Xabaringiz bor, ayni paytda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Yoqubov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasida ishtirok etish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Xizmat safari davomida bugun Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Xabaringiz bor, ayni paytda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Yoqubov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasida ishtirok etish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.
Xizmat safari davomida bugun ular Samarqand viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurishib, teatrning bir qator ijodkorlari bilan uchrashdilar.
Shundan so‘ng tashrifning asosiy maqsadi sifatida viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ma`lumki, Yurtboshimiz rahbarligida 2025-yil 8-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda bir qator vazifalar belgilangan bo`lib, mazkur uchrashuv ayni vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi.

Muloqot chog‘ida N.Sayfullayev institut faoliyati, ta’lim jarayonlari, shuningdek, dual ta’limni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. U bitiruvchi yoshlarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash, ularni amaliy faoliyatga keng jalb etish hamda ta’lim jarayonini mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ta’kidladi.

—Bugungi kunda mamlakatimizda Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshqa sohalar qatori ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning bosh maqsadi yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishdan iborat”, — dedi u o‘z so‘zida.

Muzokaralar davomida hududiy madaniyat va san’at muassasalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, bitiruvchi talabalar uchun amaliy mashg‘ulot va stajirovkalarni samarali tashkil etish, nafaqat teatr san`ati sohasida balki viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi teatrlar, kutubxonalar muzeylar, bolalar musiqa san`at maktablari hamda madaniyat markazlarida ular uchun ish o‘rinlari yaratish borasida tashabbuslar ilgari surdi.

Shuningdek, viloyatda faoliyat yuritayotgan 4 ta teatr tarixi, uning tamal toshini qo`ygan san`at ustalari va ijodkorlar to`g`risida monografiyalar qilish, kelajakda teatr muzeyini tashkil etish bo`yicha ham muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan bir qator loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida Nodirbek Sayfullayev Botir Tugalov orqali viloyatdagi barcha madaniyat muassasalarini yaqin hamkorlikka chorlab, kelgusida mamlakatimiz san’at va madaniyat sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida birgalikda amaliy ishlarni bajarishga kelishib oldilar.