Pedagoglar farzandlariga tо‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida chegirma beriladi
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 17 sentabrdagi 501-son qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlariga tо‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida chegirma berish nazarda tutilgan.
📌 Chegirma berish tartibi:
✅ Chegirma har bir farzand uchun alohida, bir о‘quv yilida bir marta qо‘llaniladi.
✅ Arizalar maxsus axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
✅ Murojaatlar tegishli elektron ma’lumotlar asosida ikki kun muddatda kо‘rib chiqiladi.
✅ Belgilangan talablarga muvofiq tо‘lov-kontrakt shartnomalari chegirma qо‘llanilgan holda rasmiylashtiriladi.
❗ Eslatma: Chegirma qо‘shma ta’lim dasturlari, qо‘shimcha va tabaqalashtirilgan tо‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga tatbiq etilmaydi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mazkur imkoniyatlarni belgilangan tartibda amalga oshirish bо‘yicha tegishli ishlar tashkil etiladi.
📄 Asos: Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 17 sentabrdagi 501-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026 yil 9 oktabrdagi 417-son buyrug‘i.