O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 1-bosqich talabalar bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

Bugun Kino, televideniye va radio san’ati fakultetida fakultet dekani Anvar Qurbonov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i  Doniyor Tuyg‘unov hamda O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sardor Shakarovlar talabalar bilan uchrashdi.

Tadbirda fakultet dekani va dekan o‘rinbosari 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalarini institut rahbariyati, kafedra mudirlari, tyutorlar bilan tanishtirar ekan, institutning “Odob-axloq qoidalari”, “Ichki tartib-qoidalar”, darslarda ishtirok etish va baholash tartibi haqida ma’lumotlar berdi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i esa Prezident stipendiyasi hamda Navoiy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalariga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish, buning uchun a’lo baholarga o‘qish, ilmiy va ijodiy ishlar qilish, faol bo‘lish kerakligi aytib o‘tildi. Undan tashqari, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni institut talabalari uchun ta’sis etilganligi va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining maqsadi va vazifalari, bo‘lim tomonidan rejalashtirilgan ishlar borasida batafsil ma’lumotlar berildi.




TANISHUV DARSLARI

 

Oliy ta’lim muassasasiga ilk qadamini qо‘yayotgan yoshlar uchun institutning о‘ziga xos tomonlarini о‘zlashtirish, ustoz-shogird an’analarini teranroq anglab olish biroz vaqt talab etadi. Shuni inobatga olgan holda Xalq ijodiyoti fakultetida bilan 1-bosqich talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.

⚡️Uchrashuv avvalida fakultet dekani Elyor Sodiqov talabalarni institut hamda fakultet rahbariyati, kafedra mudirlari va tyutorlar bilan batafsil tanishtirib, ularning funksional vazifalari, shuningdek, ularga murojaat qilish tartibi bilan batafsil tanishtirib о‘tdi.

Shundan sо‘ng institut tarixi, bugungi salohiyati hamda «talabalarga ta’lim berayotgan taniqli ustozlar haqida, shuningdek, odob-axloq va ichki tartib-qoidalar, tо‘lov-shartnoma miqdori, tо‘lash tartibi, stipendiyalar, shuningdek, kredit modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish va “HEMIS” axborot tizimi tо‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil  javob qaytarildi.




ILMIY SEMINAR

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy seminar yig‘ilishi о‘tkazildi.

Kengashda dastlab Gavhar Nazarovaning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston zamonaviy hujjatli kinosining rivojlanish tendensiyalari evolyutsiyasi” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ushbu dissertatsiya san’atshunoslik fanlari doktori, professor Muhabbat Tulyaxodjayeva ilmiy rahbarligida yozildi.

Seminarda ta’kidlanganidek, “Tadqiqot o‘zbek kinoshunoslik fanida ilmiy-nazariy ma’lumotlar ko‘lamini kengaytiradi, filmlar tahlili, kinohujjatchilar izlanishlari, hujjatli kino tarixi va nazariyasi fanlarini o‘qitishni takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur tadqiqotdan kelajakda hujjatli kino tarixi va nazariyasini o‘rganayotgan soha mutaxassislari, kino ijodkorlar va talaba-yoshlar muhim manba sifatida foydalanishi mumkin”.

Shundan so‘ng seminarda Otajon Dostonovning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy o‘zbek badiiy kinosida operatorlik san’atining yangi tamoyilari (2000-2020-yillar)” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ushbu dissertatsiya san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oltinoy Tojiboyeva ilmiy rahbarligida yozildi.

Seminarda ushbu dissertatsiya haqida fikr bildirilar ekan, “Tadqiqot –yaratilgan filmlar tahlili, sahnalashtiruvchi operatorlar izlanishlari, kino san’ati tarixi, kinooperatorlik mahorati, operatorlik ishi nazariyasi va fotokompozitsiya fanlarini o‘qitishni takomillashtirishga xizmat qilishi, shuningdek, undan O‘zbekiston badiiy filmlari bo‘yicha olib boriladigan istiqboldagi tadqiqotlarda, darslik, o‘quv qo‘llanma va turli uslubiy ko‘rsatmalar yaratishda foydalanish mumkinligi ta’kidlandi.

Tadqiqotchilar seminar yakunida xulosalarini bayon qilar ekan, bugun bildirilgan fikr-mulohazalarni albatta, inobatga olishlarini hamda ular asosida ilmiy ishga yakuniy tо‘ldirishlarni kiritgan holda tez orada himoyaga chiqishlarini ma’lum qildi.

Seminar yakuniga ko‘ra har ikkala tadqiqotchining dissertatsiyalari himoyaga tavsiya etildi.