“Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia koʻrgazmasi

 

⚡️ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti tyutorlari – Nafosat Shodiyeva hamda Xurshida Haqbayevalar boshchiligida talabalar Toshkent City Mall savdo markazida “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli jadidlarning ta’lim va maorif tashabbuslariga bag‘ishlangan multimedia kо‘rgazmasida bo‘lishdi.

✅5 ta alohida bo‘lmadan iborat ko‘rgazmada Germaniyaga o‘qishga yuborilgan turkistonlik talabalarning tarixi ochib berilgan. Talabalar ushbu sayohat davomida ilm yo‘lida zahmat chekkan bobolarimizning hayot yo‘li, qiyinchiliklari va ularning ezgu orzu-maqsadlari haqida ko‘plab ma’lumotga ega bo‘lishdi.




seysmik xavfsizlikni ta’minlash vazilfilalari yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi

✅Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarga seysmik xavfsizlikni ta’minlash vazilfilalari haqida tushuncha berish maqsadida Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti katta ilmiy xodimi Nishonov Ne’matilla Asatilayevich hamda Seysmologiya instituti Geologiya va mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zuxriddin Shukurovlar ishtirokida ZOOM platformasi orqali davra suhbati o‘tkazildi.

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-161-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida talabalarga seysmik holatning yuzaga kelish sabablari, bunday holat yuz berganda qanday yo‘l tutish kerakligi borasida batafsil tushunchalar berildi.




Geochang teatr maktabi direktori Kan Manxo, o’qituvchilar – Kang Inchul, Kim Jinog, Ryu Joouklar hamda maktab talabalari tashrif buyurdi.

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 16-avgust kuni Koreya Respublikasining Geochang teatr maktabi direktori Kan Manxo boshchiligidagi maktab vakillari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurib, institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev bilan uchrashgan hamda teatr maktabi professor-o‘qituvchilar va talabalarining institutda qisqa muddatli tajriba almashinuvida ishtirok etishi va boshqa bir qator masalalar kelishib olingan edi.

Bugun ushbu kelishuvga muvofiq institutga Geochang teatr maktabi direktori Kan Manxo, o’qituvchilar – Kang Inchul, Kim Jinog, Ryu Joouklar hamda maktab talabalari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev hamda Geochang teatr maktabi direktori Kan Manxo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅ Uchrashuv avvalida Nodirbek Sayfullayev mehmonlarni ko‘rib turganidan mamnunligini, o‘zbek va koreys madaniyatida umumiy jihatlar ko‘p ekanligini, shu ma’noda, yurtimizda koreys madaniyati va san’atiga qiziqish yuqoriligini aytib, o‘zaro hamkrolik aloqalarini yanada kengaytirish lozimligini, bu esa ikki oliy ta’lim muassasaining rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

✅O‘z navbatida, Kan Manxo ham institutdagi ijodiy muhit unda va talabalarida ijobiy taassurot qoldirganini, ikki oliy ta’lim muassasi o‘rtasida о‘rnatilgan hamkorlikdan juda ham mamnun ekanligini va ulkan natijalar kutayotganini, bu hamkorlik orqali o’zbek va koreys madaniyatini uyg‘unlashtirgan yirik madaniy loyihalar yaratish mumkinligini alohida qayd etib о‘tdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumda talabalar, professor-о‘qituvchilar va xodimlar almashinuvini tashkil etish va mahorat darslari, seminarlar o‘tkazish, o‘zaro o‘quv jarayonida foydalaniladigan kontentlarni almashish va yangi qo‘llanmalar yaratish, teatr texnologiyalar sohasida hamkorlik o‘rnatish, birgalikda spektakllar sahnalashtirish kabi bir qator masalalar kabi bir qator masalalar qamrab olindi.




🏢O’zDSMIda zakovat ligasi 1-tur bahslari bo’lib o’tdi

 

➡️ Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Yoshlar yetakchisi Izzatullo Tursunpo’latov rahbarligida talabalar oʻrtasida «Zakovat» intellektual oʻyinining yangi mavsumi boshlandi. Oktabr oyining 1-tur bahslarida 4 ta fakultetdan jami 8 ta jamoa ishtirok etdi.

➡️Eslatib o’tamiz g’olib jamoa har oyning so’ngida aniqlanadi va ko’chma kubok taqdim etiladi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori rahbarligida institutning navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yig‘ilishda barcha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tyutrolar ishtirok etdi.

✅Tadbir avvalida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i, institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Baxtiyor Yuldashevning qutlug’ 70 yoshi bilan samimiy muborakbod etdi hamda unga uzoq yillik faoliyati moobaynida ta’lim, san’at va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi va jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun “Faxriy yorliq” va esdalik sovg’asi taqdim etildi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish ikki qismdan iborat bo‘ldi.

✅Dastlab talabalarning haftalik davomati, 2024/2025-о‘quv yili qishki semestrda sirtqi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha о‘quv jarayolarini tashkil etilishi, reyting indikatorlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ijro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi.

Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishning ikkinchi qismida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashev, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo’yicha rektor maslahatchisi Alisher Ishchanov, Institut prafilaktika inspektori Fayzulla Akbarov, fakultet dekanlari, o’rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan institutda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

❗️Ushbu masala yuzasidan fikr bildirar ekan institut rektori bugun talabalarga sifatli ta’lim berish qanchalik muhim bo‘lsa, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash ham shunchalik ahamiyatli ekanligini, ularni turli to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari, kitobxonlikka jalb etish lozimligini ta’kidladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.




Adiblar xiyoboni – ma’naviyat maskani

 

✅ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalarining Adiblar xiyoboniga tashriflari davom etmoqda.

❗️Bugun Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Rustam Arolov boshchiligida fakultet talaba-yoshlari ishtirokida xiyobonda ma’naviy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida shoir Doniyor Mirzo bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Doniyor Mirzo Muhammad Yusufning ijodi, nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki qo‘shiqchilik san’atida ham alohida bosqichga aylangani, bugun ham qanchadan qancha yoshlar uning she’rini kuyga solib san’at olamiga qadam qo‘yayotganini, o’zi ham bolaligida ushbu shoirning she’rlarini o’qib, yod olib adabiyotga qiziqish ortganini aytib o’tdi hamda barcha yoshlarni kitob o‘qishga, o‘zbek adabiyoti namoyondalari ijodiga ko‘p va xo‘p murojaat qilishga undadi. shuningdek, o’zining ijod namunlaridan o’qib berib yig’ilganlarni xushnud etdi.

O‘z navbatida talabalar ham Muhammad Yusufning she’rlarini yoddan o‘qib berdi.
✅Shundan so’ng institut Yoshlar yetakchisi Izzatullo Tursunpo’latov tomonidan Zakovat intellektual o’yini tashkil etilib, fakultet talabalari o’z bilimlarini sinab ko’rish imkoniga ega bo’ldi.
✅Shuningdek, tadbir sport musobaqalari bilan davom ettirildi. Unda talabalar guruhlarga bo’linib, arqon tortish, shaxmat-shashka kabi sport turlarida o’z mahoratlarini namoyish etishdi.




Rossiya Federatsiya Moskva shahrida joylashgan Butunrossiya Davlat kinematografiya universitetida «Vosxojdeniye» xalqaro talabalar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

 

✅Ayni paytda Rossiya Federatsiya Moskva shahrida joylashgan Butunrossiya Davlat kinematografiya universitetida «Vosxojdeniye» xalqaro talabalar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu festivalda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlarining ko‘plab oliy ta’lim muassasalari qatorida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi ham Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Yakubov boshchiligida ishtirok etishmoqda.

❗️Festival davomida institut delegatsiyasi BDKU rektori V.S.Malishev bilan uchrashuv, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti S.Bezrukovning mahorat darsida ishtirok etib rus kinosida bo‘layotgan bugungi jarayonlar, kino sohasida tahsil olayotgan talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida ko‘pgina qiziqarli ma’lumotga ega bo ‘lishdi.

Shuningdek, festivalga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilar qatori delegatsiya a’zolari ham BDKUning o‘quv-amaliy auditoriyalari, fakultetlari, mutaxassislik kafedralari, kutubxona, ilmiy-tadqiqot markazi, universitet tarixi aks etgan muzey bilan tanishishdi.

Ayni kunlarda festival doirasida ishtirokchi delegatsiyalarning mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar asosida “Кинообразование: совместные образовательные проекты государств-участников стран СНГ” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda talaba yoshlar ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Eng asosiysi festivalning har bir ish kunida barcha qatnashchi mamlakatlar talabalari tomonidan suratga olingan filmlarning namoyishi tashkil etilib, yoshlar o‘z tengdoshlarining ijod namunalari, izlanishlari bilan yaqindan tanishmoqda.

O‘zaro ijodiy muloqotlar, bahs va munozaralarga boy o‘tayotgan festival kinonamoyishlar, mahorat darslari bilan davom etmoqda.




TALABALARNING IJARA XONADONLARI O‘RGANILMOQDA

✅O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati xususan, fakultet dekanlari tyutorlar bilan birgalikda ijara xonadonlarida istiqomat qilib kelayotgan talaba-yoshlarning yashash manzillaridagi mavjud imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda muammo va kamchiliklar o‘rganishmoqda.

Talabalar istiqomat qilayotgan uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimlarining mavjudligi kabi dolzarb masalalari mas’ullar tomonidan tahlil etilmoqda.

Shuningdek, o‘rganish ishlari mobaynida talabalar uchun ijara shartnomalarining tuzilganlik holati hamda bu bo‘yicha xonadon egalari uchun yaratiladigan imkoniyatlar yuzasidan muloqotlar o‘tkazilmoqda.