Yurt obodligi – kо‘ngil obodligi

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15-mart kunlari mamlakatimiz bо‘ylab “Obod yurt” shiori ostida umumxalq xayriya hashari о‘tkazilmoqda. Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida institutning barcha jamoasi hashar ishlarini boshlab yuborishdi. Kundan-kun chiroy ochib borayotgan institutimiz va unga qо‘shni bо‘lgan “Lakomotiv” kо‘ngilochar bog‘ida institutdagi barcha professor-о‘qituvchilar va talabalar bilan birgalikda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Oliy ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan har bir kafedraning alohida bog‘-maydonchasi mavjud bо‘lib, unda ustozlar hamda talabalarning zavq bilan mehnat qilayotgani barchani g‘ayratiga g‘ayrat qо‘shdi.
О‘zi yashab, ishlab turgan makonni millatimizning eng ulug‘ milliy bayrami Navrо‘z bayramini kirib kelish arafasida obod qilish jarayoni qizg‘in tus oladi. Bu kunlarda yosh-u qari, rahbar va xodim birdek bо‘lib yurtimizni obodligi, kо‘rkamligi va ozodaligi uchun hamjihatlikda xizmat qilishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Ekologiya va atrof-muhit uchun zarur bо‘lgan 2000 dan ortiq turli navdagi gul kо‘chatlari va 200 dan ortiq terak novdalarini rektorimiz Ibrohim Yuldashev va Mirzo Ulug‘bek tumani prokurorining о‘rinbosari A.A.Usmonov boshchiligida yer maydonlariga ekildi. Mehnatkash rahbarimizdan о‘rnak va shijoat olgan professor-о‘qituvchilar va talabalar kuchiga kuch qо‘shilib yanada yaxshiroq ishlashga kirishishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Institut hovlisi, atrofidagi manzarali va mevali daraxtlar ohaklanib, chiroyli shakl berildi. Yon atrofdagi kо‘chalar, yо‘laklar va ariqlar tozalandi. Mо‘jazgina uyimizga aylangan mazkur dargohga talabalarning muhabbati cheksiz ekanligini qо‘llarida mehnat qurollarini olgan holda tinmay mehnat qilib charchoq bilmayotgan og‘il qizlar va yigitlar misolida kо‘rishimiz mumkin.

Yurt obodligi – kо‘ngil obodligi

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Yurt obodligi – kо‘ngil obodligi, mehnatimiz qadrlansagina ishga yanada g‘ayrat va muhabbat uyg‘onadi. Barchamizning shijoatimiz yuksalaversin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print