ZО‘RAVONLIKKA QARSHI KURASHISH

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining о‘rinbosari, Xotin-qizlar qо‘mitasi raisi Elmira Basitxanova tomonidan 2019 yil 12 noyabr kuni tasdiqlangan “BMT Bosh assembleyasi tomonidan e’lon qilingan 25 noyabr Xotin-qizlarga nisbatan zо‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan hududlarda “Biz zо‘ravonlikka qarshimiz” shoiri ostida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talaba-yoshlar bilan seimanr tashkil etildi. Institut Xotin-qizlar qо‘mitasi raisi Matluba Isoqova boshchiligida 29 noyabr kuni oliy ta’lim muassasasiga Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari xodimlari tashrif buyurishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Uchrashuvni institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlar bо‘limi boshlig‘i Sayfulla Ikromov ochib berib, talaba-yoshlarni ogohlikka da’vat etdilar. Shundan sо‘ng, Mirzo Ulug‘bek tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bо‘linmasi xotin-qizlar masalalari buyicha Katta inspektor, podpolkovnik Zuxra Aliyeva hamda Mirzo Ulug‘bek tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish 9-sonli IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bо‘linmasi profilaktikasi bо‘linmasi katta inspektori podpolkovnik Feruza Djumanazarova sо‘zga chiqib, talaba-yoshlarga zо‘ravonlik, tazyiq holatlarini atroflicha tushuntriib о‘tdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Tadbir davomida “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi” 1-kurs talabalari ijrosida kichkinagina sahna kо‘rinishi taqdim etildi. Qizg‘in suhbatlar va munozaralar bо‘lib о‘tdi. Barcha jarayonlar telekanallar orqali oynai jahonga ham uzatib borildi, mutaxassis va yoshlardan intervyular berildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Ona О‘zbekistonimiz tinch va osuda bо‘lib, barchamizning turmushimiz farovon bо‘laversin. Yoshlar – kelajak bunyodkori, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talaba-yoshlari ham bunyodkor kelajakni qurishdi faol bо‘lishsin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print