Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash” mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi

🔴Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Xalqaro tabiiy ofatlarni kamaytirish kuni” munosabati bilan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash” mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

🔹 Davra suhbatida Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi katta inspektori Bobur Abdujabborov ishtirok etib mavzuga doir muhim masalalar yuzasidan ma’lumotlar berishdi.

🔺 O‘z o‘rnida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.




Bugun institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ana shunday iqtidor egasi Xalq ijodiyoti fakulteti Madaniyat va san’at sohasi menejmenti ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Zohidjon Jumanazarov bilan uchrashdi.

Hech sir emaski, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida nafaqat o‘z ijodiy potensiali bilan, shu bilan birga, intelektual salohiyati bilan ham yuqori natija ko‘rsatayotgan iqtidor egalari tahsil olishmoqda.

Bugun institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ana shunday iqtidor egasi Xalq ijodiyoti fakulteti Madaniyat va san’at sohasi menejmenti ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Zohidjon Jumanazarov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda institut rektori Zohidjon kabi iqtidorli talaba-yoshlar nafaqat institut, balki yurtimiz yoshlariga ham namuna bo‘lib kelayotganini, ushbu talabalardan bugungi kun yoshlarini qiziqtiradigan mavzulardagi loyihalar kutib qolishini hamda bu loyihalarni amaliyotga joriy etilishida qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini ta’kidladi.

O‘z o‘rnida talaba ham bunday e’tibordan mamnun ekanligini bildirib, kelgusida amalga oshirishni mo‘ljallagan loyihalari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, suhbat jarayonida bugun yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va bu imkoniyatlardan unumli foydalanib yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlar, institutda olib borilayotgan o‘quv va ijodiy jarayonlar haqida so‘z bordi.

Ma’lumot o‘rnida, Zohidjon Jumanazarov International cerification dasturining xalqaro IQ testida 40 soniya ichida 200 ball toʻplab, rekord natija qayd etgan. “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofotini “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida qo‘lga kiritgan.

U bugun o‘qish bilan birgalikda, bir qancha loyihalar ustida ish olib bormoqda.




🖐О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobalarining institut bosqichiga start berildi.

 

Bugun Stol tennisi hamda Yengil atletika sport turlari bo‘yicha fakultet g‘oliblari o‘zaro bellashdi.

Saralash o‘yinlarining yakuniy natijasiga ko‘ra:

Stol tennisi (o‘g‘il bolalar)

🥇 1-o’rin Bekmirzayev Asadbekga (Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi)
🥈 2-o’rin Abduvohidov Jobirxonga (Teatr san’ati fakulteti talabasi)
🥉 3-o’rin Holiqulov Shahbozga (Kino televideniye va radio san’ati fakulteti talabasi)

Stol tennisi (qizlar)

🥇 1-o’rin Rahimova Mohichexraga (Kutubxona va axborot faoliyati fakulteti talabasi)
🥈2-o’rinJo’raboyeva E’zozaga (Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi)
🥉 3-o’rin Abdurahimova Marjonaga (Teatr san’ati fakulteti talabasi)

Yengil atletika (o‘g‘il bolalar)

🥇 1-o’rin Xalq ijodiyoti fakulteti jamoasiga
🥈2-o’rin Kino televideniye va radio san’ati fakulteti jamoasiga
🥉3-o’rin Teatr san’ati fakulteti jamoasiga

Yengil atletika (qizlar)

🥇 1-o’rin Kutubxona va axborot faoliyati fakulteti jamoasiga
🥈2-o’rin Kino televideniye va radio san’ati fakulteti jamoasiga
🥉 3-o’rin Teatr san’ati fakulteti jamoasiga nasib etdi.

✅Musobaqalar davom etmoqda.




Milliy liboslar kuni aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyatni baxsh etadi.

O’zbek milliy liboslariga mehr uyg’otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o’zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ’ib qilish, o’zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham Milliy liboslar kuni aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun institut ayol xodimalari hamda talaba-qizlari institutga milliy liboslarda tashrif buyurdi.




«Sahna nutqi masalalari: muammo va yechimlar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

ugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «Sahna nutqi masalalari: muammo va yechimlar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Anjumanni kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev bugungi axborot asrida insonlarga ma’lumotni yetkazib berishda texnik imkoniyatlar bilan bir qatorda axborot yetkazuvchining nutqi va uning ta’sirchanligi ham muhim ahamiyatga ega ekanligini, shu bilan birga, sohada tadqiq qilinishi, o‘rganilishi lozim bo‘lgan jihatlar ham ko‘pligini, bugungi anjuman sohaning ayni paytdagi mavjud muammolariga yechim topishda hamda rivojiga hissa qo’shuvchi muhim tavsiyalarga boy bo‘lishiga umid bildirib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, oliy toifali suxandon Nasiba Ibragimova san’atkorning sahnadagi nutqi, intonatsiyasi, nutqining ravonligi kabi jihatlarni ilmiy tahlil qilish, televedeniye, teatr, kino va umuman madaniyat va san’at sohasi rivoji uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi hamda o’zbek suxandonligi tarixi, bugungi kundagi tendensiyalari va ertangi rivojiga doir fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.

Konferensiyaning yalpi majlisida “Respublika teatrlarida sahna nutqining dolzarb muammolari”, “Sahna nutqi tarixini tizimli o‘rganishning dolzarbligi”, “Kөrkem өner mektebin jaratqan aktyor”, “Talaffuz ifoda tizimlarini takomillashtirishda tovushli birikmalar” va boshqa ko‘plab e’tiborli ma’ruzalar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Shundan so‘ng ilmiy anjuman “Sahna nutqi tarixini tizimli o‘rganishning dolzarbligi”, “Aktyorlik mahorati va sahna nutqi fanlarining o‘zaro uyg‘unligi: nazariy va amaliy masalalari, muammolari, yechimlari”, “Teatr, kino, televideniye va radioda sahna nutqi: yutuqlar, dolzarb muammolar va yechimlar”, “San’at va madaniyat sohasida malakali kadrlar tayyorlashda sahna nutqi metodikasidagi yangi izlanishlar, muammolar va yechimlar” nomli sho‘balarda davom ettirildi.




“Allegoriya” deb nomlangan spektaklining namoyishi bo’lib o’tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev O‘quv teatrida «Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati» kafedrasi mudiri, professor Temur Rashidov tomonidan «Estrada aktyorligi san’ati» ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabalari bilan birgalikda sahnalashtirilgan “Allegoriya” deb nomlangan spektaklining namoyishida ishtirok etdi.

Buyuk mutafakkir alloma Jaloliddin Rumiyning hikmatlari asosida sahnalashtirilgan mazkur spektakl umumbashariy qadriyatlar – tinchlik, ezgulik, go’zallik, insoniylik, or-nomus, odob-axloq, olijanoblik kabi mavzularni qamrab olgan bo‘lib, 16 ta sahnadan iborat.

Har bir sahna mutafakkirning bir hikmati asosiga qurilgan bo‘lib, ushbu hikmatning mazmun-mohiyati haqida tushuncha beradi.

Spektakl soha mutaxassislari tomonidan iliq kutib olinib, professional rejissura, zamonaviy uslubdagi aktyorlik ijrosi, sahna madaniyati, ssenografiya, musiqa va yoritish bezagi alohida e’tirof etildi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

 

Yig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tayanch doktorantlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi Butunrossiya Davlat kinematografiya universitetida o‘tkazilgan «Восхождение» II xalqaro talabalar kinofestivalida institut nomidan ishtirok etgan Ovoz rejissorligi va opreatorlik mahorati kafedrasi dotsenti Diloram Mirsaidova, Kinoteleopratorlik ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Mansurbek Umurzakov hamda San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash ta’lim yо‘nalishi 2-bosqich talabasi Diyorbek Erkinbayevlarni tashakkurnoma bilan taqdirladi.

Xabaringiz bor joriy yilning sentabr oyida Farg‘ona viloyatida “Xush kayfiyat” kо‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tanlovning Qiziqchilik yо‘nalishida Teatr san’ati fakulteti Musiqali teatr aktyorligi ta’lim yо‘nalishi sirtqi ta’lim 5-bosqich talabasi Bahodir Fozilov 2-о‘rinni egallagan edi.

Ushbu iqtidorli talabaning ham yutuqlari e’tirof etilib, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

❗️Shundan so‘ng yig‘ilishda institutda ilmiy sohada olib borilayotgan ishlar, tayanch doktorantlarning ilmiy tadqiqotlari tanqidiy va tahliliy ko‘rib chiqildi hamda ilmiy sohani rivojlantirish bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilab olindi.

Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda Nodirbek Sayfullayev har qanday sohaning taraqqiyoti uning ilmiy-nazariy asosining mustahkamligi bilan ham chambarchas bog‘liq ekanligini, institutda asosiy e’tibor ijodiy yо‘nalishlarga qaratilgan bо‘lsa-da, pedagog kadrlar о‘z sohalari bo‘yicha ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borishlari zarurligini aytib o‘tdi hamda ilmiy sohani rivojlantirish yuzasidan har qanday taklif va g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga va birgalikda rivojlantirishga tayyor ekanligini yana bir bor ma’lum qildi.




Geochang teatr maktabi talabalari va professor-o‘qituvchilarining tajriba almashinuvi davom ettirildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Geochang teatr maktabi talabalari va professor-o‘qituvchilarining tajriba almashinuvi davom ettirildi.

✅Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Sahna harakati va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti Nazriddin Shermatov “Andijon polkasi” raqsi harakatlari asosida “O‘zbek raqs maktablari” mavzusida mashg‘ulot olib bordi.

✅Shuningdek, Vokal kafedrasi mudiri, dotsent Saodat Muzaffarova tomonidan esa “Dasturiy asarda musiqiy va adabiy matnlar ustida ishlash” mavzusida mahorat darsi olib borildi. Ushbu mashg‘ulot uchun Farrux Zokirovning “Toshkentim-onam” qo‘shig‘i tanlandi.