O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchiligida institut professor-o‘qituvchilari Ozarbayjon Respublikasi Xalqaro Mug’om Markazida tajriba almashish, malaka oshirish va qo‘shma konsert tashkil qilish maqsadida ixizmat safarida bo‘lishdi.
O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ijodiy tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni kengaytirish bugungi kunda ikki davlat o’rtasida olib borilayotgan keng islohotlardan biri, desak xato bo’lmaydi.
✅ Shu kunlarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchiligida institut professor-o‘qituvchilari Ozarbayjon Respublikasi
Xalqaro Mug’om Markazida tajriba almashish, malaka oshirish va qo‘shma konsert tashkil qilish maqsadida ixizmat safarida bo‘lib turishibdi.
✅ Shunigdek, Xalq ijodiyoti fakulteti “Milliy qo‘shiqchilik” hamda “Cholg‘u ijrochiligi” kafedralari professor-o‘qituvchilari: O‘zbekiston xalq xofizlari, professor Beknazar Dusmuradov va Soyibjon Niyozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Axmatjon Dadayev, dotsentlar: Yusuf Vahidov, Husniddin Xusanov, dotsent v.b. Qaxramon Turayev hamda o‘qituvchi Javohir Turatovlardan tarkib topgan mazkur delegat a’zolari safarning dastlabki kunida Ozarbayjonda gilamdo‘zlik va dunyodagi birinchi gilam muzeyida va Azorbayjon san’at muzeyida bo‘lishdi.
U yerda Ozarbayjon gilamlarining bir qancha to‘qish texnikalari va turli davrlarga oid ma’lumotlar bilan tanishishdi.
Shundan so’ng, Ozarbayjon Xalqaro Mug’om markaziga tashrif buyurib, markaz direktori Sahib Pashazade bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida markazi faoliyati hamda ijodiy konsertga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Shunigdek institut professor-o‘qituvchilari Nodirbek Sayfullayev boshchiligida Ozarbayjon davlat akademik filarmoniyasida bo‘lishdi. U yerda ular filarmoniya qoshidagi mashhur ansambl faoliyati bilan tanishib, ijodiy tajriba almashuvlarda ishtirok etdilar.
✅ Shundan so‘ng filarmoniya sozanda va xonandalari ijrosida kuy qo‘shiqlar tinglandi.
Professor Axmatjon Dadayev, dotsent Yusuf Vahidov, dotsent v.b. Qaxramon To‘rayevlar ijrosida o‘zbek xalq kuyi “Guldasta” asari ijro qilindi. Professor Soyibjon Niyozov esa Saidjon Kalonov musiqasi, Zohidjon Obidov she’ri bilan “Dutorim”, Buxoro ijro yo‘llaridan “Mavrigi” ashulasini ijro etdi.
Jarayon davomida kelgusida Ozarbayjon davlat akademik filarmoniyasi qoshidagi ansambl jamoasi bilan qo‘shma konsertlar, ijodiy uchrashuvlar rejalashtirildi.
✅ Kunning ikkinchi yarimida Nodirbek Sayfullayev hamda Sahib Pashazade boshchiligida Ozarbayjon Musiqa madaniyati davlat muzeyiga borildi.
Muzey direktori Alla Bayramova ushbu muzeyning qadimiy tarixga ega ekanligi va u yerdagi qadimiy musiqa cholg‘ulari hamda Ozarbayjon san’atiga ulkan hissa qo‘shgan san’at arboblari haqida ma’lumotlar berdi.
Ozarbayjon musiqa madaniyati davlat muzeyi 1967-yilda tashkil etilgan bo‘lib, muzeyning asosiy maqsadi va vazifalari Ozarbayjon musiqasi tarixiga oid materiallarni toʻplash, saqlash, tadqiq etish va targʻib qilishdan iborat.
Muzey fondida 60 mingga yaqin eksponatlar jamlangan. Muzeyda jami 297 ta musiqa cholg‘ulari saqlanmoqda. Ulardan 211 tasi ozarbayjoncha, 86 tasi boshqa xalqlarning cholg‘ulari bo‘lib, bundan tashqari 12 ta noyob musiqa qutilari saqlanib qolgan. Muzeyda Ozarbayjonning mashxur sozandalari cholg‘ulari ham mavjud. Ular orasida ozarbayjon milliy cholgʻulari tar, kamancha, saz, daf, qoʻsh nogʻora, zurna, ney, shuningdek, oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan boshqa cholgʻulari ham mavjud.
— Ozarbayjon professional musiqa sanʼati asoschisi Uzeyir Hojibeyov, milliy professional vokal sanʼati asoschisi atoqli bastakorlar Gara Garayev, Fikret Amirovlarning notalari, musiqachilarning shaxsiy buyumlari, plakatlar, dasturlar, fotosuratlar, tasviriy sanʼat namunalari, notalar, kitoblar va boshqalar o‘rin olgan. Bularning barchasi Ozarbayjon milliy musiqa madaniyatining qimmatli namunalaridir,- deydi muzey direktori Alla Bayramova.
Ta’kidlanishicha muzey qoshida 14 nafar sozandani birlashtirgan “Qadimiy milliy cholg‘u asboblari” ansambli faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur ansamblning o‘ziga xos jihati shundaki, sozandalar XIV asr musiqasi va Ozarbayjon xalq qo‘shiqlarini o‘rta asrlarda qo‘llanilgan, asta-sekin unutilib, muzey xodimi, ansambl badiiy rahbari M.Karimov tomonidan qayta tiklangan cholg‘ularda ijro etadi. Katta kuch va mahorat bilan yaratilgan chang, barbot, rud, chag‘ona, santur, setar, Shirvon tanburi, rubob kabi cholg‘ularini faqat ushbu muzey eksponatida ko‘rish mumkin.
✅ Tashrif davomida muzey tasarrufidagi “Qadimgi cholg‘u asboblari” ansambli tomonidan Ozarbayjon xalq kuylari hamda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlari ijro qilindi.
Ozarbayjon Musiqa madaniyati davlat muzeyi rahbariyati kelgusida bunday ijodiy uchrashuvlarni kengaytirish va O‘zbekistonda ham qo‘shma ijodiy konsertlarni tashkil qilish taklifini berdi.
Xabar berganimizdek, ayni damda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchiligidagi institut professor-o’qituvchilari Ozarbayjon davlatida xizmat safarida bo’lib turishibdi.
✅ Dastlab, institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchikigida institut professor-o’qituvchilari Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universitetiga tashrif buyurishdi. Universitet rektori, professor Jeyram Mahmudova Nodirbek Sayfullayevni universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirar ekan, bu yerda ta’lim jarayonining yuqori saviyada yo‘lga qo‘yilgani, talabalarning ijodiy muhitda o‘qish va o‘z mahoratini oshirishlari uchun etarlicha sharoitlar yaratilgani to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.
✅Shundan so’ng ikki oliy ta’lim muassasasi raxbarlarining rasmiy uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuv chog‘ida professorlar Nodirbek Sayfullayev va Jeyran Mahmudova bir-birlariga samimiy tilaklar va ezgu so‘zlarni bildirib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga intilishlarini ta’kidladilar. Suxbat davomida kelgusi rejalar xaqida so’z borar ekan, shu yilning may oyida imzolangan memorandumga asosan bajarilishi lozim bo’lgan ishlar xususida gapirildi. Nodirbek Sayfullayev univesitet raxbariyatiga avvalo o’zining chuqur minnatdorchiligini bildirar ekan, institutning Ozarbayjonga bo’lgan tashrifini mazkur kelishuvda belgilangan vazifalarning bir amaliy ifodasi sifatida ta’rifladi.
Shuningdek, u o’z so’zida Ozarbayjon va O’zbekiston do’stlik-birodarlik rishtalari umumiy azaliy qadriyatlarga ega ekanligi, keyingi yillrda Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusli bilan barcha sohalarda bo’lgani kabi madaniyat, san’at sohasida ham islohotlar izchil amalga oshayotgani, madaniy diplomatiyaning rivojlanayotgani va bevosita Ozarbayjon bilan ham madaniy aloqalar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
✅ Aytib o’tilganidek, ikki oliy ta’lim o’rtasida imzolangan memorandumda bajarilishi lozim bo’lgan madaniy tadbirlar kelishib olingan bo’lib, institut vakillarining universitetga bo’lgan tashrifi mazkur ishlarning amaliy ifodasi bo’ldi.
Ma’lumot uchun: Ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy tadbirlar:
1.1 Ikki oliy ta’lim muassasasining “Musiqali dramatik teatr san’ati” yo‘nalishlari hamkorligida qo‘shma spektakl sahnalashtirish, “Cholgu ijrochiligi” yo‘nalishlari hamkorligida qo‘shma konsert namoyish etish,
Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi (onlayn va oflayn shaklda amalga oshirish)
• Mahorat darslarini tashkil etish (onlayn tarzda o‘tkaziladi).
• Ta’lim resurslari va o‘quv ma’lumotlari almashinuvi (onlayn va masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yiladi).
• Ikki oliy ta’lim muassasasining aktyorlik, rejissyorlik, san’atshunoslik hamda madaniyatshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha 144 soatlik o‘qituvchilar xorijiy malaka oshirish dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
III. Ilmiy ishlar bo‘yicha takliflar
• O‘zDSMI hamda ODMSU ilmiy nashrlarida (“O‘zDSMI xabarlari” va “Madaniyat olami” jurnallari) professor-o‘qituvchilarning maqolalari chop etiladi.
• Ilmiy ishlar himoyalarida ikki oliy ta’lim muassasasi mutaxassislaridan taqrizlar olinadi.
• San’at va madaniyat sohasidagi yetuk mutaxassislar ikki oliy ta’lim muassasasi ilmiy nashrlarining (“O‘zDSMI xabarlari” va “Madaniyat olami” jurnallari) tahrir hay’atiga a’zolikka kiritiladi.
• Ikki oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy konferensiyalarda mutaxassislarning ishtiroki ta’minlanadi (onlayn va oflayn shaklda).
• Har ikki tomonning yetuk soha mutaxassislari oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslashgan himoya kengashlari a’zoligiga jalb qilinadi.
Uchrashuv g’oyat qizg’in va samimiy ruhda bo’lib o’tdi. Ikki oliy ta’lim mussasalari rahbarlari bir-birlariga esdalik sovg’alarini topshirdilar.
✅ Shundan so‘ng professor Nodirbek Sayfullayev bevosita Dramatik teatr aktyorligi yo‘nalishining 3-bosqich talabalarining aktyorlik mahorati dars jarayonlarini kuzatdi hamda kino dramaturgiyasi va sahna nutqi fanlaridan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.
Shuningdek, institutimiz professor-o‘qituvchilari maqom ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan master-klass jarayonlarida qatnashdilar. Mahorat darslari davomida turli kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti, Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti professori Gulyanag Mamedova ham ushbu kuy va qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib, o‘z mahoratini namoyish etdi.
Talabalar tomonidan an’anaviy xonandalik bo‘yicha berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
✅ Aytish kerakki ushbu mahorat darslari ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi.
✅ Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti vakillari Ozarbayjon milliy konservatoriyasida bo’ldilar.
✅ Konservatoriya rektori, professor Kamila Husayn qizi Dadash-zoda mehmonlarni samimiy kutib olib, mazkur ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud ta’lim yo‘nalishlari hamda o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
✅ Uning ta’kidlashicha, Ozarbayjon milliy konservatoriyasida “Ijrochilik” hamda “Musiqa tarixi va nazariyasi” fakultetlari faoliyat yuritadi. Fakultetlar tarkibida “Xalq cholg‘ulari”, “Mug‘omchi”, “Mug‘om cholg‘ulari”, “Gumanitar fanlar”, “Fortepiano”, “Mug‘om xonandaligi”, “Milliy vokal”, “Etnomusiqashunoslik”, “Dirijorlik”, “Musiqa nazariyasi va tarixi”, “Ommaviy musiqa va jaz ijrosi” kabi qator kafedralar mavjud.
✅ Tashrif doirasida konservatoriyaning konsert zalida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi. Dastlab konservatoriya talabalari ijrosida milliy cholg‘ularda kuylar va mug‘omlar ijro etildi.
✅ Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan kuy va qo‘shiqlar taqdim etildi. Tadbir yakunida esa ikki ta’lim muassasasi xonandalari birgalikda qo‘shiq ijro etishdi.
✅ Mazkur mahorat darslari Ozarbayjon milliy konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yuksak baholandi. Professor Kamila Dadash-zoda kelgusida bunday ijodiy hamkorliklarni yanada kengaytirish zarurligini mamnuniyat bilan ta’kidladi.
O’’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchiligidagi institut professor-o’qituvchari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahridagi Xalqaro Mug‘om markaziga tashrif buyurishdi.
✅ Dastlab, Nodirbek Sayfullayev Mug‘om markazi rahbari Sahib Pashazade bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
✅ Suhbat chog‘ida tomonlar kelgusida mahorat darslari, konsert dasturlari, ilmiy-amaliy seminarlar kabi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.
✅ Mug’om markazida tashkil etilgan qo‘shma konsert dasturining ochilish qismida Nodirbek Sayfullayevga so‘z berildi.
U o‘z nutqida shunday dedi:
— O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy aloqalar uzoq tarixga ega bo‘lib, bugungi kunda ham izchil davom etmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalari nafaqat siyosiy yoki iqtisodiy sohada, balki san’at va madaniyat yo‘nalishida ham mustahkamlanib bormoqda. Bugungi qo‘shma konsert — ana shu do‘stlik aloqalarining amaliy ifodasidir.
— Bizni umumiy qadriyatlar va mushtarak madaniy ildizlar bog‘lab turadi, Shunday ekan, bu aloqalarni bundan buyon ham yanada kengaytirish, ijodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bizning umumiy maqsadimizdir,- deydi u.
✅ N.Sayfullayev Mug‘om markazi direktori Sahib Pashazadani O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining faxriy professori, deya e’tirof etar ekan, institutda ham shunday tadbirlarni o‘tkazish imkonini beruvchi o‘quv teatri va unda yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab o‘tdi.
✅ Shuningdek, u Ozarbayjon madaniyat vakillari uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti eshiklari doimo ochiq ekanligini mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg’alarini topshirdilar.
✅ Sundan so’ng institutimiz professor-o’qituvchari hamda Milliy Mug’om markazi honandalari va sozandalari ishtirokidagi qo’shma konsert dasturui namoyish etildi.
G’oyat ko’tarinki kayfiyatda va yuqori saviyada tashkil etilgan qo’shma konsert dasturida milliy kuy-qo‘shiqlar, mug‘om yo‘nalishidagi asarlar hamda ikki xalq madaniyatini uyg‘unlashtiruvchi musiqiy chiqishlar ijro etildi.
✅ Dastur davomida O‘zbekistondan tashrif buyurgan san’atkorlar — O‘zbekiston xalq hofizi, professor Beknazar Dusmurodov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Ahmatjon Dadaev, O‘zbekiston xalq hofizi, professor Soyibjon Niyozov, dotsentlar Qahramon To‘rayev, Yusuf Vahidov va Husniddin Husanovlar o‘z chiqishlarini taqdim etdilar.
✅ Ayniqsa, ikki davlat san’atkorlari tomonidan ijro etilganligi kuy-qoshiqlar tadbirga o’zgacha rux baxsh etdi. Konsert davomida o‘zbek va ozarbayjon musiqasining uyg‘un ohanglari, san’atkorlarning mahorati tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
✅ Har bir chiqish milliy ruh, do‘stlik va san’atning yagona tili bilan sug‘orilgan bo‘lib, o‘tirganlarni chuqur hayajonga soldi.
✅ Konsert dasturi shu qadar qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdiki, tomoshabinlar o‘z hayrat va quvonchlarini yashira olmadilar — ular san’atkorlarning har bir chiqishlarini uzoq davom etgan olqishlar bilan qarshi oldilar.
✅ Tadbir so‘ngida ishtirokchilar bir-birlarini samimiy tabriklab, esdalik suratga tushdilar.
✅ Shundan so‘ng O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti vakillari Xalqaro Mug‘om markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ular markazning zamonaviy texnik jihozlari, sahna imkoniyatlari, ovoz va yorug‘lik tizimlari, shuningdek, milliy musiqa merosini asrash va targ‘ib etish yo‘nalishidagi ish jarayonlari bilan tanishib chiqishdi.
✅ Markaz direktori Sahib Pashazade mehmonlarga markazning tarixi, uning xalqaro miqyosdagi ahamiyati hamda Ozarbayjonda mug‘om san’atini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
✅ Nodirbek Sayfullayev boshchilidagi institut vakillari markazda yaratilgan sharoitlar, ayniqsa yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodini targ‘ib qilish borasidagi tajribani yuqori baholab, kelgusida bu borada o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish istagini bildirdilar.