О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaga muvofiq Besh tashabbus olimpiadasi doirasida navbatdagi musobaqalar tashkil etildi hamda musobaqa g‘oliblariga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari diplom va kuboklar topshirildi.

Bugungi kunda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, iqtidorli sportchilarni saralash hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

✅О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaga muvofiq Besh tashabbus olimpiadasi doirasida navbatdagi musobaqalar tashkil etildi hamda musobaqa g‘oliblariga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari diplom va kuboklar topshirildi.

✔️G‘oliblarni taqdirlash uchun so‘zga chiqqan institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev san’at va sport doimo yonma yonligini, ijodkorning sport bilan shug‘ullanishi uning ijodiy kamolotida ham muhim ahamiyatga ega ekanligini hamda institutda talabalarni sport bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini qayd etib o‘tdi.

❗️Qizg’in bahslarga boy o’tgan musobaqalar yakunida g‘oliblar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

🥇Futbol musobaqalarida Xalq ijodiyoti fakulteti jamoasi;

🥇Volleybol musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti jamoasi;

🥇Shaxmat musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Rahmatova Maftuna Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi;

🥇 Shaxmat musobaqalarida (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) Mamaraimov Bobur Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi;

🥇Shashka musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Choriyeva Madina (Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabasi;

🥇Shashka musobaqalarida (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) Ro‘ziyev Elbek Teatr san’ati fakulteti talabasi;

🥇Stol tennisi musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Suvanova Chexroza Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi;

🥇Stol tennisi musobaqalarida (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) Xasanov Og‘abek Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hindistonlik taniqli diplomat, ayni paytda Hindiston-Janubiy Koreya Dо‘stlik jamiyati raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Skand Ranjal Tayal tashrif buyurdi

✔️Tashrif davomida u institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev bilan uchrashdi. Ushrashuvda rektor, mehmonni Davlatimiz rahbari tomonidan san’at va madaniyat sohalarining rivojiga qaratilayotgan e’tibor, sohada olib borilayotgan islohotlar, bugungi o‘zbek san’atining yutuqlari hamda institut tarixi, faoliyati, xorijiy aloqalari, ilmiy-ijodiy sohalarda erishilayotgan yuqori natijalar bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.

⚡️Ta’kidlash o‘rinliki, Skand Tayal janoblariga O‘zbekiston va o‘zbek madaniyati begona emas. Uzoq yillik diplomatik tajribaga ega bo‘lgan mehmon 2005-2008-yillarda Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyat olib borgan.

✔️U Diplomatik faoliyati davomida 7 ta davlatda elchi sifatida ishlagan bo‘lsa, uning uchun eng qadrlisi yurtimizdagi faoliyati bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimizda so‘nggi sakkiz yilda amalga oshirilayotgan olamshumul o‘zgarishlarni doimo katta qiziqish va mamnuniyat bilan kuzatib borayotganini qayd etib o‘tdi.

⚡️Shu bilan bir qatorda, institut faoliyati unda ijobiy taassurot qoldirgani, kelgusida Hindistonda san’at va madaniyatga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilsa, bu aloqalar juda istiqbolli bo‘lishini va bunday hamnkorlik o‘rnatilishi uchun ko‘mak berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.




«Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiorlari ostida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, shuningdek, ularni huquqbuzarlik va firibgarliklarning qurboni bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

✔️Ayni shu maqsadda bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Eldor Raxmatov ishtirokida «Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiorlari ostida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

⚡️Dastlab mehmon Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashev hamrohligida institutda olib borilayotgan o‘quv jarayonlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bilan suhbatlashdi.

Davra suhbati avvalida yig‘ilganlarga jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish yuzasidan viderolik namoyish etildi.

✔️Shundan so‘ng Eldor Raxmatov mavzu yuzasidan taqdimot qildi hamda talaba –yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.




Turkiyaning Ege universiteti bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o’tkazildi

❗️O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev joriy yilning 27-28-sentabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida o’tkazilgan O‘zbekiston-Turkiya III ta’lim forumi doirasida Turkiya Respublikasining Ege universiteti rektori, professor Nejdet Budak bilan uchrashib, o’zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi. Uchrashuv so’ngida esa ikki tomonlama hamkorlikni ko’zda tutuvchi shartnoma imzolangan edi. (https://t.me/dsmi_uz/38283)

✔️Ushbu kelishuvning amaliy ifodasi o’laroq 23-24-oktabr kunlari Turkiyaning Ege universiteti bilan hamkorlikda «Yangi media va kommunikatsiya» deb nomlangan xalqaro konferensiya tashkil etildi. Masofaviy tarzda o’tkazilgan xalqaro anjumanda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori, dotsent Baxtiyor Yakubov, Axborot-texnologiyalari kafedrasi mudiri, dotsent Aziza Kurbanova, ushbu kafedra professor-o’qituvchilari hamda institutimiz doktorantlari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

⚡️Ma’lumot o’rnida, konferensiyada Ruminiya, Vengriya, Fillippin, Hindiston, Ozarbayjon, Qozog’iston kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan ham vakillar qatnashdi.

📈 Ege universiteti Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan bo‘lib, 1955-yilda tashkil qilingan. Universitet dunyoning TOP-1000 universitetlari orasidan joy olgan oliy ta’lim mussasasi hisoblanadi.




Otajon Dostonovning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy o‘zbek badiiy kinosida operatorlik san’atining yangi tamoyillari (2000-2020-yillar)” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

❗️Kunning ikkinchi yarmida Otajon Dostonovning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy o‘zbek badiiy kinosida operatorlik san’atining yangi tamoyillari (2000-2020-yillar)” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ushbu dissertatsiya ishi san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oltinoy Tojiboyeva ilmiy rahbarligida yozildi.

⚡️Himoyada ushbu dissertatsiya ishi teleoperatorlik sohasida qilinayotgan kam sonli ilmiy tadqiqotlardan ekanligi, shu barobarda, amaliyot sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning o‘z sohalarida ilmiy ishga qo‘l urayotgani quvonarli hodisa ekanligiga alohida urg‘u qaratildi. Shuningdek, undan O‘zbekiston badiiy filmlari bo‘yicha olib boriladigan istiqboldagi tadqiqotlarda, darslik, o‘quv qo‘llanma va turli uslubiy ko‘rsatmalar yaratishda foydalanish mumkinligi ta’kidlandi.
✔️Ushbu dissertatsiya ishi ham mufaqqiyatli himoya qilindi.




Dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.

❗️Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida navbatdagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengash asosida bir martalik Ilmiy kengashning yig‘ilishi о‘tkazildi.

Unda dastlab Gavhar Nazarovaning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston zamonaviy hujjatli kinosining rivojlanish tendensiyalari evolyutsiyasi” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ushbu dissertatsiya ishi san’atshunoslik fanlari doktori, professor Muhabbat Tulyaxodjayeva ilmiy rahbarligida yozildi.

Tadqiqot o‘zbek kinoshunoslik fanida ilmiy-nazariy ma’lumotlar ko‘lamini kengaytiradi, filmlar tahlili, kinohujjatchilar izlanishlari, hujjatli kino tarixi va nazariyasi fanlarini o‘qitishni takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur tadqiqotdan kelajakda hujjatli kino tarixi va nazariyasini o‘rganayotgan soha mutaxassislari, kino ijodkorlar va talaba-yoshlar muhim manba sifatida foydalanishi mumkin.




Ayni paytda yurtimizda “Madaniy meros haftaligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumki, ayni paytda yurtimizda “Madaniy meros haftaligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun mazkur haftalik doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” deb nomlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Forumning tantanali ochilish marosimi Yoshlar ijod saroyida tashkil etildi.

Marosim yurtimizda madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida videolavha bilan boshlandi.

Tadbirni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kirish nutqi bilan ochib berib, “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar” to‘g‘risida taqdimot qildi.

⚡️Forumda xalqaro tashkilotlardan TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, Turkiy Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Aktoti Raimkulova, shuningdek, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli yozuvchi va publist O‘g‘uz Yunus Isahon o‘g‘li, TURKSOY Yozuvchilar uyushmasi raisi, qozoq shoiri, jurnalist va muharriri, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan xodim Esdaulet Uluqbek, Qirg‘iziston xalqining “Muras” tarixiy-madaniy merosi jamg‘armasi raisi, taniqli tarixchi, publisist va jurnalist Moldokasimov Qiyos, Qozon davlat madaniyat instituti rektori Axmadiyeva Roza Shayxaydarovna, Ege universiteti Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Fedekar Selami o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

✅Forum doirasida Nodirbek Sayfullayev Rossiya Federatsiyasining Qozon davlat madaniyat instituti rektori, professor Roza Axmadiyeva bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Nodirbek Sayfullayev, avvalo, mehmonni yurtimizda ko‘rib turganidan mamnun ekanligini bildirib, bugun O‘zbekistonning jahon davlatlari bilan ochiqlik va oshkorlik tamoyillari asosida o‘rnatilgan o‘zaro manfaatli hamkorligi barcha sohalarni qamrab olganini ta’kidladi.

Jumladan, mamlakatimiz ta’lim, san’at va madaniyat sohasida ham bir qancha yirik tadbirlarga mezbonlik qilayotgani, bu tadbirlarda dunyoning sohaga oid nufuzli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholayotgani va hamkorlik takliflarini bildirayotganini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida, Roza Axmadiyeva yana bir bor yurtimizda bo‘lib turganidan mamnun ekanligini, bugun O‘zbekiston tez suratlar bilan rivojlanib borayotgani, oxirgi tashrifidan so‘ng o‘tgan qisqa davrda ham ulkan yangilanishlar bo‘layotganini mamnuniyat bilan qayd etdi

Shuningdek, uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasining kelgusi hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish, avval erishilgan kelishuvlar doirasida birgalikda amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish hamda hamkorlik aloqalarini yangi darajaga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori forumda mehmon bo’lib turgan TURKSOY tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayev hamda Turkiyaning Ege universiteti Turk tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Fedekar Selami bilan uchrashib, fikr almashdi.




Joriy yilning 14-19-oktabr kunlari Turkiya davlatining Ege universtitetida «Turk dunyosida matbuot» nomli simpozium bо‘lib о‘tdi.

 

✔️Anjumanda О‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Tatariston kabi davlatlar hamda Turkiyaning kо‘plab nufuzli universitetlaridan tashrif buyurgan olimlarning turk matbuoti, jadidlarning matbuot sohasidagi faoliyatlari tо‘g‘risidagi ma’ruzalari tinglandi.

✔️Simpoziumda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori Baxtiyor Yakubov “Jadid matbuoti va teatr”, «О‘zbek va jahon filologiyasi» kafedrasi mudiri Zulfiya Ma’rufova “Jadid matbuoti va ayol”, mazkur kafedra dotsenti Gо‘zalxon Isakova “Mahmudxо‘ja Behbudiyning milliy о‘zlikni anglash borasidagi qarashlari” va ushbu kafedra katta о‘qituvchisi Xumora Usmonova “Birinchi milliy gazetalar va ularning mazmuni” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

⚡️Turkiy xalqlar taraqqiyotiga ulkan hissa qо‘shgan jadidlar faoliyatiga bag‘ishlangan ushbu simpozium an’anaviy tarzda о‘tkazilib kelinmoqda. 2023-yilda Jadid nasri: roman va hikoya sipoziumi о‘tkazilgan bо‘lsa, joriy yilda Jadid matbuoti haqida atroflicha fikr yuritildi.

⚡️Ma’lumki, jadid matbuoti о‘zining kо‘p qirraligi, jamiyatning barcha bо‘g‘inlarini qamrab olganligi bilan, taraqqiyoparvar qarashlarni ilgari surganligi bois, bugungi kun uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.

✔️Institutimiz professor-о‘qituvchilarining ma’ruzalar qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Anjuman yakunida barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanib, ma’ruzalar ilmiy tо‘plamdan joy olishi ta’kidlandi.