Yurtimiz bo‘ylab “YANGI O‘ZBEKISTON – YANGICHA DUNYOQARASH” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar

Yurtimiz bo‘ylab “YANGI O‘ZBEKISTON  - YANGICHA DUNYOQARASH” shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbirlar
Yurtimiz bo‘ylab “YANGI O‘ZBEKISTON – YANGICHA DUNYOQARASH” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Joylarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Yurtimiz bo‘ylab “YANGI O‘ZBEKISTON  - YANGICHA DUNYOQARASH” shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbirlar
Navbatdagi “YANGI O‘ZBEKISTON-YANGICHA DUNYOQARASH” madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari Pskent tumanida bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlar yangi bir bosqichga ko‘tarilayotgani sir emas. Buning yaqqol misolini kundan-kunga odamlar turmush-sharoiti yaxshilanib borayotganidan, ularning yuzidagi quvonch, ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuyg‘ulari oshayotganidan bilish mumkin. Yurtimiz hayotidagi tub islohotlar shu zaminda yashayotgan har bir fuqarolarimizning dunyoqarashi o‘zgarayotgani, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi yanada kuchayayotganidan darak beradi. Pskent tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida joylashgan 10-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Folklor va etnografiya” kafedrasi mudiri v.b Isayev Kamoliddin Saidovich, kafedra o‘qituvchisi Sunnatillayev Asatilla va jo‘rnavoz Rustamov Olimjon, Pskent tumani hokimligi, tuman madaniyat bo‘limi, mahalla faollari ishtirok etishdi. Tadbirda Yangi O‘zbekistonning – yangicha yuksalish yo‘lida dadil odimlayotgani, dunyo nigohida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar e’tirof etilayotgani, O‘zbekiston buyuk allomalar va mutafakkirlar yurti ekani, kelgusida, albatta, ajdodlarga munosib avlodlar shu zaminda kamolga yetishi, erishilayotgan har bir yuqori natija xalqimizning mehnati hamda jasorati tufayli qo‘lga kiritilayotgani haqida so‘z bordi.
Yurtimiz bo‘ylab “YANGI O‘ZBEKISTON  - YANGICHA DUNYOQARASH” shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbirlar
Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘qituvchilarining ezgu g‘oyalar targ‘ibotidagi nutqiy chiqishlari, tumandagi Madaniyat bo‘limi xonanda va sozandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, o‘quvchi-yoshlarning Vatan ruhidagi she’riy chiqishlari, raqslari ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.
Yurtimiz bo‘ylab “YANGI O‘ZBEKISTON  - YANGICHA DUNYOQARASH” shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbirlar
Shuningdek suyukli shoirimiz Erkin Vohidovning “Inson qasidasi” she’ri asosida sakkiz tilda, dunyoning mashhur san’atkorlari tomonidan ijro etilgan qo‘shiq tadbir ishtirokchilarida katta taassurot uyg‘otdi. Tadbir doirasida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida savol-javob viktorina, 5 ta muhim tashabbus doirasida turli muloqot va ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Yurtimiz bo‘ylab “YANGI O‘ZBEKISTON  - YANGICHA DUNYOQARASH” shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Матбуот котиби

image_pdfimage_print