Professor-o‘qituvchilar diqqatiga!

Professor-o‘qituvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2026-yil 28-maydagi “O‘zbekiston va Turkiya rektorlari to‘rtinchi forumi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan” 02-PA 1/1-2822xdfu-son topshirig‘ining 2.1-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ochiq tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov doirasida joriy yilning noyabr oyida Turkiya Respublikasining nufuzli OTMlarida stajirovka o’tash uchun professor-o‘qituvchilarni tanlab olish rejalashtirilgan.

Tanlovning maqsadi — institut professor-o‘qituvchilarining kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilardan o‘zlarining kasbiy malakasi, ilmiy-pedagogik faoliyati, xalqaro hamkorlik tajribasi va mahorat darsi o‘tkazish salohiyatini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etish so‘raladi.

Nomzodlar ochiq tanlov asosida, ularning kasbiy kompetensiyasi, ilmiy-pedagogik yutuqlari, xorijiy tilda muloqot qilish qobiliyati hamda rejalashtirilgan tadbirlarda samarali ishtirok etish imkoniyatlarini inobatga olgan holda saralanadi.

Tanlovda ishtirok etish tartibi, talab etiladigan hujjatlar va hujjatlarni topshirish muddatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilish mumkin.

Barcha professor-o‘qituvchilarni ochiq tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!