“Oriyat” musiqali dramasi namoyishi bo’lib o’tdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev Musiqali teatr aktyorligi 5-bosqich sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Oriyat” musiqali dramasi namoyishida ishtirok etdi.

Nasrullo Qobilov asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqning boshiga tushgan qiyinchiliklar, bundan foydalanib oriyatini unutgan inson hamda oriyat uchun kurashgan o’zbek xalqining mardligi tasvirlangan.

⚡️Mazkur diplom spektakli Musiqali teatr san’ati kafedrasi katta o’qituvchisi Farxod Farmonov tomonidan sahnalashtirildi.

Shuningdek, Sahna nutqi o‘qituvchisi Isfandiyor Homidov, Xormeyster Olimjon Komiljonov, Konsertmeyster Yekaterena Abramova, Grim ustasi Feruza Jalilova, Vokal o‘qituvchilari Dilbar Malikova, Nurillo Eminov, Feruza Mansurbekova, Aktyorlik mahorati fani o’qituvchisi Fozil Nazarov.

Spektakl soha mutaxassislari tomonidan iliq kutib olindi.




Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy kecha o’tkazildi

Kuni kecha O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kutubxona-axborot faoliyati fakultetida so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag’ishlab, 4-bosqich talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy kecha o’tkazildi.

Tadbirni fakultet dekani Bahodir Usmonov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirga Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi, Navoiyshunos olim Yusuf Tursunov ham tashrif buyurib, Navoiyning serqirra ijodiy faoliyatiga alohida to’xtalib o’tdi.

Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan Navoiy qalamiga mansub ruboiylar va g’azallar ijro etildi, kuy-qo’shiqlar va raqslar esa tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat bag’ishladi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatrida bo‘lib, teatr direktori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Azim Mullaxonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Nodirbek Sayfullayev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi «Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida «gi qarori teatr san’atining rivojida tarixiy ahamiyat kasb etayotgani, ushbu hujjat orqali teatr maskanlarining Mahmudxo’ja Behbudiy ta’riflagan tom ma’nodagi “ibratxona”ga, ma’naviyat va ma’rifat maskaniga aylanishi uchun keng imkoniyat yaratilayotganini, bugun soha xodimlari oldidagi eng dolzarb masala ayni shu qaror ijrosini ta’minlash va sohani yanada takomillashtirish, xalqimizga manzur bo’ladigan sahna asarlari yaratish ekanligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, kelgusida teatrda “Musiqali teatr san’ati” kafedrasining filialini ochish, yuqoridagi qaror asosida talabalaring amaliyot bilan bog‘liqligini yanada oshirish, talabalar ishtirokida spektakl sahnalashtirish va shu orqali dual ta’limni yo‘lga qo‘yish va boshqa ko‘plab hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

Xususan, teatr san’ati rivojiga beqiyos hissa qо‘shgan betakror iste’dod sohibi, ustoz san’atkor Bahodir Yо‘ldoshev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Nodirabegim” spektaklini talabalar va teatr aktyorlari ishtirokida sahnalashtirish hamda bu spektaklni teatr repertuariga kiritish masalasi atroflicha muhokama qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi.

Yuqoridagi qarorda Muqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatriga “akademik” maqomi berilishi ham belgilandi. Bugun ushbu teatr barcha musiqali teatrlar uchun ijodiy laboratoriya vazifasini bajarib kelayotgani, shuning uchun ham teatrga “akademik” maqomining berilishi nafaqat, mazkur teatr, balki musiqali teatr san’atining hamda shu sohada faoliyat olib borayotgan ijodkorlarning mehnatlari e’tirofi ekanligi ta’kidlandi.

Tashrif davomida rektor teatrning bugungi faoliyati, ijodiy jarayonlar va kelgusi rejalari bilan ham tanishdi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Sungkyul universiteti (Janubiy Koreya) professori Jin Hwan Ra tashrif buyurdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Sungkyul universiteti (Janubiy Koreya) professori Jin Hwan Ra tashrif buyurdi hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Yakubov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashrif mobaynida ko‘plab masalalar qatorida 2025-yil iyul oyida tashkil qilinishi rejalalashtirilayotgan teatr festivali, unga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Sungkyul universiteti o’rtasida tadqiqot va boshqa boshqa sohalarda akademik va madaniy almashinuvni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumda talabalar, professor-о‘qituvchilar va xodimlar almashinuvini tashkil etish, ta’lim va tadqiqotda materiallar va ma’lumotlarni almashish, madaniy tajriba dasturlari, qisqa muddatli til dasturini yo’lga qo’yish, ta’lim bo’yicha qo’shma seminarlar, konferensiyalar va uchrashuvlar tashkil etish kabi bir qator masalalar qamrab olindi.




Navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Dastlab rektor “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasidan Axmadjon Dadayevga professor ilmiy unvoni, “Folklor va etnografiya” kafedrasidan Bibiaysha Kudaybergenova va Feruza Abdiraxmanovalarga hamda “Kino, televideniye va radio rejissyorligi” kafedrasidan Aleksandr Kudryavsevga dotsent ilmiy unvonlarini topshirib, ularning kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.
Shundan so’ng tashkiliy masala ko‘rilib bir qancha tayinlovlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektorining tegishli buyruqlariga muvofiq:

Qurbonov Anvar Registrator ofisi direktori lavozimiga;

Turatov Sobirjon Turdibekovich О‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Grebenyuk Martin Valentinovich “О‘quv-metodik ta’minot” bо‘limi boshlig‘i (О‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i о‘rinbosari) lavozimiga;

To‘rayev Ma’murjon Jo‘raqul o‘g‘li Xalq ijodiyoti fakulteti dekani lavozimiga;

Egamberdiyev Farrux To‘xtayevich Teatr san’ati fakulteti dekani lavozimiga;

Xidirova Kamola Sodikovna Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Nodirbek Sayfullayev yangi tayinlangan xodimlarga kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, ularning oldida institut, provardida esa san’at va madaniyat rivojiga hissa qo‘shishdek ulkan mas’uliyat turganini qayd etdi hamda ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan har bir xodim bir jamoa bo’lib, fidoiylik bilan maqsad sari harakat qilishi lozimligini ta’kidladi.

❗️Shuningdek, yig‘ilishda institut hayotiga aloqador bir qator masalalar muhokama qilindi hamda ular bo‘yicha barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Akif Marifli tashrif buyurdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Akif Marifli tashrif buyurdi hamda institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev bilan uchrashdi.

✅Uchrashuvda Nodirbek Sayfullayev mehmonni ko’rib turganidan va bo’lajak hamkorlikdan juda ham mamnunligini bildirar ekan, Ozarbayjon xalqi va madaniyatiga hurmati cheksiz ekanligini, va bu hamkorlik ming yillardan buyon davom etib kelayotgan ikki xalqning madaniy aloqalarini yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shu bilan bilan birga, mehmonni institut tarixi, ilmiy va ijodiy salohiyati, bugungi kunda amalga oshirilayotgan o‘quv-ijodiy jarayonlar, ilmiy yo’nalishda bo‘layotgan o’zgarishlar, umuman, institut hayoti bilan batafsil tanishtirib o’tdi.

✅O’z navbatida, Akif Marifli Ozarbayjonda o’zbek san’ati va madaniyatiga qiziqish yuksak ekanligini, Ozarbayjon Madaniyat markazining olib borayotgan bugungi faoliyati ikki xalqning madaniy hamkorligini yanada mustahkamlash va birgalikda ko’plab madaniy loyihalarni amalga oshirishga qaratilganini, bu borada institut bilan hamkorlikdan yuksak natijalar kutayotganini aytib o’tdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida Ozarbayjon va O’zbekistonning barcha jabhalardagi hamkorligi yuksak darajada davom etayotgani alohida ta’kidlanib, madaniy hamkorlik ham ming yillik an’analar asosida yangi darajaga chiqib borayotgani va bu soha xodimlari uchun yangi imkoniyatlar yaratayotgani e’tirof etildi.

Kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar ham muhokama qilindi. Jumladan, hamkorlikda uchrashuvlar, davra suhbatlari, konsert dasturlari tashkil etish, tashkil etiladigan tadbirlarda o’zaro xodimlar ishtirokini ta’minlash, zamonaviy Ozarbayjon dramaturgiyasi namunalarini institut talabalari tomonidan sahnalashtirish va boshqa masalalar borasida kelishib olindi.

Shuningdek, mehmon institutda tashkil etildan Kara Karayev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat va san’at markazi faoliayti bilan tanishdi. O‘quv teatrida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ijodiy jarayonlar, xususan, kelgusi konsertga tayyorgarlik jarayonini kuzatib bordi.




“Ijodkor yoshlar ” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Kutubxona-axborot faoliyati” kafedrasi hamda 5-bosqich Kutubxona-axborot faoliyati sirtqi ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan ijodkor talabalar bilan “Ijodkor yoshlar ” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Ijodkor talabalar tomonidan qо‘shiqlar, she’rlar, raqslar, kichik sahna kо‘rinishlar ijro etilib tadbir qatnashuvchilarida katta taassurot qoldirdi.




“Dilga orom qo‘shiqlar” nomli sinf konserti o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Folklor va etnografiya” kafedrasi dotsenti Dilorom Muhammedovaning “Dilga orom qo‘shiqlar” nomli sinf konserti o‘tkazildi.

✅Konsert dasturida Dilorom Muhammedovaning shogirdlari tomonidan ijro etilgan “Arava” (o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan termalar), “Oq bilak oyim anjonlik”(o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Do ‘ppigina” (duet, o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Azim daryo” (o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Do‘mbiram”(Surxon xalq qo‘shig‘i), “ Ey nigori nozanin” (lapar, Buxoro xalq qo‘shig‘i), “Mutti-mutti (o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Lapar”, “O‘zbek xalq qo‘shiqlaridan termalar”, “Olaman deydi (Xorazm xalq qo‘shig‘i, “Andijon boray dedim” (o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Aytishuv va qo‘shiqlardan termalar” kabi kuy-qo‘shiq va folklor ijrochiligi namunalari barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, konsertda institute qoshidagi “E’zoz” sozandalar ansanbli ijrochilarga jo‘r bo‘lib tadbirning yanada fayzli o‘tishiga munosib hissa qo‘shdi.