O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari Avazxon Tadjixanov raisligida navbatdagi onlayn (ZOOM platformasi orqali) yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Madaniyat vazirligi tegishli bo‘lim boshliqlari hamda davlat teatrlari direktorlari va bosh rejissyorlari bilan birgalikda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev hamda prorektorlar, Teatr san’ati fakulteti dekani va tegishli kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi 399-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan teatrlar bilan ta’lim tashkilotlarining uzviy hamkorligini yо‘lga qо‘yish, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga maqsadli qabul kvotalari teatrlardagi kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni inobatga olib belgilash, institutning 3 va 4-bosqich bakalavr hamda magistratura talabalarining haftada kamida ikki kun teatrlarda amaliy mashg‘ulotlar о‘tashini yо‘lga qо‘yish va boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.

Dastlab Avazxon Tadjixanov “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror sohaning rivoji uchun ko’plab imkoniyatlar taqdim etganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, bugungi kunda nafaqat teatrlarda balki barcha madaniyat muassasalarida, oliy ma’lumotga ega bо‘lgan malakali yosh mutaxassislarga ehtiyoj juda yuqori ekanligini, buning yechimi esa, oliy ta’lim muassasalarida, xususan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olayotgan yosh kadrlarni amaliyotga va keyingi bosqichda ishga jalb qilish, ularni mehnat bozoriga tayyor kadrga sifatida borishlarini tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish ekanligini qayd etdi.

Nodirbek Sayfullayev bugungi kunda Davlatimiz Rahbari tomonidan oliy ta’lim sohasi vakillari oldiga qo’yilayotgan eng muhim talablardan biri bu dual ta’lim ekanligini, bunda talaba amaliyot yoki teatrlarda tashkil etilgan о‘quv jarayonlarida ishtirok etishi bilan bir qatorda, kamida 0.25 shtat birligida faoliyat olib borishi lozimligi, bu borada teatrlardagi bо‘sh vakant о‘rinlarga yuqori kurs talabalarni jalb etilsa, ular institutni tamomlagunga qadar mutaxassis sifatida shakllanishi, mehnat bozoridagi talablarga tо‘liq javob beradigan kadr bо‘lib yetishishilariga zamin yaratishini ta’kidladi. Shuningdek institut bilan teatrlar hamkorligini yanada kuchaytirish borasida ham fikrlarini bildirib o’tdi.

Yig‘ilish ochiq muloqot tarzida davom etdi hamda teatr direktorlari ham mavzu yuzasidan o’z fikr-mulohaza va takliflarini bayon qildi.




Nodirbek Sayfullayev ana shunday iste’dodli talabalardan “Xush kayfiyat” respublika kо‘rik-tanlovi sovrindori Teatr san’ati fakulteti Musiqali teatr aktyorligi ta’lim yо‘nalishi sirtqi ta’lim bitiruvchi kurs talabasi Bahodir Fozilov bilan uchrashdi.

Hech sir emaski, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ayni paytda o‘z ijodi bilan tanilib ulgurgan hamda respublika va xalqaro tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan bir qancha iqtidor egalari tahsil olishmoqda.

Bugun institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ana shunday iste’dodli talabalardan “Xush kayfiyat” respublika kо‘rik-tanlovi sovrindori Teatr san’ati fakulteti Musiqali teatr aktyorligi ta’lim yо‘nalishi sirtqi ta’lim bitiruvchi kurs talabasi Bahodir Fozilov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda institut rektori Bahodir Fozilovni “Xush kayfiyat” kо‘rik-tanlovida faxrli 2-o’rin sohibi bo‘lgani bilan yana bir bor muborakbod etib, kelgusi ijodiga ulkan zafarlar tiladi.

Shuningdek, kelajakda yoshlar tarbiyasiga oid, ularni ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan kontentlar yaratish, monospektakllar sahnalashtirish lozimligini, institut rahbariyati uning yangi ijodiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini ma’lum qildi.

O‘z o‘rnida, talaba ham bunday e’tibordan mamnun ekanligini bildirib, kelgusida o‘z ijodida, albatta, bu tavsiyalarga amal qilishini aytib o‘tdi.

Suhbat jarayonida Bahodir Fozilov institutning “O‘quv teatrida” faoliyat yuritish istagini bildirdi hamda uning bu istagi ham qo‘llab-quvvatlandi.




Nodirbek Sayfullayev “Dramatik teatr va kino san’ati” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari tomonidan “Aktyorlik mahorati” fanidan diplom ishi sifatida sahnalashtirilgan “Halala” spektakli namoyishida ishtirok etdi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev “Dramatik teatr va kino san’ati” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari tomonidan “Aktyorlik mahorati” fanidan diplom ishi sifatida sahnalashtirilgan “Halala” spektakli namoyishida ishtirok etdi.

Rashod Nuri Guntekinning «Halala» komediyasi turk adabiyotida muhim o‘rin tutadi. Ushbu asar jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni kulgu orqali yetkazib, tomoshabinni chuqur fikrlashga undaydi.

Asarni kurs rahbari, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Nodira Mahmudova sahnalashtirgan bo‘lib, “Aktyorlik mahorati” o‘qituvchilari Jamshid Sobirov, Qaxramon Madrimov, Fozil Nazarov, Feruza Karayeva, Sahna nutqi fani o’qituvchisi san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Go’zal Xoliqulova, Plastika va pantamima fani o’qituvchisi katta o’qituvchi Sador Mannonov, Sahna harakati fani o’qituvchisi katta o’qituvchi Rahimjon Do’sanov, Raqs fani o’qituvchisi O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, dotsent Narziddin Shermatov.

Spektakl soha mutaxassislari tomonidan iliq kutib olinib, professional rejissura, zamonaviy uslubdagi aktyorlik ijrosi, sahna madaniyati, ssenografiya, musiqa va yoritish bezagi alohida e’tirof etildi.




Nodirbek Sayfullayev institutda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar, xususan, talabalar o‘quv orkestri jamoasi vakillari bilan uchrashdi.

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev institutda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar, xususan, talabalar o‘quv orkestri jamoasi vakillari bilan uchrashdi.

Ma’lumki, joriy yilning 14-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazilgan muloqotida bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Uchrashuvda ayni shu yig‘ilishda yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar, yoshlar bilan ishlash tizimida yuz berayotgan o’zgarishlar haqida so’z bordi.

Shu bilan birga, Nodirbek Sayfullayev institutda tashkil etilayotgan ko’plab konsert dasturlarining yanada fayzli o’tishida boshqa ijodiy yo‘nalishlar qatorida ushbu orkestrning ham o’z o’rni borligini e’tirof etib o’tdi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar ham o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi.

Jumladan, «Folklor va etnografiya” ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Bunyodjon Xabibullayev avvalgi uchrashuvda o’z mualliflik qo‘shiqlarini institut studiyasida yozish taklifini bergan hamda bu taklif qo‘llab-quvvatlangan edi. U o’z mualliflik qo’shiqlarini studiyada yozganini hamda yaqinda premyera qilish istagi borligini, bu kelgusida yetuk ijodkor bo‘lishi uchun katta imkoniyat bo‘lganini aytib, minnatdorchilik bildirdi.

«Cholg‘u ijrochiligi” ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Jasmina Qo‘shshayeva fikr bildirar ekan, bunday e’tirofdan juda ham mamnun bo‘lganini hamda kelajakda bu ishonchni oqlashga harakat qilishini aytib, dutorchilar ansamblining ham kuylarini studiyada yozish istagini bildirdi.

Bundan tashqari, Rasuljon Maxmudaliyev, Sevinch Qanoatova, Jasurbek Bо‘riyev va boshqa talabalar ham fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi. Uchrashuvdagi barcha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbir yakunida Nodirbek Sayfullayev Davlatimiz Rahbarining «Biz serg‘ayrat yoshlarimizga ishonganimiz uchun о‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qо‘ymoqdamiz, marrani baland olmoqdamiz» degan so’zlaridan iqtibos keltirib, institut rahbariyati talabalarning sohaga oid barcha loyihalarini qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, O’zbekiston Kasaba uyushmalari saroyida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan «Navoiydan taralgan mangu navolar» nomli teatrlashtirilgan konsert dasturida faol ishtiroki uchun orkestr rahbari va a’zolari hamda “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




Sahna nutqi fanini rivojlantirishda ustozlar merosini о‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Sahna nutqi fanini rivojlantirishda ustozlar merosini о‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

“Sahna nutqi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan seminarda “Sahna nutqi maktabining tadqiqotchilari”, “Irina Solomonova Grinbergning ilmiy amaliy pedagogik faoliyati”, “Musiqali teatrda sahna nutqi an’analari” kabi ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Anjumanda Muqimiy nomidagi musiqali akademik teatr bosh rejissyori Doston Haqberdiyev, О‘zbekiston xalq artisti Mehri Bekjonova, О‘zbekitonda xizmat kо‘rsatgan artist Lola Eltoyeva, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, oliy toifali suxandon Nasiba Ibrohimova, о‘zbek milliy qо‘g‘irchoq teatri truppa rahbari, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Alisher Mirzag‘iyosov, Toshkent silk Rout Marionetka teatri badiiy rahbari Zarif Xasanov, kafedrada uzoq yillar faoliyat olib borgan, hozirda esa faxriy ustoz Bashorat Bobonazarova hamda Teatr san’ati fakulteti professor-о‘qituvchilari va talabalari ishtirok etib, Sahna nutqi fanining bugungi kun muammolari va ularning yechimlari borasida fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Talabalarda sahna nutqi va uning eng muhim masalalari yuzasidan bilim va kо‘nikmalarini oshirish, dolzarb muammolarni aniqlash, malakali kadr bо‘lishiga kо‘maklashish, qolaversa, sahna nutqi ustalarining ilmiy merosini tiklash, an’analarini ilmiy tadqiq etish, uni bо‘lajak aktyor va rejissyorlarga yetkazish, kafedra professor-о‘qituvchilarining ilmiy maqola yozish kо‘nikmalarini oshirish, izlanishlar natijalarini xorijiy jurnallarda chop ettirish kabi masalalar ushbu seminarning maqsadi sifatida belgilandi.




O‘qishni qayta tiklash va ko‘chirish maqsadida murojaat qilgan talabalarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida mas’ullar tomonidan o’qishni qayta tiklash va ko‘chirish maqsadida murojaat qilgan talabalarning arizalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur yig‘ilishda talabalar o’qishini qayta tiklash va ko‘chirish bo’yicha mas’ullardan iborat komissiya a’zolari ishtirok etdi.
Ular tomonidan har bir talabaning hujjatlari individual ravishda, aniq belgilangan mezonlar asosida ko’rib chiqildi. Bunda ularning oldingi semestrlardagi baholari, intizomiy ko‘rsatkichlari va o‘qishni qayta tiklash yoki ko‘chirish sabablari o’rganildi.

Yig‘ilishda har bir talaba institutning ichki tartib-qoidalari va talablariga rioya etgan holda ta’lim olishda davom etishi mumkinligi ta’kidlandi.




“Ijtimoiy masalalarda yoshlar va xotin-qizlarning rolini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Xalq demokratik partiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Kadirxanova ishtirokida “Ijtimoiy masalalarda yoshlar va xotin-qizlarning rolini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Dilbarxon Mamadjanova, Xalqaro toifadagi psixolog Zebiniso Rahmatullayevalar ham ishtirok etdi.

Mehmonlar dastlab institut tarixi, faoliyati, xorijiy aloqalari, ilmiy-ijodiy sohalarda erishilayotgan yuqori natijalar bilan yaqindan tanishdi.

Davra suhbatida esa tadbir qatnashchilariga bugungi kunda yurtimizda yoshlar va xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, o’z oldiga maqsad qo’yish va unga erish kabi bir qancha mavzular haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, ijtimoiy masalalarda yoshlar va xotin-qizlarning roli tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular jamiyatning kelajagi, yangi g’oyalar va tashabbuslar manbai hisoblanadi. Yoshlar va xotin-qizlar o’zlarining bilimlari, energiyasi va yangi fikrlash uslublari bilan ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishlari, jamiyatni rivojlantirishga hissa qo’shishlari mumkin. Ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi, jamiyatning rivojlanishiga va taraqqiyotiga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Shuningdek, mavzu yusadan berilgan barcha savollarga mehmonlar batafsil javob berishdi.




“Shoh va shoir Bobur bo‘stoni, Navolarning ezgu ummoni”

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan

“Shoh va shoir Bobur bo‘stoni,
Navolarning ezgu ummoni”

deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Rustam Mirvohid so‘zga chiqib Bobur hayoti va ijodi, uning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizdagi ahamiyati, uning hayoti va ijodini o’rganish zarurati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi, ayniqsa, «Boburnoma» asari yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Uning asarlari orqali yoshlar o’z xalqining tarixi, madaniyati, urf-odatlari haqida bilimlar oladi. Boburning jasorati, qat’iyati, vatanparvarligi, ilmga intilishi yoshlarda o’ziga xos ideal obrazni shakllantiradi”.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari tomonidan “Ra’no kibi”, “Qaro zulfing”, “Oromijon”, “Guljamol”, “Lola”, “Rost maqomidan soqinomai savti kalon” kabi Bobur g‘azallari kuyga solinib ijro etildi. Shuningdek, uning ruboiylari va g ‘azallaridan namunalar ham o‘qildi.

“Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi o‘qituvchisi Ulug‘bek Musinov Mirzo Bobur siymosida namoyon bo‘ldi. Musiqalar esa professor Ahmadjon Dadayev rahbarligidagi “Sayqal” ansabli tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Konsert dasturi ssenariysi dotsent Isoqtoy Jumanovga tegishli bo‘lsa, dotsent Ilhom Sadikov badiiy rahbarligida o‘tdi. Shuningdek, Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi 3-bosqich talabasi Muhammadaziz Dilmurodov rejissyor sifati ishladi hamda dotsent Bahodir Magdiyev boshlovchilik qildi.