‘quv teatrida ushbu bayram munosabati bilan “Ona tilim faxrim” deb nomlangan bayram dasturi tashkil etildi.

21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Bu kun yurtimizda o‘zgacha shukuh bilan o‘tkaziladigan aziz bayramlarimizdan biriga aylandi.

✔️Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Oʻzbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda.

Xususan, institutning O‘quv teatrida ushbu bayram munosabati bilan “Ona tilim faxrim” deb nomlangan bayram dasturi tashkil etildi.

⚡️Tadbir avvalida filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev, pedagogika fanlari doktori, professor G‘ofirjon Hamroyev, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli yozuvchi Javlon Jovliyev hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, shoira Sayyora To‘ychiyevalar so‘zga chiqib, bugun o‘zbek tilining mavqeyi kun kundan oshib, chet davlatlarda ham uni o‘rganuvchilar soni oshib borayotganini, shu bilan birga, tilimizning qadrini yanada yuksaltirish uchun har birimiz mas’ul ekanligimizni ta’kidlab, barchani bayram bilan muborakbod etishdi.

Shundan so‘ng tadbir milliy tilimizni, chin insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiq va raqslar bilan davom ettirildi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida institutning navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yig‘ilishda barcha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

❗️Dastlab tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, institut rektorining tegishli buyruqlari bilan institut Xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Ermatov Odiljon Olimjon о‘g‘li hamda Xalq ijodiyoti fakulteti O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Xolmо‘minov Mо‘minmirzo Zokir о‘g‘li jamoaga tanishtirildi.

✅Yig‘ilishda talabalarning haftalik davomati, 2024/2025 о‘quv yilining 3-kurs sirtqi ta’lim shaklida 5-semestrni yakunlash hamda 2-kurs sirtqi ta’lim shaklida 3-semestr uchun о‘quv jarayonlarini tashkil etilishi, kafedralar kesmida reyting indikatorlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, institutda faoliyat olib borayotgan tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning monitoring natijalari, institut professor-о‘qituvchilarining ilmiy unvon olishi uchun hujjatlarini tayyorlanish holati, jro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi.

Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




Xalqaro teatr san’ati festivalida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Temur Rashidov hakamlar hay’ati faxriy a’zosi sifatida ishtirok etmoqda.

TURKSOY xalqaro turk madaniyati tashkiloti hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining taklifiga binoan joriy yilning 16-22-oktabr kunlari Turkmaniston Respublikasi Ashxobod shahrida Mahtumquli tavalludining 300 yilligiga bag’ishlab o’tkazilayolgan xalqaro teatr san’ati festivalida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Temur Rashidov hakamlar hay’ati faxriy a’zosi sifatida ishtirok etmoqda.

✅Festival davomida O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston professional teatrlarining turli xil spektakllari namoyish etiladi.




Xalqaro hamkorlik aloqalari

Ayni paytda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Kutubxona axborot faoliyati» kafedrasi katta о‘qituvchisi Irina Say va «Madaniyat va san’at menejmenti» kafedrasi dotsent v.b. Xafiza Abdullayevalar Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat madaniyat institutida bo‘lib o‘tayotgan “Madaniyat va san’at oliygohlari xalqaro gumanitar hamkorlikda: Rossiya va Xitoy madaniyatlarining muloqoti” nomli xalqaro kongressda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

Kongress doirasida ular Moskva davlat madaniyat instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Yekaterina Kudrina bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda Yekaterina Kudrina O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti haqida juda iliq taassurotga ega ekani hamda XVII MDH davlatlari ijodiy va ilmiy ziyolilari forumida institut rektori Nodirbek Sayfullayev bilan uchrashib (https://t.me/dsmi_uz/32841), ikki oliy ta’lim muassasida olib borilayotgan ilmiy-ijodiy jarayonlar to’g’risida fikr almashganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur Kongressning maqsadi – madaniyatlararo muloqotning muhim qismi sifatida xalqaro madaniyat va san’at oliygohlari jamoasini birlashtirishdir.

Unda madaniyat va san’at sohasidagi milliy ta’lim modellari: hamkorlik yо‘nalishlari va istiqbollarini izlash, madaniyat va san’at sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashda an’analar va yangiliklar, badiiy ta’lim sohasida davlatlararo hamkorlik, madaniy merosning xalqaro ta’lim integratsiyasidagi yangi trend sifatida kreativ industriyalar kabi masalalar muhokama qilinmoqda.




“O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 35 yilligi” munosabati bilan «Milliy qadriyatlar sayli» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Bugun Adiblar xiyobonida “O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 35 yilligi” munosabati bilan «Milliy qadriyatlar sayli» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirda bugun o’zbek tilining mavqeyi jahon miqyosida ham oshib, o’rganish ishtiyoqidagi qiziquvchilar soni ham ko’payib borayotgani ta’kidlandi.

Bir qator oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan hamda turli ko’rgazmalar va musobaqalarga boy o’tgan tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari ham o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etib, mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi.




✅Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida institut O’quv teatri faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tanqidiy-tahliliy yig’ilish bo’lib o’tdi.

❗️Prorektorlar, teatr jamoasi hamda tegishli mas’ullar ishtirokida o’tgan yig‘ilish avvalida, rektor bugun institutning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida O’quv teatri jamoasining ham alohida o’rni borligini, ular ko’plab tadbirlarning sifatli o’tkazilishida o’z hissalarini qo’shib kelayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, bugun O’quv teatri nima bilan band degan savol qo’yildi. Ijodiy faoliyat borasida sustkashlik kuzatilayotgani aytildi. Zamon talabidan kelib chiqib spektakllar sahnalashtirish lozimligi, buning uchun O’quv teatrining imkoniyatlari yetarli ekanligi qayd etildi.

Ushbu masalalar yuzasidan teatr jamoasining ham fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, O’quv teatri kelgusi faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✅Yig‘ilish yakunida institut rektori bugun yurtimizda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan san’at va madaniyat sohasiga berilayotgan e’tibor va g’amxo’rlikdan unumli foydalangan holda sifatli spektakllar yaratish, konsert dasturlari tashkil etish, bir so’z bilan aytganda, soha rivojiga xizmat qilish barchamizning oldimizda turgan dolzarb vazifa ekanligini aytib o’tdi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev “Buyumlarda bugungi dunyo falsafasi” deb nomlangan sinf konserti namoyishida ishtirok etdi.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev O‘quv teatrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist «Qo‘g‘irchoq teatri san’ati» kafedrasi dotsenti Fatxulla Xodjayev hamda mazkur kafedra katta o‘qituvchisi Ulug‘bek Musinov tomonidan sahnalashtirilgan Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Buyumlarda bugungi dunyo falsafasi” deb nomlangan sinf konserti namoyishida ishtirok etdi.

Konsert dasturidagi “Yarashuv”, “Taqdir”, “Quvnoq oyoqchalar”, “Hayot”, “Oshxonadagi Mojoro”, “Ayriliq”, “Don Juan”, “Kurash” kabi har bir estrada chiqishlarida bugungi kun hayoti, mummolar, insoniy tuyg‘ular buyumlar vositasida ochib berilgan.

Albatta, barchamiz qo’g’irchoq teatri deganda biror bir qahramon timsoli sifatida yaratilgan teatr qo’g’irchog’ini tushunamiz. Bugungi tomoshada esa qo’g’irchoq teatri san’atining yanada keng qamrovli ekanligi, hatto buyumlar vositasida ham mavjud muammolar sahnaviy talqinga ega bo’lishi mumkinligi namoyon bo’ldi.




O‘zbеkiston davlat san’at va madaniyat institutida Mamajon Rahmonov tavalludining 110 yilligiga bag’ishlangan xotira kechasi hamda “Integratsion va transformatsion jarayonlarda san’atshunoslik fani va ta’limining dolzarb masalalari” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Mamajon Rahmonov hayot bо‘lganlarida bu yil 110 yoshni qarshilagan bо‘lar edi. Atoqli san’atshunos olim yurtimiz teatr san’atini rivojlantirishga ulkan hissa qо‘shgan. Shuningdek, u davlat va jamoat arbobi sifatida ham keng jamoatchilikka yaxshi tanish edi.

Benazir ustoz Mamajon Rahmonovning yorqin xotirasiga bag’ishlangan tadbir ikki qismdan iborat bo‘ldi. Dastlab xotira kechasi tashkil etilib, olimning hayot yo‘li, ilmiy izlanishlari, o‘zbek madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi va insoniy fazilatlari eslandi.

Tadbir avvalida akademik Mamajon Rahmonovning hayotiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Unda olimning shogirdlari va yaqinlari uning hayoti, san’at va madaniyatga bo‘lgan munosabati, shogirdlarini qo‘llab-quvvatlagani va u bilan bog‘liq ko‘pgina xotiralari haqida so‘z yuritgan.

✔️Kechani O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ochib berdi hamda Mamajon Rahmonovning bosib o‘tgan hayot yo‘li barcha uchun o‘rnak ekanligini, zahmatkash olim о‘zbek milliy teatr san’atining qadimiy tarixi va taraqqiyoti, uning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan kо‘plab monografiyalar, tadqiqot ishlari, maqola va tо‘plamlar muallifi sifatida sohaning taraqqiyotida alohida o‘ringa ega bo‘lganini qayd etib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Kinematografiya agentligi direktori Shuhratilla Rizayev, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, oliy toifali suxandon Nasiba Ibragimova, O‘zbekiston xalq artisti Rustam Xamidovlar Mamajon Rahmonov haqidagi iliq xotiralari, olimning insoniy fazilatlari hamda san’at va madaniyat hamda ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Mamajon Rahmonov 1914-yil 21-dekabrda Qо‘qon shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini maktab о‘qituvchisi sifatida boshlagan. 1931-1936-yillarda Moskva Moliya institutida tahsil olgan 1938-1942-yillar О‘zbekiston davlat filarmoniyasini boshqargan. 1942-1949 yillarda Muqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori lavozimida faoliyat kо‘rsatadi. 1949–1951 yillarda Moskva davlat konservatoriyasi qoshida tashkil etilgan о‘zbek opera studiyasiga rahbar etib tayinlanadi. Yana vatanimizga qaytib kelib, 1951-1954 yillarda Toshkent teatr va rassomlik (hozirgi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat) institutida tahsil oladi. Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Davlat akademik Katta teatrini boshqaradi.

Keyinchalik Mamajon Rahmonov Toshkent davlat konservatoriyasi hamda Toshkent davlat teatr va rassomlik instituti rektori kabi mas’uliyatli vazifalarda faoliyat yuritib, mamlakatimiz madaniyati va san’ati sohasida malakali kadrlar tayyorlash ishlariga munosib hissa qо‘shdi.

Tadbir “Integratsion va transformatsion jarayonlarda san’atshunoslik fani va ta’limining dolzarb masalalari” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bilan davom ettirildi.

❗️Anjumanning yalpi majlisida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Kamola Akilova “Мамаджан Рахманов: ученый, деятель, человек”, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Akbar Hakimov “Zamonaviy o‘zbek rangtasvirida ijodiy izlanishlar: mavzu va talqin”, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, san’atshunoslik fanlari doktori Muxabbat Tulyaxodjayeva “Профессия театровед”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Omonulla Rizayev, “Atoqli san’atshunos olim”, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, san’atshunoslik fanlari doktori Dilafruz Qodirova “Teatrshunoslar akademiyasi” nomli ma’ruzalari bilan chiqish qildi.

Konferensiya ma’ruzalari to‘plam sifatida nashr etildi. Ushbu to‘plamdan 80 dan ortiq muallifning Mamajon Rahmonovning hayoti va ilmiy-ijodiy, rahbarlik va pedagogik faoliyati hamda san’atshunoslik fani va ta’limining dolzarb masalalariga bag’ishlangan maqolalari o‘rin oldi.