Tadqiqotchilar uchun imtihon jarayonlari

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Institut rektorining tegishli buyrug‘i asosida
05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik,
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi,
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha),
17.00.01 – Teatr san’ati,
17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye,
17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyashunoslik ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchi
(PhD/DSc)larga imtihon (suhbat) jarayoni tashkil etildi.

Suhbat jarayonida talabgorlarning ilmiy-ijodiy ishlari, tadqiqot olib borishni maqsad qilgan mavzusining dolzarbligi kabi masalalar muhokama qilindi.

Mazkur jarayon institut ilmiy salohiyatini oshirish va kelajakda yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Suhbat jarayonlari YouTube platformasi orqali onlayn translatsiya qilib borildi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Gruziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi David Kotaria tashrif buyurdi hamda institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev bilan uchrashdi.

✅Uchrashuvda Nodirbek Sayfullayev elchi janoblarining tashrifidan mamnun ekanligini bildirib, uni institut tarixi, ilmiy va ijodiy salohiyati, bugungi kunda amalga oshirilayotgan o‘quv-ijodiy jarayonlar, ilmiy yo’nalishda bo‘layotgan o’zgarishlar, umuman, institut hayoti bilan batafsil tanishtirib o’tdi.

✅O’z navbatida, David Kotaria o‘zbek san’ati va madaniyatiga qiziqishi va hurmati baland ekanligini alohida qayd etib o‘tdi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lishini ta’kidladi.

📈Shuningdek, samimiy muloqot davomida O’zbekiston va Gruziya o’rtasidagi madaniy aloqalar chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanligi, o’zbek milliy musiqasi, raqslari va hunarmandchiligi Gruziyada katta qiziqish uyg’otishi, xuddi shuningdek, gruzin xalq qo’shiqlari va raqslari O’zbekistonda ham mashhurligi, ikki mamlakat o’rtasida amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi keng ko‘lamli hamkorlik doirasida madaniy aloqlarga ham katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi hamda kelgusida institut ijodiy jamoasining Gruziyadagi sohaga oid oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o’rnatishi va ushbu mamalakatga gastrol safarlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng Elchi hamda «Megobroba» Gruziya milliy madaniyat markazi vakillari rektor hamrohligida O‘quv teatrida bo‘lib o‘tgan 4-bosqich “Musiqali teatr aktyorligi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining gruzin adibi Nodar Dumbadzening “Men, buvim, Iliko va Illarion” romani asosida sahnalashtirilgan “Guriyaliklar” musiqali komediyasi namoyishida ishtirok etishdi.

Ushbu spektakl lirik-komediya janrida sahnalashtirilgan bо‘lib, voqealar yigirmanchi asrning о‘rtalarida bо‘lib о‘tadi. Ammo unda kо‘tarilgan mavzu bugungi kunda ham о‘z ahamiyatini yо‘qotmagan. Spektakl qishloqda tug‘ilib о‘sgan yosh yigit – Zurikoning katta hayotga qadam qо‘yish arafasida duch keladigan tо‘qnashuvlari, ziddiyatlar va intilishlari haqida hikoya qiladi.

Ushbu spektakl mehmonlar hamda tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilish avvalida Nodirbek Sayfullayev Kasaba uyushmasi institutda xodimlar va professor-o‘qituvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish joylarida xavfsizlikni ta’minlash, muammolarni hal qilish borasida o‘z so‘zi va ovoziga ega bo‘lgan muhim bo‘g‘in bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Yig‘ilishning kun tartibida institut Kasaba uyushmasi qо‘mitasining 5 yil mobaynidagi faoliyati yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalari, institut Kasaba uyushmasi qо‘mitasi taftish komissiyasining hisoboti, institut kasaba uyushmasi qо‘mitasi raisi va tarkibini hamda taftish komissiyasi raisi va tarkibini, shuningdek, О‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qо‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar va vakil saylash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalalar yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, kelgusi rejalar yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Institut Kasaba uyushmasi qo’mitasi tarkibiga quyidagi nomzodlar saylandi:

Baxtiyor Yuldashev – O’quv-uslubiy boshqarmasining talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i
Rustamov Vahobjon Qiyomovich – «Madaniyat va san’at menejmenti» kafedrasi professori v.b.;
Karimov Jahongir Ibratovich – Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i;
Ahmedov Farrux Farxodovich – «Registrator ofisi» o’quv jarayonlarini muvofiqlashtirish menejeri;
Yusupova Rahima Kasimova – «Madaniyat va san’at menejmenti» kafedrasi dotsenti v.b.;
Rasulov Rufat Sheraliyevich – institut Talabalar turar joyi komendanti
Muminxodjayeva Lyudmila Nigmatovna – «Kutubxona-axborot faoliyati» kafedrasi katta o’qituvchisi;
Bachisova Sharafat Narmuratovna – Xodimlar bo’limi mutaxassisi,
Mavlonov Rustam Mavlonov Rustam Abdusalomovich – institut bosh muhandisi.

Institut kasaba uyushmasi raisligiga nomzodlar uchun ochiq ovoz berildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra O‘quv uslubiy boshqarmasining Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Yuldashev Baxtiyor O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga qayta saylandi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida navbatdagi yigʻilish bo’lib o’tdi.

 

✔️Yig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishni ochib berar ekan Nodirbek Sayfullayev joriy yilning 13-fevral kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida о‘tkazilgan Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish, aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda 14-fevral kuni о‘tkazilgan mamlakatimiz yoshlari bilan ochiq muloqotida belgilagan vazifalar ijrosi borasida to’xtalib, bugungi kunda talaba-yoshlarga sifatli ta’lim berish barobarida, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli to‘garaklarga jalb etish institutda faoliyat olib borayotgan har bir xodimning asosiy vazifa bo‘lishi, bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirish, ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishlarda hamda umuman yurtimizda yosh avlodga yaratib berilayotgan keng ko ‘lamli imkoniyatlar tog‘risida talaba-yoshlarga ko’proq ma’lumot berish, tashkil etilayotgan turli tanlovlar va sport musobaqalarida talabalarning ishtirokini kengaytirish, institut miqyosida ham sport va boshqa intellektual tanlovlarni muntazam o‘tkazib borish, talaba-yoshlarning kamida 50 fozini sportga jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashevning talabalarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar borasida bergan ma’lumoti qizg’in muhokama qilindi. Xususan, haftaning har shanba kunini institutda sport kuni deb e’lon qilindi hamda ushbu kunda ko’plab sport musobaqalari tashkil etish, unda nafaqat talaba-yoshlar, balki ishchi xodimlar ham ishtirok etishi belgilandi.

Institut talabalarining ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi, yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish, ayniqsa, giyohvandlik va psixatrop moddalarga qaramlik kabi salbiy illatlarning oldini olish masalasi ham muhokama qilinib, mas’ullarga bu borada yoshlar o’rtasida tushuntirish ishlarini yanada jadalashtirish topshirig‘i berildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, 2025-yil uchun rejalashtirilgan maqsadli investitsiyalar va grant loyihalarini amalga oshirilishi, xalqaro hamkorlik bo‘yicha xorijiy universitetlar bilan imzolangan memorandumlar, tuzilgan «Yo‘l xarita» larida belgilangan vazifalar ijrosining bajarilishi, 2024/2025-о‘quv yili kuzgi semestr bо‘yicha professor-о‘qituvchilarning HEMIS platformasida о‘quv mashg‘ulotlarini rasmiylashtirishi hamda fakultet va kafedralarning о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarini о‘rganish natijalari, to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar tomonidan to‘lovlar amalga oshirilish holati, ijro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev tashabbusi bilan “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi tomonidan “Madaniyatshunoslik va san’atshunoslikning nazariy-konseptual masalalari” nomli metodologik seminar o’tkazildi.

#jarayon

 

Seminar avvalida Nodirbek Sayfullayev har bir sohaning taraqqiy etishi uchun nazariy asos zarur ekanligini, shuning uchun ham ilmiy salohiyatni rivojlantirish, qilinayotgan ilmiy ishlarni amaliyotga tadbiq etish nihoyatda dolzarb vazifa hisoblanishini alohida qayd etib, “bugun jamiyatimizda “Uchinchi Renessans” poydevorini qurish bо‘yicha jadal ishlar amalga oshirilayotgan ekan, tabiiyki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ham bu yakdil maqsadga hamohang tarzda ijodiy ishlar bilan bir qatorda ilmiy faoliyatda ham katta yutuqlarga erishishi, uning zaminini qurishi va rivojlanish yо‘nalishlarini belgilab olishi zarur!” – dedi.

Shundan so‘ng San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Abduhalil Mavrulov “Madaniyat fenomenini o‘rganishning o‘ziga хosligi” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, “Madaniyat insonning intellektual va ruhiy faoliyatini tartibga keltiruvchi, uni jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi muhim hodisa hisoblanadi. G‘arbda madaniyatning ustuvor vazifasi sifatida ma’rifatlilik, bilimlilik, aql masalasi e’tirof etilsa, Sharqda ko‘proq tarbiya, ma’naviyatlilikka e’tibor berilgan”.

Shuningdek, Forobiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Avloniy kabi bir qancha mutafakkirlarning madaniayt haqidagi fikrlaridan iqtiboslar keltirildi.

Madaniyatning ijtimoiy safarbarlik funksiyasi bugungi kunda ayrim yoshlarimizning virtual dunyoga kirib ketishi, uning natijasida, jamiyatda ijtimoiylashuv jarayonining buzilishi, fuqarolarda individualistik dunyoqarashning kuchayib borayotgan bir paytida o‘ta muhim o‘ringa ega ekanligi ham alohida qayd etildi.

Ma’ruzaga “Madaniyat insonning yaratuvchilik faoliyatini tartibga soladigan, shaxs ma’naviy-madaniy kamolotiga, ruhiy-aqliy hayotiga ma’no-mazmun beradigan, uning maqsad-muddaolarini jamiyat ijtimoiy mo‘ljali bilan uyg‘unlashtirishga yordam beradigan fenomen ijtimoiy hodisa hisoblanadi”. – deya xulosa qilindi.

Mazkur mavzu va ma’ruza yuzasidan qizg‘in savol-javob va muhokama bo‘lib o‘tdi

Seminar yakunida Nodirbek Sayfullayev bunday formatdagi seminarlar muntazam tashkil etilishini hamda kelgusida institutda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning sifat darajasiga yanada qat’iy e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.