Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash” mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi
🔴O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Xalqaro tabiiy ofatlarni kamaytirish kuni” munosabati bilan profilaktik davra suhbatlari davom ettirildi.
🔹 Bu galgi davra suhbatida Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi inspektori Nuriddin Burxonov ishtirok etib, talabalar hamda institut xodimlariga mavzuga doir muhim masalalar yuzasidan ma’lumotlar berishdi.
🔺 O‘z o‘rnida, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.