MALAKA OSHIRISH MARKAZI
Institut haqida
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
www.edu.uz
Quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
- oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyat, o‘rta maxsus, professional ta’lim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarni strategik rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;
- o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
- xalqaro mezonlar asosida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quv jarayonini tashkil etish me’yorlarini belgilash hamda ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- o‘rta maxsus, professional va oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
- ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash;
- o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
- ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
- ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantirish.
my.gov.uz
Portal haqida
O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o’rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko’rsatadi.
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 728-sonli qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.
data.gov.uz
Ochiq ma’lumotlar haqida