O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN`AT VA MADANIYAT INSTITUTI REKTORINING YANGI YIL TABRIGI

Assalomu alaykum!
Qadrli yurtdoshlar!
Aziz ustozlar!
Hurmatli talaba-yoshlar!

Barchangizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Yangi yilda Sizga va oila a’zolaringizga mustahkam sog‘liq, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu-baraka hamda hayotingizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolaman.

Yakunlanib borayotgan 2025-yil mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida muhim islohotlar, keng ko‘lamli o‘zgarishlar va yuksak natijalarga boy yil sifatida tarix sahifalaridan munosib o‘rin egallamoqda.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston san’ati va madaniyatining jahon miqyosidagi obro‘-e’tibori tobora yuksalib, xalqaro maydonda munosib e’tirof etilayotgani barchamizni quvontiradi.

Bu yutuqlar zamirida, shubhasiz, Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan doimiy e’tibor, yuksak ishonch va g‘amxo‘rlik mujassamdir.

Xususan, xorijiy hamkorlarimiz bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv va muzokaralar jarayonida ham ular tomonidan ushbu e’tibor alohida e’tirof etilib, mamlakatimiz tajribasiga katta qiziqish va havas bilan qaralayotganiga bevosita guvoh bo‘lmoqdamiz.

Qadrli do‘stlar!

O‘z navbatida, o‘tib borayotgan yilda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ham samarali mehnati va izlanishlari natijasida salmoqli yutuqlarga erishdi.

Jumladan, dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilgan izchil sa’y-harakatlar natijasida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali akademik teatri, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi hamda “O‘zbekfilm” kinokontsernida tegishli kafedralarning filiallari tashkil etildi. Bu esa talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kasaba uyushmalari saroyida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiydan taralgan mangu navolar” nomli jonli ijrodagi teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etilib, ommaviy axborot vositalari hamda san’at ixlosmandlari tomonidan yuksak baholandi.

Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq, Sahna nutqi kafedrasi dotsenti Ramz Qodirov II-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Iqtidorli talabamiz Nasiba Sodiqova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasiga aylandi.

Shuningdek, Qirg‘iz Milliy madaniyat va san’at universiteti tomonidan tashkil etilgan “Jana ismdar” (Yangi nomlar) nomli X-Xalqaro talabalar teatr festivali hamda “Turksoy dunyosi” III-Xalqaro talabalar teatr festivalida institut jamoasi munosib ishtirok etib, bir qator nominatsiyalar g‘olibi bo‘ldi.
Janubiy Koreyaning “Sungkyul”Universitetida o‘tkazilgan Yevroosiyo talabalar festivalida ham talabalarimiz munosib ishtirok etishdi.

Madaniyat va san’at sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator professor-o‘qituvchilarimiz “Mo‘tabar ayol”, “Oliy ta’lim a’lochisi”, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

2025-yil davomida institutda 4 ta xalqaro va 15 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi. Tajribali, ilmiy unvon va darajaga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan 3 ta ilmiy-metodik seminar tashkil etildi.
Institutning ilmiy salohiyati 48,9 foizdan 57,9 foizga oshdi.

Xalqaro reytinglar doirasida ham institutimiz salmoqli natijalarga erishdi. Jumladan, HE Higher Education Rankings reytingida institut TOP-1000 talikdan 28-o‘rinni, WURI – World University Rankings for Innovation 2025 reytingida talabalarni qo‘llab-quvvatlash va jalb qilish yo‘nalishi bo‘yicha 1350 ta universitet orasida 69-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, UI GreenMetric World University Ranking xalqaro reytingida institutimiz 933-o‘rin bilan TOP-1000 talikdan joy oldi.

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Tailand Qirolligida O‘zbekiston tarixi va milliy madaniyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilarining Xitoy Xalq Respublikasi, Buyuk Britaniya, Tailand, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va boshqa qator xorijiy davlatlarga xizmat safarlari amalga oshirilib, ushbu tashriflar doirasida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Bunday yutuqlarni sanab o‘tsak, yana uzoq davom ettirish mumkin.

Kelgusi 2026-yilda ham institut faoliyatini yanada takomillashtirish, pirovardida esa yurtimiz san’ati va madaniyati ravnaqiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida ulkan reja va maqsadlarimiz mavjud.
Ularni amalga oshirish uchun institutimizda faoliyat olib borayotgan har bir xodim va talaba yagona jamoa bo‘lib, fidoyilik bilan ezgu maqsadlar sari harakat qilishi muhimdir.

Yana bir bor barchangizni Yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman!
2026-yil xonadonlaringizga fayzu-baraka, quvonch va omad olib kelsin!

Ehtirom ila,
Nodirbek Sayfullayev,
O‘zbekiston davlat san’at
va madaniyat instituti rektori, professor.




О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining dekabr oyi 5-sonli Kengash yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi

Unda institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, prorektorlar, shuningdek, institut professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Dastlab, N.Sayfullayev Hurmatli Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi xususida so‘z yuritar ekan, davlat rahbari tomonidan ta’lim-tarbiya, ilm-fan va madaniyat sohalarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, oliy ta’lim sifati, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy madaniy merosni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Shuningdek, Murojaatnomada belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish doirasida institut oldida turgan ustuvor yo‘nalishlar, kelgusi yil uchun reja va vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy va ijodiy faollikni oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

N.Sayfullayev barcha ishtirokchilarni tobora yaqinlashb kelayotgan yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etib, yakunlanib borayotgan 2025-yil mamalakatimiz taraqqiyoti xususan institut faoliyati uchun muhim о‘zgarishlar, ulkan yutuqlarga boy yil sifatida tarix zarvaraqlaridan joy olayotgani, ushbu о‘zgarishlar va yangilanishlarga monand tarzda institut jamoasi ham bir qancha muvaffaqiyatlarga erishganini qayd etib о‘tdi.

Yig‘ilish davomida Nodirbek Sayfullayev o‘z taqdimotida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan batafsil sarhisobni taqdim etdi, kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlar, aniq reja va vazifalar belgilab olindi hamda institut faoliyatini izchil rivojlantirishga qaratilgan 2026 yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritalari tasdiqlandi.

Shundan so’ng ishtirokchilarga o’tib borayotgan 2025-yil davomida institut faoliyatida olib borilgan keng islohotlar, shiningdek, o’quv, ijodiy va ilmiy yo’nalishlarda qilingan samarali ishlarni o’zida mujassam etgan video rolik namoyish etildi.

So’ng Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga ko’ra
«Madaniyat va san’at menejmenti» kafedrasidan Viktor Alemasovga, «Kino, televideniye va radio rejissyorligi» kafedrasidan Feruza Fayziyevalarga professor ilmiy unvoni, shuningdek, «Milliy qõshiqchilik» kafedrasidan Nodirbek Xayrullayevga, «Vokal» kafedrasidan Aynisa Yuldashevaga, «Axborot texnologiyalari» kafedrasidan Gulandom Samigovaga, “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati» kafedrasidan Shahobiddin Ikromovga, «San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasidan Muzaffar Pirmatovlarga dotsent ilmiy unvonlari topshirildi.
Bundan tashqari «Milliy qõshiqchilik» kafedrasi dotsenti Navrõzbek Sobirov pedagogika fanlari bõyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega b’ldi.


Ushbu ilmiy unvonlarni institut rektori N.Sayfullayev tantanali ravishda topshirar ekan, ularning kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi.Bundan tashqari institutning bir qator o’qituvchi va xizmatchilari institut rahbariyati tomonidan e’tirof etildi. Xususan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Jaxongir Karimov, Matbuot kotibi Masrurbek Sanayev, “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti Yusuf Vahidov, O‘quv teatri direktori Nurilla Usmonov, Registrator ofisi menejeri Ra’no Almamatova, Himoya Kengashi seminar kotibi  G‘anijon Xudoyev, Ta’lim sifanini nazorat qilish bо‘limi boshlig‘i Dilnoza Irisboyeva, Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimi Shoxida Ataeva, Xalq ijodiyoti fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Mo‘minmirzo Xolmo‘minov, Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti tyutori Hurshida Xaqbayeva, Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti tyutori Siroj Abdialimov, Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Nazokat Rasulovalar tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, 2025-yil davomida samarali faoliyat yuritgan kafedralar — “ Estrada va ommaviy tomoshalar”, “Folklor va etnografiya” hamda “Milliy qo’shiqchilik” kaferalarning mehnatlari e’tirof etilib, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

So’ng yig’ilish kun tartibidagi masalalarga o’tilib, quyidagilar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi:

Unga ko’ra institutda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, 2026-yil rejalari va “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash, 2025/2026-о‘quv yilida rivojlantirishning maqsadli kо‘rsatkichlariga asosan (о‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan) amalga oshirilgan ishlar, institut professor-о‘qituvchilari tomonidan yozilgan adabiyotlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashda kо‘rib chiqish uchun yuborish va monografiyalarni chop qilishga tavsiya etish, ilmiy unvon olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarni yuborish,

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarini, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bayoni, vazirliklarning buyruqlari va topshiriqlarini bajarilishi, institutda iqtidorli talabalar bilan ishlash holati va uni yanada takomillashtirish bо‘yicha 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi, I chorak tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning qabul natijalari, ularning ilmiy rahbarlari, dissertatsiya mavzularini tasdiqlash hamda Oliy attestatsiya komissiyasi byulletenida e’lon qilish uchun tavsiya etish, 2025-yil yakunlari bо‘yicha institutda hamda Nukus filialda ilmiy salohiyatni kuchaytirish, nashr ishlari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yil uchun ilmiy faoliyat rejasini tasdiqlash,

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazining 2025-yil amalga oshirilgan ishlari, institut kafedra mudirlari, barcha bo‘limlar, professor-o‘qituvchilari faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari,

2025-yil uchun rejalashtirilgan maqsadli investitsiyalarning hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilish holati, institut delegatsiyasining xorijiy davlatlarga tashrifi hamda u yerda amalga oshirilgan ishlar, institutga qo‘shimcha shartnoma asosida qabul qilingan magistrlar dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash hamda institutda haftalik ish vaqtini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, boshqa qator masalalar muhokama qilindi.


Ushbu kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Nodirbek Sayfullayev yana bir bor barcha professor-o’qituvchilarni kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan samimiy tabriklab, yangi yil institutimiz uchun yaxshi yil bo’lishiga tilak bildirdi.

 




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlashning zamonaviy talablari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Unda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, yosh pedagoglar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab, tadbirni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

U seminar ishtirokchlariga o‘z minnatdorligini bildirib, madaniyat va san’at sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuv va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, u mazkur tadbirni institutda 2025 yilda olib borilgan islohotlarning mantiqiy davomi va joriy yil yakuni sifatida baholar ekan, о‘tib borayotgan ushbu yilda institut tomonidan о‘quv, tarbiyaviy jarayon bilan ilmiy izlanishlar ham samarali olib borilganini ta’kidladi. Bu borada institut barcha kafedralari о‘z yо‘nalishlari bо‘yicha salmoqli ishlar olib borayotganligi pedagoglar esa ilmiy izlanishlar bilan band ekanligi aytib о‘tildi.

N.Sayfullayev o‘z so‘zi davomida o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish va ilmiy salohiyat jihatdan ko‘zda tutilgan istiqbolli rejalar xususida gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng mavzu yuzasidan ma’ruzalarga o’tildi.

Unda O‘zbekiston davlat yoshlar teatri direktori, dotsent Farhod Jo‘rayevning “O‘zbek teatr san’atida kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari” mavzusidagi,

Toshkent shahar Yunusobod tumani madaniyat bo‘limi mudiri Marxamat Murodovaning “Madaniyat markazlari xodimlarining malaka talablari” mavzusidagi, O‘zDSMI “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Oybek Do‘smuhammedovning “Madaniyat va san’at muassasalarida menejment va marketing strategiyasi” mavzusidagi,

kafedra o‘qituvchisi Nigora Rahimovaning “Yangi O‘zbekistonda turizm madaniyatini rivojlantirish” mavzusidagi, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Zokirjon Axmedovning “Muzeyshunos kadrlarni tayyorlashning zamonaviy talablari” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Seminar davomida har bir ma’ruza yuzasidan savol-javoblar bo’lib, mavzu yuzasidan qizg‘in kechgan bahs-munozaralarda mutaxassislar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.

N.Sayfullayev o‘z xulosaviy nutqida ta’lim, ilmiy tadqiqot va amaliyot o‘rtasida mustahkam bog‘liqlikni yo‘lga qo‘yish orqali sohada samarali natijalarga erishish mumkinligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek,seminar davomida ilgari surilgan g‘oyalar negizida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqish, amaliy loyihalar tayyorlash bo’yicha topshiriqlar berdi va ushbu loyihalarni tegishli vazirlik va yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim etish yuzasidan o’z fikrini bildirdi.

Bunday ilmiy-amaliy seminarlar soha mutaxassislari va yosh kadrlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishini bildirib, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Seminarni “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sayfullo Ikramov olib bordi.

 




Oliy ta’lim muassasalari faoliyati va 2026-yil ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

16-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirokida qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarining joriy yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari hamda kelgusi yil uchun belgilangan strategik rejalari muhokama qilindi.

Muhokamada Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Guliston davlat universiteti rahbarlari o‘z ta’lim muassasalarining 2025 yilgi faoliyati yakunlari, erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar bilan ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111324




Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rektorlar forumi” bo‘lib o‘tdi

Mazkur nufuzli anjumanda respublika bo‘yicha 200 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, sohaning yetakchi mutaxassislari, mahalliy va xalqaro ekspertlar qatnashdilar. Jumladan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ham ishtirok etdi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning kirish so‘zlari bilan ochildi.

Shunigdek, tadbir davomida vazirning birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Vazirlik huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo‘ldoshev, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Bahodir Ahmedovlar o’z maʼruzalari bilan chiqish qilishdi.

Jarayonda taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy yondashuvlari, taʼlim samaradorligini oshirish, talabalarning o‘quv faoliyatini tahlil qilish, dars jarayonini individuallashtirish hamda akademik halollikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Forum oʻz ishini panel sessiyalarda davom ettirarkan, unda oliy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish, sunʼiy intellekt savodxonligi: etik meʼyorlar va amaliy koʻnikmalar hamda oliy taʼlimda raqamli transformatsiyaga bag’ishlangan masalalar muhokama qilindi.

Forum yakunida ishtirokchilar sunʼiy intellekt texnologiyalarini oliy taʼlim tizimiga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari forum ishtirokchilari O’zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ular katta bunyodkorlik loyihalari, shuningdek, yurtimiz sivilizatsiyasi taraqqiyotining turli bosqichlarini, buyuk allomalar va ulamolarning boy ilmiy-ma’rifiy merosini zamonaviy muzey ekspozisiyalari orqali aks ettiruvchi, kelajak avlodni ma’naviy kamolga chorlaydigan ushbu noyob ilmiy-ma’rifiy majmuaning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishdilar.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 

Unda prorektorlar, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibiga o’tilar ekan, unda quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

Jumladan: Fakultetlar kesimida kunduzgi va sirtqi talabalarning haftalik davomati,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 5 dekabrdagi 479-son buyruq ijrosini ta’minlash,

2025 yil uchun rejalashtirilgan maqsadli investisiyalarni amalga oshirilishi, хalqaro hamkorlik bo‘yicha universitetlar bilan imzolangan memorandumlar,

tuzilgan (O‘zbekiston-Xitoy, O‘zbekiston-Italiya, O‘zbekiston-Turkiya, O‘zbekiston-Ozarbayjon) “Yo‘l xarita”larida belgilangan vazifalar ijrosining bajarilishi,

кafedralarning reyting indikatorlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali kelib tushgan topshiriqlarining ijrolari mas’ullar tomonidan bajarilish holati hamda turli masalalar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida
har bir masala yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berildi.

Rektor har bir yo‘nalishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini qat’iy nazoratga olish zarurligini ta’kidladi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 4-bosqich “Estrada aktyorligi” ta’lim yo‘nalishi talabalari ijrosida “Ulug‘lar yo‘li” nomli sinf-konserti namoyish etildi

 

Unda institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, institut professor-o’qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Konsert dasturida talabalarning turli ijodiy yo‘nalishlardagi chiqishlari — sahna nutqi, pantomima, sahnaviy harakat, vokal hamda plastik kompozitsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, tomoshabinlar mashhur rassomlar asarlari asosidagi sahna ishlanmalari va o‘ziga xos badiiy talqinlar namoyishiga ham guvoh bo’lishdi.

Dastur quyidagi pedagoglar rahbarligida tayyorlandi: sahna nutqi — Juldikarayeva Xatira, pantomima — Ostanina Ol’ga, sahnaviy harakat — Ismoilov Dilshod, vokal — Azizova Gulshan va Abdullayeva Oynisa.

Kurs badiiy rahbari va konsert rejissyori, professor Marina Yusupova.

Ijodiy jamoa: yorug‘lik rassomi Rasulov Shavkat, ovoz operatorlari Ismanova Farangiz va Kuldasheva Muxarram, rassom Tulaboyev Alisher, grim ustalari Djalilova Feruza va Rizayeva Robiya, texnik xodim Kakharov Fazliddin. O‘quv teatr direktori Usmanov Nurulla.

Shuningdek, ushbu dasturda “Suoza’ne”, “Sharning ustidagi qiz”, “Edit Piaf”, “Oshiqlarning tasviri”, “Bog‘dagi qizlar” kabi badiiy kompozitsiyalar, shuningdek, “O‘z yo‘lini izlash” nomli plastik kompozitsiyalar namoyish etildi.

Sinf-konserti nafaqat yosh ijodkorlarning professional rivojlanishiga, balki institutda olib borilayotgan ta’lim jarayonining samaradorligini ko‘rsatishga ham xizmat qildi. Undagi chiqishlar tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirib, talabalarni yangi ijodiy izlanishlarga ruhlantirdi.




REKTOR VA YOSHLAR

Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Aktyor” loyihasi doirasida sahnalashtirilgan “Hayot bekati” nomli inklyuziv spektakl namoyishi bo‘lib o‘tgandi.

Bugun institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ushbu inklyuziv spektaklni sahnalashtirishda tashkiliy va texnik masalalarda yaqindan yordam ko‘rsatgan institut talabalari bilan uchrashdi.

Dastlab, N.Sayfullayev ayniqsa, so‘nggi yillarda institutda ijodiy va ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Uning aytishicha, talabalar faolligi va ijodiy tashabbuslari institut nufuzining oshishiga, san’at ta’limining yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qilmoqda.

Rektor har bir talaba bu dargohning tarixi, unda faoliyat yuritgan ulug‘ ustozlarning hayot va ijod yo‘lini chuqur bilishi zarurligini alohida urg‘uladi. Uning fikricha, san’atkor o‘z ildizini, milliy merosni chuqur anglagan taqdirdagina haqiqiy ijod namunalarini yaratishi mumkin.

Uchrashuv chog‘ida N.Sayfullayev ushbu spektakl jarayonida jonbozlik ko‘rsatgan talabalarga o‘zining samimiy minnatdorligini bildirib, ularning fidoyiligi, mas’uliyati va ijodiy yondashuvini alohida e’tirof etdi.

Talabalar ham o‘z navbatida spektakl ularning hayotida o‘ziga xos ijodiy maktab bo‘lgani, inklyuziv teatr tajribasi esa ularga yangi dunyoqarash berganini ta’kidlashdi.

Shuningdek, uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashev, “Dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi mudiri v.b. Zamira Axmedova, spektakl ssenariy muallifi va sahnalashtiruvchi rejissyorlari — kafedra katta o‘qituvchilari Sevara Rajabova va Go‘zal Rashidovalar ham ishtirok etishdi.


Ular spektaklni tayyorlash jarayonidagi o‘z tajribalari, talabalar bilan ishlash bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashib, kelgusida bunday ijodiy loyihalarni yanada kengaytirish rejalari haqida ham so‘z yuritishdi.

Uchrashuv yakunida spektaklni tayyorlashda faol ishtirok etgan talabalarga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.