Navbatdagi dissertatsiya himoyasi o’tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning navbatdagi majlisida Ramz Qodirovning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (san’atshunoslik fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Jahongir Mamatqosimov ilmiy rahbarligida bajarilgan mazkur dissertatsiya ishi kengash a’zolari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

Majlis yakunida kengash qaroriga ko ‘ra Ramz Qodirovning “Talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi mufaqqiyatli himoya qilindi deb topildi.




“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari bugun Xalq ijodiyoti fakultetida davom ettirildi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, iqtidorli sportchilarni saralash hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga qaratrilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari bugun Xalq ijodiyoti fakultetida davom ettirildi.

Musobaqalarni ochib berar ekan, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashev mazkur musobaqaning bosh maqsadi avvalo, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ekanligini, g’alaba esa qo‘shimcha rag‘abat ekanligini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.

⚡️Fakultetning sportsevar talabalari sportning futbol, yengil atletika, stol tennisi, voleybol va basketbol turlari bо‘yicha o‘zaro bellashdi. G‘oliblari institut bosqichida fakultet sharafini himoya qilishadi.




O‘zbеkiston davlat san’at va madaniyat institutida “Yangi O‘zbekiston – yangi davr qo‘g‘irchoq teatrlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

❗️Konferensiyada institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar bilan bir qatorda, institutning Farg‘ona mintaqaviy filiali hamda Nukus filiali professor-o‘qituvchilari, shuningdek, yurtimizning deyarli barcha Qo‘g’irchoq teatrlari direktor va bosh rejissorlari ishtirok etib, soha tarixi, bugungi kundagi faoliyati va rivojlanish tendensiyalariga oid fikr-mulohazalarini bildirishdi.

✅Anjumanni kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Yakubov bugun tobora globallashayotgan hamda mafkuraviy hurujlar ko‘paygan bir davrda bolalar ongi va ruhiyatini turli yot g‘oyalardan asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun qo‘g‘irchoq teatrlarining roli juda ham yuksak ekanligini, shu ma’noda, bugungi konferensiya mamlakatimizdagi qo‘g‘irchoq teatrlarining yutuq va kamchiliklarini o‘rganish, yutuqlarini keng targ‘ib etish, muammolarning yechimini izlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

🔽Konferensiyaning yalpi majlisida “O‘zbek qo‘g‘irchoq teatrida an’ana va zamonaviy taraqqiyot masalalari”, “Yangi davr qo‘g‘irchoq teatri rejissyorlarining ijtimoiy, ma’naviy va estetik normalarining shakillanish omillari va ularning yechimi”, “Yangi O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq teatr san’atiga yangicha yondashuv”, “Qo‘g‘irchoq teatrida tarixiy shaxslarning obrazi”, “Проблема невыразительных голосов актёров в профессиональных театрах кукол”, “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi masalalari”, “Qo‘g‘irchoq teatr san’atida musiqa” kabi ko‘plab dolzarb mavzular qamrab olingan ma’ruzalar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Konferensiya to‘plamida 50 dan ortiq maqolalar jamlangan bo‘lib, ularda mualliflar umuman zamonaviy qo‘g‘irchoq teatri qanday bo‘lishi kerak? Bugun qanday mavzulardagi spektakllarga ehtiyoj bor? Va boshqa ko‘plab dolzarb va muhim savolarga javob berishga intilgan.
Konferensiya yakunida barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.




Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kutubxona-axborot faoliyati fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti talabalari sportning futbol, yengil atletika, stol tennisi, voleybol turlari bо‘yicha o‘zaro bellashdi. G‘oliblari institut bosqichida fakultet sharafini himoya qilishadi.




Giyohvanlikka qarshi kurash davr talabi

❗️Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni giyohvandlik, psixotrop moddalarga ruju qo‘yishlarini oldini olish har qachongidan ham dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Zeroki, so‘nggi yillarda yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar paydo bo‘layotganligi, ular inson omilisiz internetning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalangan holda aholi, ayniqsa yoshlar orasida oson tarqatilayotganligi holatlari kuzatilmoqda.

⏳Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Teatr san’ati fakulteti talabalari uchun ayni shu dolzarb muammo yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Yoshlar bilan ishlash bo‘linmasi katta inspektori, kapitan Faxriddin Sayitov, Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul Dilorom Mirxalikova hamda Institut prafilaktika katta inspektori Fayzulla Akbarovlar ishtirok etgan davra suhbati avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Shohbek Ergashev bugun yoshlar nafaqat giyohvand va psixotrop moddalarni iste’mol qilmasligi, balki bu illatning yon atrofimizda paydo bo‘lmasligi uchun mas’ul bo‘lishlari lozimligini, loqaydlik ham bu illatning kengashjiga zamin yaratishi mumkinligini qayd etib, talabalarni ogohlikka chorladi.

Shundan Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bugun mamalakatimizda giyohvandlikni oldini olish, ayniqsa, yosh avlodni bu kabi illatlar ta’siridan asrash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o’tildi.

✅Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.




О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kutubxona-axborot faoliyati fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultet bosqichi start oldi.

✅ Bugungi kunda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, iqtidorli sportchilarni saralash hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

❗️О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kutubxona-axborot faoliyati fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultet bosqichi start oldi.

Musobaqalarni ochib berar ekan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo ‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashev mazkur musobaqaning bosh maqsadi avvalo, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ekanligini, g’alaba esa qo‘shimcha rag‘abat ekanligini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.

❗️Musobaqada talabalar sportning yengil atletika, stol tennisi, stritbol, voleybol turlari bо‘yicha o‘zaro bellashdi. Bosqich g‘oliblar institut bosqichida fakultet sharafini himoya qilishadi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida institutning Nukus fililali direktori, direktor o‘rinbosaralari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirokida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yig‘ilishda ZOOM platformasi orqali ishtirok etgan institut rektori dastlab jamoani yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etib, ushbu o’quv yilida yuksak marralarni zabt etishlarini tiladi.

Shuningdek, filialda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, madaniy va sport tadbirlari, o‘tkazilgan turli musobaqalar va tanlovlarda erishilgan natijalar, o‘quv auditoriyalari va boshqa binolarning 2024/2025-о‘quv yiliga tayyorgarlik holati, talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalalari kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishning tashkiliy qismida rektor O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Yusupov Quanishbay Baltabayevichni filial jamoasiga tanishtirdi.

Quanishbay Yusupov 1977-yil Qoqaqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida tavallud topgan. 1999-yil Nukus davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi musiqa va dunyo madaniyati tarixi о‘qituvchisi. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Tayinlovga qadar filialning “Madaniyat faoliyati” kafedrasida faoliyat yuritgan.

Yig‘ilish yakunida Nodirbek Sayfullayev Quanishbay Yusupovga yangi lavozimida omadlar tilab, filialning ilmiy salohiyati oshirish bo’yicha tavsiyalar ham berib o’tdi.




✅О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev «Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati» kafedrasi mudiri, professor Temur Rashidov tomonidan «Estrada aktyorligi san’ati» ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabalari bilan birgalikda Rey Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklning navbatdagi namoyishida ishtirok etdi.

 

🎭 Qayd etish о‘rinliki, mashhur fantast yozuvchi Rey Bredberining kitobxonlikka muhabbat va bilim muqaddasligi timsoliga aylangan “Farengeytning 451 darajasi” romani dunyodagi eng kо‘p nashr etilgan kitoblardan biri bо‘lib qolmoqda. Unda sayyoramiz aholisi uchun mushtarak bо‘lgan muammolar – ommaviy madaniyat, jaholat va ma’naviyatsizlik qoralanadi.

🎭 Zamonaviy jahon teatrining eng yaxshi an’analarida sahnalashtirilgan yuksak saviyali spektakl mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, olqishlarga sazovor bо‘ldi.

Institut rektori bugun yurtimizda san’at va madaniyatga qaratilayotgan e’tibor dunyo miqyosida katta qiziqishga sabab bo‘layotgani, bu e’tibor va g‘amxo‘rlikni xorijiy hamkorlar ham uchrashuvlarda alohida e’tirof etayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, bugungi spektaklning xalqaro miqyosdagi yutuqlarining ham sababi ayni shu ekanligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, spektaklni yuqori baholadi hamda ijodiy jamoani muvafaqqiyatli ijro bilan tabriklab, kelgusida bu kabi spektakllarni ko‘paytirish va nafaqat institut miqyosida, balki respublika va xalqaro maydonda namoyish etilishi uchun zarur sharoit yaratishga va doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Qayd etish kerakki, ushbu spektakl Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida bо‘lib о‘tgan “Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Xalqaro teatr san’ati festivali”da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.