“Dilga orom qo‘shiqlar” nomli sinf konserti o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Folklor va etnografiya” kafedrasi dotsenti Dilorom Muhammedovaning “Dilga orom qo‘shiqlar” nomli sinf konserti o‘tkazildi.

✅Konsert dasturida Dilorom Muhammedovaning shogirdlari tomonidan ijro etilgan “Arava” (o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan termalar), “Oq bilak oyim anjonlik”(o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Do ‘ppigina” (duet, o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Azim daryo” (o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Do‘mbiram”(Surxon xalq qo‘shig‘i), “ Ey nigori nozanin” (lapar, Buxoro xalq qo‘shig‘i), “Mutti-mutti (o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Lapar”, “O‘zbek xalq qo‘shiqlaridan termalar”, “Olaman deydi (Xorazm xalq qo‘shig‘i, “Andijon boray dedim” (o‘zbek xalq qo‘shig‘i), “Aytishuv va qo‘shiqlardan termalar” kabi kuy-qo‘shiq va folklor ijrochiligi namunalari barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, konsertda institute qoshidagi “E’zoz” sozandalar ansanbli ijrochilarga jo‘r bo‘lib tadbirning yanada fayzli o‘tishiga munosib hissa qo‘shdi.




Deputat va xotin-qizlar uchrashuvi tashkil etildi.

✔️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Fayziyeva bilan davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda institut xotin-qizlar faollari, doktorant, magistr va bakalavr talaba-qizlar, shuningdek, “Shahriobod” MFY raisi ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida Yangi tahrirdagi Konstitutsiya, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida ko‘plab foydali ma’lumotlar yetkazildi.
Shu bilan bir qatorda, ishtirokchilarning qator savollariga ham batafsil javob berilib, o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbir tashkilotchisi doktorant Iroda Berdiyeva talaba-yoshlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga amaliy tashrifini doimiy ravishda uyushtirish taklifini bildirib, bu kabi uchrashuvlar yoshlarning siyosiy bilimlari oshishiga katta yordam berishini aytib o‘tdi.
Dilorom Fayziyeva ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashi va kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishni ta’kidlab, tadbirni tashkil etishda yordam bergan institut rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.




Institut Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida institut Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.

❗️Kengashda 2024/2025-о‘quv yili birinchi yarim yillik yakunlari (Yakuniy nazorat natijalari), talabalarning malakaviy amaliyotini samarali tashkil etish, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
23-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi
797-sonli qarorining institutdagi ijrosi, kafedralardagi mavjud bо‘sh (vakant) о‘rinlarga “О‘zbekiston ovozi” gazetasining 2024-yil 18-dekabrdagi 51-sonida berilgan tanlov, institut professor-о‘qituvchilari tomonidan yozilgan adabiyotlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashda kо‘rib chiqish uchun yuborish va monografiyalarni chop qilishga tavsiya etish kabi institut hayotiga aloqador bir qator masalalar muhokama qilindi.

Kengash davomida Nodirbek Sayfullayev institutda tashkil etilgan Badiiy Kengash faoliyatini yanada jadallashtirish, ijro intizomi bo‘yicha xodimlar mas’ulyatini oshirish, talabalarga mutaxassislik fanlaridan sifatli ta’lim berish barobarida sahna nutqi va odobi borasida tushunchalar berish, talabalar amaliyotini va professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishlarini sifatli tashkil etish va boshqa bir qancha mavzularda fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirib o‘tdi.

❗️Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




«Milliy liboslar» kuni

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «Milliy liboslar» kuni tashkil etildi!
Toshkent shahrida milliylikni targ‘ib qilish o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham “Milliy liboslar” kuni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kun munosabati bilan institut ayol xodimalari hamda talaba-qizlari institutga milliy liboslarda tashrif buyurdi.

Shuningdek, “Milliy liboslar” kuni doirasida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Rahima Yusupova hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan 2-talabalar turar joyidagi talaba-qizlarga milliy liboslar tarixi, u haqdagi rivoyat va afsonalar, milliy urf-odatlarimiz borasida ma’lumotlar berib o‘tildi.




Nodirbek Sayfullayev “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

28-yanvar kuni Qurolli Kuchlar Davlat muzeyida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Qurolli kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh davlat va jamoat tashkiloti vakillari hamda madaniyat sohasi xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular qatorida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ham ushbu mukofotga loyiq ko’rildi.

Ko’krak nishonini Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, General-mayor Hamdam Karshiyev egalariga topshirdi.

Institut jamoasi nomidan Nodirbek Sayfullayevni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!




«Universiada-2024» sport musobaqalarida faxrli o’rinlar qo’lga kiritildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Kurash bo’yicha «Universiada-2024» sport musobaqalari Toshkent shahar bosqichi bo’lib o’tdi.

Ushbu musobaqada O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari ham faol ishtirok etib, sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritdi. Jumladan, “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti 1-bosqich talabalari – Shohista Ozodova 48 kg vazn toifasida faxrli 2-o’rinni hamda Maftuna Baxtiyorova 63 kg vanz toifasi bo’yicha faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdilar

Jamoa murabbiyi: Sahna harakati va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti Dilaram Mamirova.

Ushbu talabalarimizni yutuqlar bilan chin dildan tabriklaymiz.




Bibiaysha Kudayberganovaning “Millatlar hamdo‘stligi” nomli sinf konserti o‘tkazildi.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Folklor va etnografiya” kafedrasi dotsenti Bibiaysha Kudayberganovaning “Millatlar hamdo‘stligi” nomli sinf konserti o‘tkazildi.

Sinf konsertida yangragan “Арба устасы” (qoraqalpoq xalq qo‘shig‘i), Qoraqalpoq qizlari (qoraqalpoq xalq qo‘shig‘i), “Anor-anor” (tojik xalq qo‘shig‘i) Айдынлар (qoraqalpoq xalq qo‘shig‘i), “TashGU” (qoraqalpoq xalq qo‘shig‘i), “Barigal” (ozarbayjon xalq qo‘shig‘i), “Jananim” (qoraqalpoq xalq qo‘shig‘i), “Dog‘u hijron” (Hayratiy g‘azali Muhammad Hofiz musqiasi), “Саржайлауим” (qozoq xalq qo‘shig‘i), “Qiz minayim”, Qong‘irog‘i jaranglab davron endi bizniki” (xorazmcha qo‘shiq), “Qoraqalpoq milliy o‘yini”, “Millatlar do‘stligi” (Kamoli Shukur so‘zi, Sayidjon Jafarov musiqasi) kabi kuy-qo‘shiq va folklor ijrochiligi namunalari barchaga xush kayfiyat ulashdi.




Noming o’chsin Gerostrat» nomli diplom spektakli namoyishi bo’lib o’tdi.

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O’quv teatrida Teatr san’ati fakulteti Dramatik teatr va kino aytyorligi hamda Dramatik teatr rejissyorligi ta’lim yo’nalishi 4-bosqich (rus guruhlari) talabalarining “Noming o’chsin Gerostrat» nomli diplom spektakli namoyishi bo’lib o’tdi.

Grigoriy Gorinnning ushbu asari qadimgi Yunonistonda sodir bo’lgan mashhur voqeaga asoslanadi. Asarga ko‘ra, Efes shahrida yashovchi Gerostrat ismli 32 yoshli savdogar Artemida ibodatxonasini yoqib yuboradi. So’ngra qo’lga olingan Gerostrat bu ishni amalga oshirishdan maqsad — o’z nomini tarix zarvaraqlarida abadiylashtirish ekanligini ta’kidlaydi.

Quvonarli tomoni, talaba-yoshlar ushbu asarning mazmun –mohiyatini yaxshi anglagan hamda aktyorlik mahorati orqali tomoshabinga ham yetkazib bera olgan.

Spektaklning asosiy ishtirokchilari:

Gerostrat – Begzod Askarov
Tissafern – Feruz Bozorov
Klimintina – Mariya Soy
Krissip – Igor Buxaidze
Kleon – Mirzoxid Zoirov
Erita – Sabrina Adilova

Kurs badiiy rahbari va sahnalashtiruvchi rejissyor, professor – Hamida Maxmudova
Aktyorlik mahorati fani o‘qituvchisi katta o‘qituvchi- Go‘zal Rashidova.