O‘zDSMI Kengashida davlat mukofoti va ilmiy unvon sohiblari taqdirlandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kengashining 1-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va boshqalar ishtirok etdi.

Kengash kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bayoni, Vazirliklarning buyruqlari va topshiriqlarining bajarilish holati, mustaqilligimizning 32 yillik tantanalariga tayyorgarlik jarayoni, olyigoh yoshlarini talabalar turar joyi bilan ta’minlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Qayd etish joiz, oliygohimizda ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib, soha rivojida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan to‘rt nafar professor-o‘qituvchimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, bu mamlakatiizdagi oliy ta’lim muassasalari miqyosida eng yuqori ko‘rsatkich sanaladi.

Jumladan, «Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati» kafedrasi professori Munavvara Abdullayeva «Mehnat shuhrati» ordeni; «Madaniyat va san’at menejmenti» kafedrasi professori Viktor Alimasov va “Kino, televideniye va radio rejissyorligi” kafedrasi dotsenti Hilol Nasimov «Do‘stlik» ordeni; «Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati» kafedrasi professori Erkin Komilov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Institut rahbariyati tomonidan o‘z sohasining zahmatkash va fidoyi vakillariga minnatdorchilik bildirildi hamda ularga moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida sertifikatlarni topshirdi.

Bundan tashqari, yana bir qancha zahmatkash ustozlarimizga ilmiy unvonlar berildi. Jumladan, «San’atshunoslik» kafedrasi o‘qituvchisi Usmon Azim hamda «Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati» kafedrasi mudiri Timur Rashidov professor; «Sahna nutqi» kafedrasi o‘qituvichisi Shokir Yusupov hamda «Folklor va etnografiya» kafedrasi mudiri Kamoliddin Isayev dotsent ilmiy unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, «Vokal» kafedrasi o‘qituvchisi Sevara Malikovaga Turon akademiyasining faxriy-professori unvoni berildi.

 




Ramz Qodirov dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bugun «Sahna nutqi» kafedrasi dotsenti, mustaqil tadqiqotchi Ramz Qodirovning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

«Talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish texnologiyalari» mavzusidagi taqdimotda nutqda yuzaga keladigan muammolar, uni rivojlantirish tamoyillari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Muhokamada «Sahna nutqi», «Ijtiomiy va gumanitar fanlar va pedagogika», «Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati», «San’atshunoslik» va boshqa kafedralarning professor-o‘qituvchilar tomonidan dissertatsiyaning yutuq va kamchiliklari aytib o‘tildi.




Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun suhbat tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori ijrosini ta’minlash hamda vazirliklar, idoralar va yirik xo‘jalik birlashmalarida oliy ma’lumotli kadrlar ulushini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 675-sonli qaroriga asosan, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tavsiyanomasiga ega talabgorlar uchun 2023/2024-o‘quv yili uchun sirtqi ta’lim yo‘nalishi qabuliga oid suhbat o‘tkazilmoqda.

Jarayonni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Nurullayev ochib berdi hamda talabgorlarga omad tiladi.

Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki taʼlim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi taʼlim shakli uchun 5 yil) uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘i ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatda to‘lab berilishi lozim.

 




Badiiy, o‘quv-uslubiy kengashning yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Badiiy, o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash a’zolari ishtirokida 2023/2024-o‘quv yili uchun dars yuklamalarini professor-o‘qituvchilar kesimida taqsimoti muhokama qilindi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilida bakalavriat va magistratura kesimida o‘quv adabiyotlarni yaratish rejasi tasdiqlandi.




Idoralararo hujjat aylanish tizimidan foydalanish bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xodimlari uchun Idoralararo hujjat aylanish tizimi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida EDO.IJRO.UZ saytidan qay tartibda foydalanish, hujjatlarni qabul qilish va yuborish kabi bir qancha amallar tushuntirib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, EDO.IJRO.UZ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari monitoring qilish tizimi hisoblanadi. Tizim, hujjat aylanishi jarayonlarini va topshiriqlar ijrosi nazoratini avtomatlashtiruvchi funksiyalardan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida, hujjat ustida bir nechta xodimlarning ishlashini ta’minlaydi.




O‘zDSMIda xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi

Jarayonni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Abdulaziz Nurullayev ochib berdi. Tegishli yo’nalishlar bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni soha mutaxassislari baholab borishdi.
Sinovlar shaffof va adolatli o’tkazilish maqsadida internet tarmog’i orqali translyatsiya qilindi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida san’at sohasi bo’yicha tasdiqlangan o’tish balli — 80 ballni tashkil etadi. Ijodiy imtihonlardan so’ng talabalar 16-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etadi.