O‘zbеkiston davlat san’at va madaniyat institutida “Markaziy Osiyo filmlarida an’analar va yangilikka intilish tendensiyalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Anjumanni ochib berar ekan, Kinematografiya agentligi direktori, professor Shuhratilla Rizayev bugun bildiralajak fikrlar, ilmiy ma’ruzalar avvalo, xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlanishi uchun xizmat qilishi, shuningdek, jahon va o‘zbek kinosining bugungi kuni, kuzatilayotgan yangiliklar va ertangi taraqqiyoti haqida muhim ma’lumotlarga boy bo‘lishiga umid bildirib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan O‘zbеkiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Yakubov ushbu konferensiyada Fransiya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Ozorbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi hamda yurtimizning 70 ga yaqin san’atshunos olimlari va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etishining o‘ziyoq ilmiy anjumanning xalqaro ahamiyati yuqori ekanligini, bugun bildirilajak fikr-mulohazalar, takliflar, albatta, kelgusida Markaziy Osiyo davlatlarida kino sohasining rivojiga hissa qo’shishiga umid bildirdi hamda konferensiyadagi ma’ruzalar to‘plam sifatida nashr etilganini ma’lum qildi.

Konferensiyaning yalpi majlisida “Kinoavangarddan kinoklassika (mumtoz kino) sari bosib о‘tilgan yо‘l”, “Новая ступень формирования и развития киноиндустрии в азербайджане”, “Kinoshunoslik fan sifatida”, “Современный кинематограф казахстана (2021-2024): тенденции и достижения”, “Teleseriallarning g‘oyaviy ifodasidagi izlanishlar”, “Поэтика кыргызского мироустройства в фильмах Клары Юсупжановой” kabi ko‘plab e’tiborli ma’ruzalar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Shundan so‘ng konferensiya “Zamonaviy badiiy kino san’atining yetakchi tamoyillari”, “Hujjatli kino va televideniye audiovizual san’at turi sifatida”, “Kino-televideniye san’ati badiiy ta’limining shakllanishi va vorisiylik masalalari” kabi sho‘balarga bo ‘lingan holda davom ettirildi.

Konferensiya so‘ngida barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.




Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Barcha sohalar rivoji uchun xalqaro hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish va kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, san’at milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanadi.

Joriy yilning 14-sentyabr O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori rahbarligida yangi o’quv yilini samarali tashkil etish, institut rivoji uchun istiqboldagi rejalarni belgilab olish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishda ham ko‘plab masalalar qatorida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan ham bir qancha vazifalar belgilangan edi.

Bugun institutga ikkita xalqaro mehmon tashrif buyurdi.

Dastlab Sungkyul universiteti (Janubiy Koreya) professori Jin Hwan Ra tashrif buyurdi hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Yakubov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashrif mobaynida ko‘plab masalalar qatorida 2025-yil iyul oyida tashkil qilinishi rejalalashtirilayotgan teatr festivali, unga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, bugun institutga yana bir nufuzli mehmon Turk dunyosi jurnalistlar federatsiyasi bosh direktori Menderes Demir tashrif buyurdi.

Ushbu uchrashuvda bir qancha hamkorlik aloqalari o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, Menderes Demir joriy yilning 5-9-noyabr kunlari IX Turk dunyosi Hujjatli kino festivalini O‘zbekistonda o‘tkazilishi munosabati bilan tadbirni 1 kunini O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tashkil qilish niyatini bildirdi.




_Teatr_Ural “Твое время” VIII xalqaro talabalar teatr laboratoriyasida talabalarimiz ishtirok etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 8-14-sentyabr kunlarida Rossiya Federatsiyasining Verxnyaya Pishma shahrida Yekaterinburg davlat teatr san’ati instituti tashabbusi bilan _Teatr_Ural “Твое время” VIII xalqaro talabalar teatr laboratoriyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur laboratoriyada O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti nomidan “Teatr san’ati” fakulteti “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi professori Jahongir Mamatqosimov hamda mazkur fakultetning Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari Shavkat Bazarbayev va Ruslan Rustamov ishtirok etmoqda.

Institut jamoasi Yekaterinburg davlat teatr san’ati instituti “Dramaturgiya” yo‘nalishi talabasi Shusharin Artyom tomonidan yozilgan «Doʻstona tashrif» pyesasi asosida spektal eskizi tayyoshlashdi.

Bugun 14-sentyabr laboratoriya oʻz ishini yakunladi. Ijodiy jamoa a’zolari tashkiliy qoʻmita tomonidan laureatlik diplomi bilan taqdirlandi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori rahbarligida yangi o’quv yilini samarali tashkil etish, institut rivoji uchun istiqboldagi rejalarni belgilab olish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

ig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilish avvalida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev so‘zga chiqib, dastlab so‘ngi uch oydan oshiqroq vaqt davomida institutda erishilgan yutuqlarga to‘xtaldi.
“Talaba-yoshlar ijodiyoti» ko‘rik-festivalini qayta tiklangani, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning adolatli shaffof tarzda tashkil etilgani, “Turizm va mehmondo‘stlik”, “Inson resurslarini boshqarish” va “San’at jurnalistikasi” kabi 3 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochilgani va boshqa ko‘plab omillar keltirib, o‘tildi.
O‘tgan yillar davomida kafedralar faoliyatini tashkil etishda nizom talablariga yetarlicha e’tibor berilmagani, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishdagi xatoliklar, fakultet dekanlari tomonidan talabalar harakatini nazorat qilish ishlari ham o‘z vaqtida bajarilmagani, o‘quv rejalardagi ayrim fanlar hattoki, kattaroq bo‘lgan bir mavzu negizida olingani, yakka mashg‘ulotlar bo‘yicha auditoriyalar fondini inobatga olmasdan professor-o‘qituvchilarga o‘quv-yuklama soatlari loyihasini shakllantirilishi, xalqaro hamkorlik shartnomalari imzolangan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining aksariyati bilan ish olib borilmagani, oxirgi 3 yilda fundamental va amaliy grantlar qo‘lga kiritilmagani, fakultet va kafedralarda 2023/2024 o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida tadbirlar talab darajasida o‘tkazilmagani, institut hududidagi basseynni ta’mirlash may oyida to‘xtab qolgani va o‘quv binosidagi issiqlik tizimini yangilash ishlari yakuniga yetkazilmagani kabi o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va xo‘jalik sohalarida bir qancha kamchiliklar sanab o‘tildi va ularni bartaraf etish har bir xodimning oldidagi birinchi vazifa ekanligini ta’kidladi.
“Bizning ham maqsadimiz kimnidir kamchiligini yuziga aytib, uni aybdor qilish emas, balki muammolardan chiqish uchun birgalikda tо‘g‘ri yо‘l topishdir” deya xulosa qildi, Nodirbek Sayfullayev

Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga ham to‘xtalib, “Ijodiy parvoz” media markazi, maxsus ovoz yozish hamda animatsion multfilmlar yaratish uchun maxsus o‘quv laboratoriyasi tashkil etish, aynan san’at va madaniyat sohasi talablari asosida IT yo‘nalishidagi kadrlar tayyorlash, har ikki yilda bir marotaba talabalar o‘rtasida Xalqaro teatr, musiqa, raqs va folklor san’ati tanlovlarini o‘tkazish, professor-о‘qituvchilarning xorijda malaka oshirishlarini ta’minlash, binar, ya’ni ikkitalik himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyalarini tashkil etilishi, qabul jarayonlariga har bir yо‘nalish bо‘yicha komissiya raisligiga xorijdan malakali mutaxassislar jalb etilishi, Olmalik kon-metallurgiya kombinati xomiyligida diplom spektakli yaratilishi va ushbu spektakl ijodkorlarini yutimiz bо‘ylab gastrol safarlarini tashkil etilishi va boshqa bir qancha rejalarni sanab o‘tildi.

Shuningdek, Nodirbek Sayfullayev soha rivoji uchun har qanday taklif va fikrlarni tinglashga va ularni institut imkoniyati va vakolati doirasida amaliyotga tadbiq etishga tayyorligini bildirdi.

Institut rahbariyatidagi lavozim o‘zgarishlarini ham yana bir bor eslatib o‘tar ekan, rektor barcha lavozim tayinlovlari adolatli va shaffof, hech qanday tanish-bilishchiliklarsiz va kadrlarning salohiyatidan kelib chiqib amalga oshirilganini ta’kidllab o‘tdi.

Institut rektori nutqi yakunida Hazrat Navoiyning:
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur
Bilki, bu naf’ о‘zungga kо‘prakdurur.
misralarini iqtibos keltirib “institutimizga, sohamizga qanchalik jon kuydirsak nafi nafaqat madaniyat va san’at sohasiga, avvalo о‘zimizga yetadi” deya barchani faolikka chorladi.

Shundan so’ng ushbu yig‘ilish ochiq muloqot va shaffof tarzda davom etdi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Milliy qo‘shiqchilik kafedrasi professori Xayrulla Lutfullayev, ushbu kafedra professori, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov, mazkur kafedra dotsenti Xurriyat Isroilova, Cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori O‘rozali Toshmatov, Qo‘g‘irchoq teatri san’ati kafedrasi professori Maryam Ashurova, san’atshunoslik fanlari nomzodi Go‘zal Xoliqulova, San’atshunoslik va madaniyatshunoslik kafedrasi dotsenti Ashurali Jо‘rayev, ushbu kafedraning yana bir dotsenti Davlat Mullajonov, Madaniyat va san’at menejmenti kafedrasi professori Viktor Alemasov, Sahna nutqi kafedrasi dotsenti Ramz Qodirov va boshqa professor-o‘qituvchilar fikr bildirar ekan, ushbu muloqotdan ko‘ngli to‘lgani va bu davomli bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, institutda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, kelgusida bugun aytilgan yuksak marralarni zabt etish, Yangi O‘zbekiston san’ati va madaniyatini yanada yuksaltirish, soha yanada rivojlantirish uchun rahbariyat bilan birga xizmat qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilib, bu boradagi fikr-mulohazalarini bayon qilishdi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan ko‘tarilgan savollarga institut rektori va prorektorlar tomonidan batafsil javob berildi. Ko‘plab muammolarning yechimi aytildi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur yig‘ilishda mavjud muammolar va ularning yechimi aniq belgilab olindi. Kelgusida Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilayotgan ishonchga munosib bo‘lish, yurtimiz san’atini dunyoga tanitadigan yetuk kadrlar tayyorlash, institutni yanada rivojlantirish uchun qilinadigan ishlar aniq belgilab olindi.




Rasmiy munosabat

“Hurriyat gazetasining 2024-yil 18-sentabr chorshanba kuni nashrdan chiqqan 37 (1412)-sonida Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimi Alisher Shukurovning «Nahotki “madaniyat”da madaniyatshunoslik о‘qitilmasa?» sarlavhali maqolasi e’lon qilingan edi.

Ma’lumki, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2024-2025-о‘quv yilida Bakalavriat ta’lim yо‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bо‘yicha о‘quv rejalar hamda fan dasturlari 2024-yil 30 avgust 1-sonli institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Jumladan “Madaniyatshunoslik” fani barcha 4-kurs kunduzgi ta’lim yо‘nalishlarida aks ettirilgan. bundan tashqari institutda «San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasi faoliyat olib bormoqda.70211802-Madaniyatshunoslik bо‘yicha magistratura mutaxassisigi mavjud bо‘lib bakalvriat bosqichida esa 60211800- “Madaniyatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi Institutning Nukus filialida mavjud.