О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining dekabr oyi 5-sonli Kengash yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi

Unda institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, prorektorlar, shuningdek, institut professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Dastlab, N.Sayfullayev Hurmatli Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi xususida so‘z yuritar ekan, davlat rahbari tomonidan ta’lim-tarbiya, ilm-fan va madaniyat sohalarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, oliy ta’lim sifati, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy madaniy merosni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Shuningdek, Murojaatnomada belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish doirasida institut oldida turgan ustuvor yo‘nalishlar, kelgusi yil uchun reja va vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy va ijodiy faollikni oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

N.Sayfullayev barcha ishtirokchilarni tobora yaqinlashb kelayotgan yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etib, yakunlanib borayotgan 2025-yil mamalakatimiz taraqqiyoti xususan institut faoliyati uchun muhim о‘zgarishlar, ulkan yutuqlarga boy yil sifatida tarix zarvaraqlaridan joy olayotgani, ushbu о‘zgarishlar va yangilanishlarga monand tarzda institut jamoasi ham bir qancha muvaffaqiyatlarga erishganini qayd etib о‘tdi.

Yig‘ilish davomida Nodirbek Sayfullayev o‘z taqdimotida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan batafsil sarhisobni taqdim etdi, kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlar, aniq reja va vazifalar belgilab olindi hamda institut faoliyatini izchil rivojlantirishga qaratilgan 2026 yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritalari tasdiqlandi.

Shundan so’ng ishtirokchilarga o’tib borayotgan 2025-yil davomida institut faoliyatida olib borilgan keng islohotlar, shiningdek, o’quv, ijodiy va ilmiy yo’nalishlarda qilingan samarali ishlarni o’zida mujassam etgan video rolik namoyish etildi.

So’ng Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga ko’ra
«Madaniyat va san’at menejmenti» kafedrasidan Viktor Alemasovga, «Kino, televideniye va radio rejissyorligi» kafedrasidan Feruza Fayziyevalarga professor ilmiy unvoni, shuningdek, «Milliy qõshiqchilik» kafedrasidan Nodirbek Xayrullayevga, «Vokal» kafedrasidan Aynisa Yuldashevaga, «Axborot texnologiyalari» kafedrasidan Gulandom Samigovaga, “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati» kafedrasidan Shahobiddin Ikromovga, «San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasidan Muzaffar Pirmatovlarga dotsent ilmiy unvonlari topshirildi.
Bundan tashqari «Milliy qõshiqchilik» kafedrasi dotsenti Navrõzbek Sobirov pedagogika fanlari bõyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega b’ldi.


Ushbu ilmiy unvonlarni institut rektori N.Sayfullayev tantanali ravishda topshirar ekan, ularning kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi.Bundan tashqari institutning bir qator o’qituvchi va xizmatchilari institut rahbariyati tomonidan e’tirof etildi. Xususan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Jaxongir Karimov, Matbuot kotibi Masrurbek Sanayev, “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti Yusuf Vahidov, O‘quv teatri direktori Nurilla Usmonov, Registrator ofisi menejeri Ra’no Almamatova, Himoya Kengashi seminar kotibi  G‘anijon Xudoyev, Ta’lim sifanini nazorat qilish bо‘limi boshlig‘i Dilnoza Irisboyeva, Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimi Shoxida Ataeva, Xalq ijodiyoti fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Mo‘minmirzo Xolmo‘minov, Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti tyutori Hurshida Xaqbayeva, Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti tyutori Siroj Abdialimov, Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Nazokat Rasulovalar tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, 2025-yil davomida samarali faoliyat yuritgan kafedralar — “ Estrada va ommaviy tomoshalar”, “Folklor va etnografiya” hamda “Milliy qo’shiqchilik” kaferalarning mehnatlari e’tirof etilib, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

So’ng yig’ilish kun tartibidagi masalalarga o’tilib, quyidagilar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi:

Unga ko’ra institutda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, 2026-yil rejalari va “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash, 2025/2026-о‘quv yilida rivojlantirishning maqsadli kо‘rsatkichlariga asosan (о‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan) amalga oshirilgan ishlar, institut professor-о‘qituvchilari tomonidan yozilgan adabiyotlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashda kо‘rib chiqish uchun yuborish va monografiyalarni chop qilishga tavsiya etish, ilmiy unvon olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarni yuborish,

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarini, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bayoni, vazirliklarning buyruqlari va topshiriqlarini bajarilishi, institutda iqtidorli talabalar bilan ishlash holati va uni yanada takomillashtirish bо‘yicha 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi, I chorak tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning qabul natijalari, ularning ilmiy rahbarlari, dissertatsiya mavzularini tasdiqlash hamda Oliy attestatsiya komissiyasi byulletenida e’lon qilish uchun tavsiya etish, 2025-yil yakunlari bо‘yicha institutda hamda Nukus filialda ilmiy salohiyatni kuchaytirish, nashr ishlari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yil uchun ilmiy faoliyat rejasini tasdiqlash,

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazining 2025-yil amalga oshirilgan ishlari, institut kafedra mudirlari, barcha bo‘limlar, professor-o‘qituvchilari faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari,

2025-yil uchun rejalashtirilgan maqsadli investitsiyalarning hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilish holati, institut delegatsiyasining xorijiy davlatlarga tashrifi hamda u yerda amalga oshirilgan ishlar, institutga qo‘shimcha shartnoma asosida qabul qilingan magistrlar dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash hamda institutda haftalik ish vaqtini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, boshqa qator masalalar muhokama qilindi.


Ushbu kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Nodirbek Sayfullayev yana bir bor barcha professor-o’qituvchilarni kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan samimiy tabriklab, yangi yil institutimiz uchun yaxshi yil bo’lishiga tilak bildirdi.