Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bо‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilandi.

Davlatimiz rahbari 55 ta aniq maqsadga yо‘naltirilgan tashabbuslarni ilgari surdi. Ular doirasida 5 ta qonun, 12 ta farmon va qarorlar ishlab chiqiladi.

Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida ushbu yig‘ilishda belgilangan dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash hamda institut miqyosida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.

Yig‘ilishda barcha prorektorlar, bо‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari hamda yoshlar yetakchisi ishtrok etdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masala yuzasidan fikr bildirar ekan Nodirbek Sayfullayev davlatimiz Rahbarining “Hammamiz yagona kuch bо‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak”, – degan so‘zlaridan iqtibos keltirib, bu so’zlar faoliyatimizdagi asosiy mezonga aylanishi lozimligini ta’kidladi.

Yuqoridagi yig‘ilishda fikri toza, korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodni tarbiyalash maqsadida ta’lim maskanlarida halollik g‘oyalarini singdirish, ularning tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash muhimligi kо‘rsatib о‘tilganini, xususan, institutda ham talaba-yoshlar o‘rtasida bu illatning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuncha berish, ular o‘rtasida tanlovlar tashkil etish ishlarini yanada jadallashtirish, ayniqsa, tarbiyaviy ahamiyatga ega roliklar yaratish zarurligini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, joriy yilning 11-mart kuni madaniyat vaziri boshchiligida ham korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash bо‘yicha dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish о‘tkazilgani va vazirlik tizimida ham bu borada amalga oshirlishi lozim bo’lgan ishlar belgilanganini keltirib o’tdi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashni bir zum ham tо‘xtatmasligimiz darkor ekanligini, biz nafaqat о‘zimiz uni sodir etmasligimiz, shu bilan birga, atrofimizdagilarning ham bu illatga aralashmasliklari uchun ham mas’ul bо‘lishimiz kerakligini alohida qayd etdi.

Institut jamoasiga murojaat o‘laroq, “Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning faoliyatimizdagi asosiy vazifaga aylanishi shart, san’at va madaniyat sohasi xodimlari bu borada o‘rnak bo‘lishi lozim, ana shundagina Yurtboshimiz va xalqimizning bildirayotgan yuksak ishonchlarini oqlagan bо‘lamiz”. – dedi

❗️Shuningdek, mutasaddilarga bu borada qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan ham ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rilib, unga ko‘ra, institutning Ishlar bosohqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Isroiljon Abdukadirov jamoaga tanishtirildi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Estrada aktyorligi san’ati” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabalari Sahna nutqi fanidan kurs ishi topshirdi.

Kurs ishida talabalar berilgan mavzularning amaliy va nazariy jihatlarini tahlil qilishdi.

Xususan, talabalar “Xalq og‘zaki ijodining talaba aktyor nutq shakllanishidan о‘rni”, “Sо‘z san’ati – adabiy matnini mantiqiy tahlili”, “Adabiy asarda muallifning mavzu va g‘oyasini aniqlash”, “Ifodali о‘qish san’atida tahlil va talqin yо‘li”, “She’riyat: “Barmoq” vaznidagi she’rning о‘ziga xosligi”, “Sahna nutqi texnikasi: nafas va ovoz uyg‘unligiga erishish yо‘llari”, “Sahna nutqi texnikasi: nafas va ovoz, talaffuz me’yorlarini takomillashtirishda klassik she’rlarning о‘rni”, “Orfoepiyaning ijro jarayonlaridagi maromi”, “Qayta himoyalash metodining baddiy asar talqinidagi о‘rni”, “Aktyor nutqining takomillashtirishda xalq dostonlari va sajlarining ta’siri”, “Badiiy sо‘z san’atida tahlil va talqin”, “Aktyorni tarbiyalashda muallif va ijrochi nutqining sahnaviy talqini” va boshqa ko ‘plab sohaga oid mavzular yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon qilib o‘tishdi.

Talabalarning mavzu yuzasidan bilimlarini komissiya raisi: dotsent Umida Ibragimova, komissiya a’zolari: dotsent Isoqtoy Djumanov, dotsent v.b Dilrabo Jumanova, Sahna nutqi fani o‘qituvchilari – professor Maxsuma Xodjimatova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, dotsent Lola Eltoyeva, professor v.b Xatira Djuldikarayeva hamda kurs rahbari: dotsent Farrux Egamberdiyevlar tomonidan baholandi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida navbatdagi yigʻilish bo’lib o’tdi.

✅Yig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi hamda 2025-yil uchun rejalashtirilgan maqsadli investitsiyalar jalb qilish holati va 2 oy mobaynida kafedralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tijoratlashtirish bо‘yicha (kafedralar kesimida) amalga oshirilgan ishlar, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan konferensiyalarga tayyorgarlik holati, yakuniy attestatsiya dasturini (bitiruvchi kurslar uchun) ishlab chiqish va tasdiqlash, bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv oldi amaliyotini olib borilishi, ma’naviyat masalalari hamda institutga biriktirilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan tadbirlar kabi masalalar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

❗️Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




Nodirbek Sayfullayev Toshken shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig’ini (Ulug’bek shaharchasi)da o’ziga biriktirilgan kam ta’minlangan oilalar sharoitini borib ko‘rdi.

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev Toshken shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig’ini (Ulug’bek shaharchasi)da o’ziga biriktirilgan kam ta’minlangan oilalar sharoitini borib ko‘rdi.

Shuningdek, ularning muammolari o‘rganildi. Unda fuqarolarning farzandini Maktabgacha ta’lim muassasiga joylashtirishda, doimiy ish topishda, davolanish borasida va boshqa muammolari borligi ma’lum bo‘ldi. Ularni hal etishda tegishli tartibda ko‘mak berilishi aytildi.

Bunday tashriflar aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etishda katta ahamiyat kasb etadi. Mahallalarda yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.




Nodirbek Sayfullayev odatdagidek, institutning 1 va 2-Talabalar turar joyida bo’lib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni yana bir bor kо‘zdan kechirdi.

Bugun 9-mart – yakshanba kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev odatdagidek, institutning 1 va 2-Talabalar turar joyida bo’lib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni yana bir bor kо‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida rektor mas’ullar bilan talabalar dars qilishlari hamda bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishlari uchun yanada kо‘proq imkoniyatlar yaratish borasida fikr almashdi.

Shuningdek, talaba yoshlar bilan ham samimiy suhbatlashib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, o‘qish jarayonlari bilan qiziqdi.

Shu qatorda, talabalar ham mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Xususan, “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Shaxina Ibrohimova Talabalar turar joyida barcha sharoitlar yaratilganini, ayni paytda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida bitiruv oldi malakaviy amaliyotida ekanligini, amaliyot davomida ko‘plab bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘layotganini aytib o‘tdi.




Talabamiz Zulfiya davlat mukofoti sohibasi bo’ldi

Bugun Kо‘ksaroy qarorgohida Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bо‘lib о‘tdi.

Ushbu marosimda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan 28 nafar iqtidorli qizlarimiz ushbu mukofotni shaxsan Davlatimiz Rahbaridan qabul qilib oldilar.

Quvonarli tomoni, ular orasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Estrada aktyorligi san’ati” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Nasiba Sodiqova ham bor.

Institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev iqtidorli talaba bilan uchrashib, yana bir bor ushbu yuksak mukofot hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi!

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarga har tomonlama barkamol avlod bо‘lib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani, yoshlar ham ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishi zarurligi to‘g‘risida suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbarining ishonchini oqlashga va’da beraman, – deya Nasiba Sodiqova ham o‘z taassurotlari bilan o’rtoqlashdi hamda mukofotni qо‘lga kiritishida institut jamoasining hissasi katta ekanini aytib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.




Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Milliy qadriyatlar kuni hamda 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol borki – olam munavvar” deb nomlangan konsert dasturi tashkil etildi.

Konsertga barcha xotin-qizlar milliy liboslarda tashrif buyurishdi hamda ularni milliy kiyimdagi yigitlar gul bilan qarshi oldi.

Konsert avvalida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev institutda faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tiladi.

Shuningdek, ushbu bayramni ham institut jamoasi katta quvonch va muvaffaqiyatlar bilan qarshi olayotganini, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan “Estrada aktyorligi san’ati” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Nasiba Sodiqova Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bо‘lgani, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Sayyora Tuychiyeva esa «Mо‘tabar ayol» kо‘krak nishoni bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Konsert dasturida «Onajonimga – izhor» kompozitsiyasi, «Onajon ka’bam o’zing» she’riy monologi, «Chodir jamol» bayram hazil tomoshasi, «8-mart bayram hazili», «Lazer show» kabi sahnaviy chiqishlar hamda «Bo‘ylaringga», «Aylab keling», «Keldi bahor», «Dilbarim», «Tut i tam», «Mustahzod», «Dilxiroj», «Gal-gal», «Xumoriman», «Qirmoni do’st», Go’zal janon», «Qora muniq nayerdasan», “Ayol madhi” kabi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

Ma’lumki, joriy yilning 3-4-yanvar kunlari kafedralar faoliyatining 2024-yil yakunlari hamda 2025-yilda о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bо‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtgan edi.

Bugun ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalarning kafedradagi ijrosi hamda o’quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlarda olib borilayotgan ishlar tanqidiy va tahliliy ko‘rib chiqildi.

Dastlab Nodirbek Sayfullayev kafedrada faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy qutladi. Shu bilan birga, soha rivojiga munosib ulush qo’shayotgan, ta’lim va tarbiya jarayonlarida o’z faolligi bilan ajralib turgan, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shib kelayotganligi uchun kafedra professorlari – Muhabbat To‘laxo‘jayeva hamda Sabohat Xaytmetovalarga “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg‘alari taqdim etdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o‘tar ekan, rektor bugun mamalakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash, ularni yosh avlod ong-u tafakkuriga singdirish zarur ekanligini alohida qayd etdi.

Shuningdek, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasi institutning eng oldi kafedralaridan biri bo‘lishi zarurligi, bugungi yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham kafedradagi muammolarni o’rganish va ularga yechim topish hamda salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan taklif va mulohazalarni tinglash va amaliyotga tadbiq etish ekanligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng kafedra mudiri Faxriddin Abduvohidovning hisoboti tinglandi hamda muhokama qilindi. Kafedra a’zolari ham teatrshunoslik, kinoshunoslik, dramaturgiya, san’at jurnalistikasi, madaniyatshunoslik kabi sohalarning istiqboli hamda kafedraning kelgusi faoliyatiga oid fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib o’tishdi.
Yig‘ilish yakunida institut rektorining 6-mart kunini institut miqyosida “San’atshunoslar va madaniyatshunoslar” kuni deb e’lon qilish hamda unga bag’ishlab konferensiya va seminarlar tashkil etish, shuningdek, o ‘quv yili yakuniga qadar kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy maqolalaridan iborat to‘plam nashr etish taklifi yig’ilganlar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.