jahon teatri an’analari va erishgan yutuqlari bilan uyg’unlashtirish yoʻlidan bordi. Dunyo teatri taraqqiyotining turli davrlarida yuzaga kelgan asarlarni sahnalashtirish uchun rejissyorlar o’sha davr sahna san’atining o’ziga xos xususiyatlarini zamonaviy teatr bilan mutanosib holda ifodalashga intildi. Oʻz zamonidagi turli ijtimoiy-siyosiy muammolarni o’zida aks ettirgan asarlarni bugungi kunga moslashda sahna ijodkorlari, ularning umuminsoniy jihatlari, ma’naviy va axloqiy qarashlari, shuningdek, hozirgi jamiyada mavjud turli illatlarga qarshi kurashga chaqiruvchi g’oyalariga urg’u berishni maqsad deb bildi. Bu esa asarlarning birmuncha zamonaviy xususiyat kasb etishiga sabab boʻldi.

 

Shohroʻza Ergasheva,

Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishi talabasi