Nodirbek Sayfullayev Xalqaro Mug‘om markaziga tashrif buyurishdi.

✅ Bugun O’’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchiligidagi institut professor-o’qituvchari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahridagi Xalqaro Mug‘om markaziga tashrif buyurishdi.

✅ Dastlab, Nodirbek Sayfullayev Mug‘om markazi rahbari Sahib Pashazade bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

✅ Suhbat chog‘ida tomonlar kelgusida mahorat darslari, konsert dasturlari, ilmiy-amaliy seminarlar kabi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.

✅ Mug’om markazida tashkil etilgan qo‘shma konsert dasturining ochilish qismida Nodirbek Sayfullayevga so‘z berildi.

U o‘z nutqida shunday dedi:
— O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy aloqalar uzoq tarixga ega bo‘lib, bugungi kunda ham izchil davom etmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalari nafaqat siyosiy yoki iqtisodiy sohada, balki san’at va madaniyat yo‘nalishida ham mustahkamlanib bormoqda. Bugungi qo‘shma konsert — ana shu do‘stlik aloqalarining amaliy ifodasidir.

— Bizni umumiy qadriyatlar va mushtarak madaniy ildizlar bog‘lab turadi, Shunday ekan, bu aloqalarni bundan buyon ham yanada kengaytirish, ijodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bizning umumiy maqsadimizdir,- deydi u.

✅ N.Sayfullayev Mug‘om markazi direktori Sahib Pashazadani O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining faxriy professori, deya e’tirof etar ekan, institutda ham shunday tadbirlarni o‘tkazish imkonini beruvchi o‘quv teatri va unda yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab o‘tdi.

✅ Shuningdek, u Ozarbayjon madaniyat vakillari uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti eshiklari doimo ochiq ekanligini mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg’alarini topshirdilar.

✅ Sundan so’ng institutimiz professor-o’qituvchari hamda Milliy Mug’om markazi honandalari va sozandalari ishtirokidagi qo’shma konsert dasturui namoyish etildi.




O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy hamkorlik

✅ O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ijodiy tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni kengaytirish bugungi kunda ikki davlat o’rtasida olib borilayotgan keng islohotlardan biri, desak xato bo’lmaydi.

✅ Shu kunlarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchiligida institut professor-o‘qituvchilari Ozarbayjon Respublikasi
Xalqaro Mug’om Markazida tajriba almashish, malaka oshirish va qo‘shma konsert tashkil qilish maqsadida ixizmat safarida bo‘lib turishibdi.

✅ Shunigdek, Xalq ijodiyoti fakulteti “Milliy qo‘shiqchilik” hamda “Cholg‘u ijrochiligi” kafedralari professor-o‘qituvchilari: O‘zbekiston xalq xofizlari, professor Beknazar Dusmuradov va Soyibjon Niyozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Axmatjon Dadayev, dotsentlar: Yusuf Vahidov, Husniddin Xusanov, dotsent v.b. Qaxramon Turayev hamda o‘qituvchi Javohir Turatovlardan tarkib topgan mazkur delegat a’zolari safarning dastlabki kunida Ozarbayjonda gilamdo‘zlik va dunyodagi birinchi gilam muzeyida va Azorbayjon san’at muzeyida bo‘lishdi.
U yerda Ozarbayjon gilamlarining bir qancha to‘qish texnikalari va turli davrlarga oid ma’lumotlar bilan tanishishdi.

Shundan so’ng, Ozarbayjon Xalqaro Mug’om markaziga tashrif buyurib, markaz direktori Sahib Pashazade bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida markazi faoliyati hamda ijodiy konsertga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.