Kadirov Ramz Turabovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi

“Talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish texnologiyalari” mavzusida

    Kadirov Ramz Turabovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (san’atshunoslik fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2024 yil 28 sentyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

    Manzil: 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127 “A”-uy, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi, 2-qavat, majlislar zali. 

Tel: (+99871) 230-28-02; 

faks: (+99871) 230-28-15




2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga tayanch doktorantura

    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga tayanch doktorantura (PhD)ga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:

05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik (2 o‘rin)
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (2 o‘rin);
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (2 o‘rin);
17.00.01 – Teatr san’ati (3 o‘rin);
17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye (2 o‘rin);
17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (2 o‘rin).

➡️Tayanch doktorantura (PhD)ga o‘qishga talabgorlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– B1 darajadagi xorijiy til sertifikati;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati;
– ilmiy jurnalarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda ikkita tezis;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadi.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik fanidan kirish imtihoni topshiradi.

Hujjatlar https://daraja.ilmiy.uz orqali joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari joriy yil 1 – 25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi 127- “a” uy.
Murojaat uchun telefonlar: ( 71) 230-28-03, (90) 009-22-82




Davra suhbati

✅ Bugun Kutubxona-axborot faoliyati fakultetida “1-kurs maktabi” tadbirlari doirasida Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir avvalida fakultet dekani Boxodir Usmonov barcha 1-bosqich talabalarini talabalik baxtiga muyassar bo ‘lganlari bilan muborakbod etdi hamda endigi asosiy vazifa faqatgina o‘qish va o‘rganish, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lish ekanligini ta’kidlab, ularga omad tiladi.

1-bosqich talabalari hamda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan uchrashuvda Umida Teshabayeva “Kutubxona foaliyati qanday tashkil etiladi?” – degan savolni o‘rtaga qo’yib, mavzu yuzasidan o‘z fikrlar-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

”Kutubxona xodimi qanday bo‘lishi va nimalarni bilishi kerak?” mavzusidagi fikrlari ham endigina soha sir-asrorlarini o‘rganayotgan talabalar uchun qiziqarli bo‘ldi.

Bugun Milliy kutubxonaning vazifalari ancha kengaygan. U mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz vazifasini ham o‘tamoqda. Kutubxona huzurida tashkil etilgan Respublika uslubiy kengashi kutubxonalar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, alohida kutubxonalar uchun namunali nizomlar, uslubiy-bibliografik qo‘llanmalar va boshqa maqsadli hujjatlarni yanada keng joriy etish hisobidan takomillashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi axborot-kutubxona faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 1-bosqich talabalar bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

Bugun Kino, televideniye va radio san’ati fakultetida fakultet dekani Anvar Qurbonov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i  Doniyor Tuyg‘unov hamda O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sardor Shakarovlar talabalar bilan uchrashdi.

Tadbirda fakultet dekani va dekan o‘rinbosari 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalarini institut rahbariyati, kafedra mudirlari, tyutorlar bilan tanishtirar ekan, institutning “Odob-axloq qoidalari”, “Ichki tartib-qoidalar”, darslarda ishtirok etish va baholash tartibi haqida ma’lumotlar berdi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i esa Prezident stipendiyasi hamda Navoiy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalariga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish, buning uchun a’lo baholarga o‘qish, ilmiy va ijodiy ishlar qilish, faol bo‘lish kerakligi aytib o‘tildi. Undan tashqari, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni institut talabalari uchun ta’sis etilganligi va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining maqsadi va vazifalari, bo‘lim tomonidan rejalashtirilgan ishlar borasida batafsil ma’lumotlar berildi.




TANISHUV DARSLARI

 

Oliy ta’lim muassasasiga ilk qadamini qо‘yayotgan yoshlar uchun institutning о‘ziga xos tomonlarini о‘zlashtirish, ustoz-shogird an’analarini teranroq anglab olish biroz vaqt talab etadi. Shuni inobatga olgan holda Xalq ijodiyoti fakultetida bilan 1-bosqich talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.

⚡️Uchrashuv avvalida fakultet dekani Elyor Sodiqov talabalarni institut hamda fakultet rahbariyati, kafedra mudirlari va tyutorlar bilan batafsil tanishtirib, ularning funksional vazifalari, shuningdek, ularga murojaat qilish tartibi bilan batafsil tanishtirib о‘tdi.

Shundan sо‘ng institut tarixi, bugungi salohiyati hamda «talabalarga ta’lim berayotgan taniqli ustozlar haqida, shuningdek, odob-axloq va ichki tartib-qoidalar, tо‘lov-shartnoma miqdori, tо‘lash tartibi, stipendiyalar, shuningdek, kredit modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish va “HEMIS” axborot tizimi tо‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil  javob qaytarildi.




ILMIY SEMINAR

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy seminar yig‘ilishi о‘tkazildi.

Kengashda dastlab Gavhar Nazarovaning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston zamonaviy hujjatli kinosining rivojlanish tendensiyalari evolyutsiyasi” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ushbu dissertatsiya san’atshunoslik fanlari doktori, professor Muhabbat Tulyaxodjayeva ilmiy rahbarligida yozildi.

Seminarda ta’kidlanganidek, “Tadqiqot o‘zbek kinoshunoslik fanida ilmiy-nazariy ma’lumotlar ko‘lamini kengaytiradi, filmlar tahlili, kinohujjatchilar izlanishlari, hujjatli kino tarixi va nazariyasi fanlarini o‘qitishni takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur tadqiqotdan kelajakda hujjatli kino tarixi va nazariyasini o‘rganayotgan soha mutaxassislari, kino ijodkorlar va talaba-yoshlar muhim manba sifatida foydalanishi mumkin”.

Shundan so‘ng seminarda Otajon Dostonovning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy o‘zbek badiiy kinosida operatorlik san’atining yangi tamoyilari (2000-2020-yillar)” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ushbu dissertatsiya san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oltinoy Tojiboyeva ilmiy rahbarligida yozildi.

Seminarda ushbu dissertatsiya haqida fikr bildirilar ekan, “Tadqiqot –yaratilgan filmlar tahlili, sahnalashtiruvchi operatorlar izlanishlari, kino san’ati tarixi, kinooperatorlik mahorati, operatorlik ishi nazariyasi va fotokompozitsiya fanlarini o‘qitishni takomillashtirishga xizmat qilishi, shuningdek, undan O‘zbekiston badiiy filmlari bo‘yicha olib boriladigan istiqboldagi tadqiqotlarda, darslik, o‘quv qo‘llanma va turli uslubiy ko‘rsatmalar yaratishda foydalanish mumkinligi ta’kidlandi.

Tadqiqotchilar seminar yakunida xulosalarini bayon qilar ekan, bugun bildirilgan fikr-mulohazalarni albatta, inobatga olishlarini hamda ular asosida ilmiy ishga yakuniy tо‘ldirishlarni kiritgan holda tez orada himoyaga chiqishlarini ma’lum qildi.

Seminar yakuniga ko‘ra har ikkala tadqiqotchining dissertatsiyalari himoyaga tavsiya etildi.




1-bosqich talabalari institut bilan tanishtririldi

Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi tasarrufidagi “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi”, “Kino san’ati tanqidi va tahlili”, “Teatrshunoslik”, “San’at jurnalistikasi” ta’lim yо‘nalishlari 1-kurs talabalari uchun tanishuv darslari o‘tkazildi.

Fakultet dekani Anvar Qurbonov va “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi mudiri Faxriddin Abduvohidov barcha yoshlarni avvalo, talaba bо‘lganliklari bilan tabriklab, bu institutda o‘zbek san’atining eng taniqli namoyondalari tahsil olganliklari, ayni paytda ularning ko‘pchiligi ustoz sifatida yoshlarga san’at sir-asrorlaridan ta’lim berib kelayotgani, kelajakda bu yoshlar ham ularga munosib izdosh bo‘lish uchun ustozlar bergan ta’limni mukammal o‘zlashtirish barobarida, o‘zlari ham tinimsiz izlanishlari lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.

Sо‘ngra kurs murabbiylari talaba-yoshlarni fakultet va institut tarkibiy tuzilmasi, ta’lim yо‘nalishlari, kafedralar tarkibi, shuningdek, institutning о‘quv-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bilan tanishtirdi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari jadallik bilan davom etmoqda

➡️ Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev institutda talabalarni turar joy bilan ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda Mustaqilligimizning 33 yilligi va joriy o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqich talabalarini qutlash maqsadida “Biz bir-bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga tayyorgarlik jarayonini yana bir bor ko‘zdan kechirdi.

➡️ Rektor avvalo, talabalarni turar jory bilan ta’minlash markazlari (infokiosk) faoliyati bilan tanishdi. Jarayonda farzandini Talabalar turar joyiga joylashtirish uchun kelgan ota-onalar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida ota-onalar institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning adolatli va shaffof tashkil etilganini alohida ta’kidlab, buning uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi. Shuningdek, farzandlarini turar joy bilan ta’minlash ishlari va talabalar turar joylaridagi sharoitlar ham ularga ma’qul kelganini aytib o‘tishdi.

➡️ Shundan so‘ng talabalar turar joylariga tashrish buyurib talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda talabalar bilan suhbat qurdi. Suhbat asnosida institut rektori bugun yurtimizda yoshlarga о‘z iste’dodlarini namoyon qilishlari hamda о‘z kasbining yetuk mutaxassisi bо‘lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilganini, shu barobarda, institut xodimlari ham talabalar uchun barcha sharoitlarni yaratib berish uchun tinimsiz izlanishda ekanligini aytib o‘tdi.

➡️ Shuningdek, yangi oʻquv yilida talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini adolatli va shaffof tarzda olib borish, belgilangan reglamentga qat’iy amal qilish, birorta talaba eʼtiborsiz qolmasligi, buning uchun bor imkoniyatni ishga solish kerakligi qayd etilib, barcha mas’ullarga ushbu masalani hal qilishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda talaba-yoshlarning ta’lim olish bilan birga o’z ustida ishlashi va dam olishi uchun yetarli sharoitlarni yaratish bo‘yicha zarur koʻrsatmalar berildi.

➡️ Ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bayram tadbiri borasida fikr bildirar ekan Nodirbek Sayfullayev avvalo, ushbu bayram tadbirini talabalarning qiziqishlaridan kelib chiqib tashkil etish, birinchi bosqich talabalariga xush kayfiyat ulashish hamda talabalik baxtidan faxrlanish tuyg‘usini singdirish birinchi darajali vazifa ekanligini ta’kidladi.