Nodirbek Sayfullayev odatdagidek, institutning 1 va 2-Talabalar turar joyida bo’lib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni yana bir bor kо‘zdan kechirdi.

Bugun 9-mart – yakshanba kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev odatdagidek, institutning 1 va 2-Talabalar turar joyida bo’lib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni yana bir bor kо‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida rektor mas’ullar bilan talabalar dars qilishlari hamda bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishlari uchun yanada kо‘proq imkoniyatlar yaratish borasida fikr almashdi.

Shuningdek, talaba yoshlar bilan ham samimiy suhbatlashib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, o‘qish jarayonlari bilan qiziqdi.

Shu qatorda, talabalar ham mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Xususan, “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Shaxina Ibrohimova Talabalar turar joyida barcha sharoitlar yaratilganini, ayni paytda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida bitiruv oldi malakaviy amaliyotida ekanligini, amaliyot davomida ko‘plab bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘layotganini aytib o‘tdi.




Talabamiz Zulfiya davlat mukofoti sohibasi bo’ldi

Bugun Kо‘ksaroy qarorgohida Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bо‘lib о‘tdi.

Ushbu marosimda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan 28 nafar iqtidorli qizlarimiz ushbu mukofotni shaxsan Davlatimiz Rahbaridan qabul qilib oldilar.

Quvonarli tomoni, ular orasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Estrada aktyorligi san’ati” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Nasiba Sodiqova ham bor.

Institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev iqtidorli talaba bilan uchrashib, yana bir bor ushbu yuksak mukofot hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi!

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarga har tomonlama barkamol avlod bо‘lib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani, yoshlar ham ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishi zarurligi to‘g‘risida suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbarining ishonchini oqlashga va’da beraman, – deya Nasiba Sodiqova ham o‘z taassurotlari bilan o’rtoqlashdi hamda mukofotni qо‘lga kiritishida institut jamoasining hissasi katta ekanini aytib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.




Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Milliy qadriyatlar kuni hamda 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol borki – olam munavvar” deb nomlangan konsert dasturi tashkil etildi.

Konsertga barcha xotin-qizlar milliy liboslarda tashrif buyurishdi hamda ularni milliy kiyimdagi yigitlar gul bilan qarshi oldi.

Konsert avvalida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev institutda faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tiladi.

Shuningdek, ushbu bayramni ham institut jamoasi katta quvonch va muvaffaqiyatlar bilan qarshi olayotganini, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan “Estrada aktyorligi san’ati” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Nasiba Sodiqova Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bо‘lgani, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Sayyora Tuychiyeva esa «Mо‘tabar ayol» kо‘krak nishoni bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Konsert dasturida «Onajonimga – izhor» kompozitsiyasi, «Onajon ka’bam o’zing» she’riy monologi, «Chodir jamol» bayram hazil tomoshasi, «8-mart bayram hazili», «Lazer show» kabi sahnaviy chiqishlar hamda «Bo‘ylaringga», «Aylab keling», «Keldi bahor», «Dilbarim», «Tut i tam», «Mustahzod», «Dilxiroj», «Gal-gal», «Xumoriman», «Qirmoni do’st», Go’zal janon», «Qora muniq nayerdasan», “Ayol madhi” kabi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

Ma’lumki, joriy yilning 3-4-yanvar kunlari kafedralar faoliyatining 2024-yil yakunlari hamda 2025-yilda о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bо‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtgan edi.

Bugun ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalarning kafedradagi ijrosi hamda o’quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlarda olib borilayotgan ishlar tanqidiy va tahliliy ko‘rib chiqildi.

Dastlab Nodirbek Sayfullayev kafedrada faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy qutladi. Shu bilan birga, soha rivojiga munosib ulush qo’shayotgan, ta’lim va tarbiya jarayonlarida o’z faolligi bilan ajralib turgan, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shib kelayotganligi uchun kafedra professorlari – Muhabbat To‘laxo‘jayeva hamda Sabohat Xaytmetovalarga “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg‘alari taqdim etdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o‘tar ekan, rektor bugun mamalakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash, ularni yosh avlod ong-u tafakkuriga singdirish zarur ekanligini alohida qayd etdi.

Shuningdek, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasi institutning eng oldi kafedralaridan biri bo‘lishi zarurligi, bugungi yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham kafedradagi muammolarni o’rganish va ularga yechim topish hamda salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan taklif va mulohazalarni tinglash va amaliyotga tadbiq etish ekanligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng kafedra mudiri Faxriddin Abduvohidovning hisoboti tinglandi hamda muhokama qilindi. Kafedra a’zolari ham teatrshunoslik, kinoshunoslik, dramaturgiya, san’at jurnalistikasi, madaniyatshunoslik kabi sohalarning istiqboli hamda kafedraning kelgusi faoliyatiga oid fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib o’tishdi.
Yig‘ilish yakunida institut rektorining 6-mart kunini institut miqyosida “San’atshunoslar va madaniyatshunoslar” kuni deb e’lon qilish hamda unga bag’ishlab konferensiya va seminarlar tashkil etish, shuningdek, o ‘quv yili yakuniga qadar kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy maqolalaridan iborat to‘plam nashr etish taklifi yig’ilganlar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.




Taniqli tele va radioboshlovchi Qunduzxon Abdullayeva tomonidan institutda ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’lgan talaba-yoshlar uchun “Ijtimoiy tarmoqlarning talabalar hayotidagi ahamiyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 3-mart kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tuzilgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha jamoatchilik Kengashining dastlabki yig’ilishi o’tkazilib, unda kelgusi rejalar muhokama qilingan edi.

Xususan, yig‘ilishda talabalar bilan ijtimoiy tarmoqdan foydalanish yuzasidan doimiy muloqot olib borish vazifasi belgilangan edi.

Bugun taniqli tele va radioboshlovchi Qunduzxon Abdullayeva tomonidan institutda ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’lgan talaba-yoshlar uchun “Ijtimoiy tarmoqlarning talabalar hayotidagi ahamiyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda talabalar hayotida muhim rol o’ynaydi. Ular o’qish jarayonini osonlashtiruvchi vosita, yangi bilimlar olish va tajriba almashish maydoni, shuningdek, do’stlar bilan aloqa qilish va yangi tanishlar orttirish imkoniyatini beradi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali talabalar o’z qiziqishlari bo’yicha guruhlarga qo’shilishlari, muhim ma’lumotlarga tezkor kirishlari, o’qish bilan bog’liq maslahatlar olishlari va hatto ish topishlari mumkin.

Shuningdek, o’z qiziqishlaridan kelib chiqib blog yuritayotgan talabalar uchun ijtimoiy tarmoqlar tanilish imkoniyatini ham taqdim etmoqda. Biroq undan foydalanishning ham o’ziga yarasha qonun-qoidalari, axloqiy jihatlari borligini ham unutmaslik lozim. Seminar-treningda shular haqida so’z bordi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “O‘quv jarayoniga raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali talabalar kasbiy bilimini oshirish yo‘llari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni Ilimiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Yakubov ochib berdi hamda аnjumanning asosiy maqsadi – o‘quv jarayoniga raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish yо‘llarini o‘rganish, rivojlantirish va takomillashtirish; bо‘lajak aktyorlarni tarbiyalashining hozirgi kunda hal etilmagan dolzarb muammolari, ilmiy-amaliy asoslari, ularni tadqiq etish va amaliyotga tadbiq qilish yo‘llarini o‘rganish ekanligini, o’z navbatida, bugungi ma’ruzalarda ayni shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi hamda kelgusida soha rivojida muhim ahamiyatga ega bo’lishiga umid bildirdi.

Konferensiya yalpi majlisida “Spektakllarda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari”, “Xoreografiya san’atida inklyuziv ta’lim va innovatsion yondashuv”, “Алишер Навои – символ прогресса своей эпохи и источник бесконечных инноваций в современном искусстве”, “Zamonaviy teatrning yangi uslubi: immersiv teatr va uning asosiy tendensiyalari” kabi mavzularda ma’ruzlar qilindi hamda ular yuzasidan qizg ‘in bahs munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Аnjumanda talabalar kasbiy bilimini oshirish yo‘llarini joriy etish muammolarini yechish hamda sifatli ta’limni ta’minlash, bunda soha yо‘nalishlari bо‘yicha ilmiy-ijodiy ishlar natijalarini tahlil qilish va olingan natijalarni о‘quv jarayoniga uzviy bog‘liqligini qaror toptirish masalalari muhokama qilinadi. Muhokamada ushbu masalalarga oid bahs-munozarlarga sabab bо‘lgan xususiyatlar о‘rganiladi, raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar va ilmiy tavsiyalar ham ham muhokama markazida bo‘ldi

Raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali talabalar kasbiy bilimini oshirish misolida videorolik taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.




Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha jamoatchilik Kengashi yig’ilishi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kengashining 2025-yil 28-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev tashabbusi bilan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha jamoatchilik Kengashi tuzilgan edi.

Mazkur yig’ilishda yangi tuzilgan jamoatchilik Kengashi raisligiga ochiq ovoz berish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov saylandi.

Bugun ushbu Kengashning faoliyati, oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalariga bag’ishlangan dastlabki yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida Nodirbek Sayfullayev bugun Davlatimiz Rahbari tomonidan yosh avlodga ularni har tomonlama barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgani, bundan tashqari, san’at va madaniyat sohasiga berilayotgan yuksak e’tibor va g’amxo’rlik sabab sohada ham tub o’zgarish va yangilanishlar kechayotgani, ushbu imkoniyatlarning yoshlar o‘rtasida targ’ibotini yanada kuchaytirish, ularni Vatanga muhabbat va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash zarurligini qayd etdi hamda ushbu maqsadlar Kengashning asosiy maqsadi va maslagi bo’lishi zarurligi ta’kidladi.

Shundan so‘ng Kengashning ish-rejasi va nizomini ishlab chiqish, faoliyatini tashkil etish, talabalar bilan olib boriladigan muloqot mavzulari va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash avvalida, an’anaga binoan, institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev “Estrada va ommaviy tomoshalar” kafedrasidan Maxmud Rashidov hamda “Sahna nutqi” kafedrasidan Maxsuma Xodjimatovalarga professor, “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasidan Yusuf Vaxidov, “Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasi mudiri Husniddin Xusanov, ushbu kafedradan Navruz Sobirov, “Estrada va ommaviy tomoshalar” kafedrasidan Nilufar Axmedovalarga dotsent ilmiy unvoni hamda “Folklor va etnografiya” kafedrasidan Gulxumor Djamalxodjayevalarga filologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori diplomi, shuningdek, “Vokal” kafedrasi mudiri Saodat Muzaffarovaga О‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasiga a’zolik guvohnomasini topshirib, ularning kelgusi ilmiy-ijodiy hamda pedagogik faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.

Kengashda 2025-yil 13-fevral kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida о‘tkazilgan Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish, aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda 14-fevral kuni о‘tkazilgan mamlakatimiz yoshlari bilan ochiq muloqotida belgilagan asosiy vazifalar, talabalar bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘zdan kechirilib, atroflicha muhokama qilindi.

Ushbu masala yuzasidan fikr bildirar ekan institut rektori Davlatimiz Rahbarining “О‘g‘il-qizlarimiz yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishiga aylanganini sezib, о‘zlariga beqiyos kuch olmoqda”, degan so’zlarini iqtibos keltirdi.

Institut talabalarining ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish zarurligi, talaba-yoshlarni foydali milliy kontent yaratishga targ‘ib qilish masalalari tanqidiy nazar bilan kо‘rib chiqildi.

O’quv yili boshidan e’tiboran bironta tyutor yoki dekan o’rinbosarining shaxsiy tashabbusi bilan yirik loyiha yoki kontent yaratilmagani, ko’plab saviyali tadbirlarning tashabbuskori rahbariyat bo’layotgani, institutda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgani holda, talaba-yoshlarning qo’lga kiritayotgan natijalari maqtangulik emasligi, tashkil etilayotgan turli tanlovlar va sport musobaqalarida talabalarning ishtiroki qoniqarli emasligi, sport va boshqa intellektual tanlovlarning sonini va ularga jalb etilayotgan talabalar qamrovini oshirish zarurligi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar, ayniqsa, yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar borasida qilinishi lozim bo’lgan targ’ibot ishlari yetarli darajada emasligi tanqid qilinib, mas’ullarga bu borada qat’iy ogohlantirish berildi.

Bu borada xodimlarga murojaat qilar ekan “Institutda talaba-yoshlarga sifatli ta’lim berish barobarida, ularning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli tо‘garaklarga jalb etish umuman yoshlar masalalariga oid ishlarni yangi bosqichda davom ettirishimiz, ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish lozim”. – deya ta’kidladi.