YUQORI ILMIY SALOHIYAT KELAJAKKA YО‘L OCHADI

YUQORI ILMIY SALOHIYAT KELAJAKKA YО‘L OCHADI

Kuni kecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ta’lim sifatini oshirish, institutning ilmiy salohiyatini belgilashda muhim bо‘lgan Scopus va Sciense Direct Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish tartibi, imkoniyatlar hamda impakt-faktorga ega jurnallarda yuqori saviyali ilmiy maqolalarni chop etishga tayyorgarlik kо‘rish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o`tkazildi.

YUQORI ILMIY SALOHIYAT KELAJAKKA YО‘L OCHADI
Yig‘ilishda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori G.Xalikulova, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy qilish markazi” bо‘lim boshlig‘i, ELSEVIER kompaniyasining О‘zbekistondagi koordinatori Dilnoza Allanazarova hamda professor-о‘qituvchilar, yosh ilmiy-tadqiqotchi olimlar ishtirok etishdi.

YUQORI ILMIY SALOHIYAT KELAJAKKA YО‘L OCHADI
Seminar davomida, Dilnoza Allanazarova ELSEVIER kompaniyasining asosiy maqsadi, о‘z yо‘nalishida jahonda tutgan о‘rni, uning maqolalarni butun dunyo miqyosida chop etish bо‘yicha kо‘rsatkichi va ilmiy ishning sifatini oshirish uchun ELSEVIERdan qanday foydalanish mumkinligi, Scopus va Sciense Directning afzalliklari, Sciense Direct ma’lumotlar bazasidan “Nanomaterals”ni izlash, ushbu jarayonni optimallashtirish, Sciense Direct, Scopus va Meldeley haqida yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirib berdi.
Shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor G.Xalikulova institutda ayni kunlarda ilmiy-tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga, tadqiqot davomida xalqaro ilmiy anjumanlar, seminar va konferensiyalarda ishtirok etish, yuqori impakt-faktorga ega xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalarni onlayn tarzda izlash imkoniyatlari kengayib borayotganligi va iqtiboslar keltirish kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, bu borada institutda “Doktorlik ta’limi markazi” hamda “Maslahat markazi” tashkil etilganligi va markazlarning faoliyatiga tо‘xtalib о‘tdi.

YUQORI ILMIY SALOHIYAT KELAJAKKA YО‘L OCHADI
Yig‘ilish sо‘ngida, ishtirokchilari о‘zlarining ilmiy maqolalarini Scopus va Sciense Direct Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga joylashtirish va undan foydalanish hamda ilmiy maqolalarni yuqori impakt-faktorga ega jurnallarda chop etishga tayyorlash haqida kerakli ma’lumotlarga ega bо‘lishdi.
Uchrashuvning qanchalik dolzarbligini inobatga olgan holda, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy qilish markazi” bо‘lim boshlig‘i, ELSEVIER kompaniyasining О‘zbekistondagi koordinatori Allanazarova Dilnozaga minnatdorchilik bildiramiz.

О‘tkir Islamov,

O`zDSMI Ilmiy-tadqiqot bо‘limi boshlig‘i 

image_pdfimage_print