Baxshichilik festivaliga tayyorgarlik avjida

Xabaringiz bor, 6-8-may kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, mazkur festivalga tayyorgarlik jarayoni bilan bevosita tanishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, festivalga 1500 nafardan ortiq ijodkor jalb etilgan. Shu bilan birga, 40 dan ortiq xorijiy davlat va xalqaro tashkilotdan baxshichilik san’atiga doir 30 nafardan ziyod musiqa ijrochi ishtirok etadi.

Anjuman yakunida ko‘rik-tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi hamda gala-konsert namoyish etiladi.

Xalqaro festival g‘olib ishtirokchilarini rag‘batlantirish maqsadida esa bu gal ham AQSH dollarida pul mukofotlari ajratilgan bo‘lib, Gran pri sohibiga 7000 AQSH dollari, 2 ta yo‘nalishdagi 1-o‘rin sohibi uchun 10.000 AQSH dollari, 3-o‘rin egalariga 3.500 AQSH dollari ajratilgan.

Shuningdek, eng yaxshi selfi, fleshmob kabi yo‘nalishlaridagi xalqaro festivalning eng yaxshi targ‘ibotchisi bo‘lgan matbuot xodimlari ham pul mukofoti bilan taqdirlanishi kutilmoqda.

 

 




Ilmiy jurnallarda maqola chop etish bo‘yicha trening

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti axborot-resurs markazida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan Ilmiy jurnallarda maqola chop etish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda soha mutaxassislari, respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari hamda ilmiy maqolalari ko‘pgina xorijiy jurnallarda chop etilgan iqtidorli talabalar tomonidan ilmiy maqola tasnifi, yozish uslubi, xalqaro elektron jurnallardan to‘g‘ri foydalanish, yuqori reytingga ega jurnallarda maqola chop etish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Trening davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.