ÖzDSMI va Krasnodar davlat madaniyat instituti örtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
2026-yil 11–14-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Krasnodar şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga (ŞHT) a’zo davlatlar milliy musiqasiga bağişlangan I xalqaro «Ohanglar marjoni» talabalar festivali bölib ötmoqda.
Mazkur xalqaro festival doirasida Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Krasnodar davlat madaniyat instituti örtasida hamkorlik töğrisidagi şartnomani imzolaş masalasi ham közda tutilgan.
Uşbu taşabbus ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida ta’lim, ilm-fan va madaniyat yönalişlaridagi aloqalarni rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş hamda istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.
Şu munosabat bilan Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori Sayfulla Ikramov xalqaro festivalda iştirok etiş, şuningdek, hamkorlik şartnomasini imzolaş bilan boğliq masalalarni muhokama qiliş maqsadida Krasnodar davlat madaniyat institutiga bölib turibdi.
Mazkur taşrif va rejalaştirilgan hamkorlik şartnomasi institutning xalqaro aloqalarini mustahkamlaş, milliy san’atimiz va madaniyatimizni xalqaro miqyosda keng tarğib etiş hamda ikki tomonlama akademik va ijodiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim qadam bölişi kutilmoqda.