Yuksak marralar sari!

Ilm va iste’dod insonni buyuklikka yetaklaydi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ijodkor, bilimga chanqoq talabalari respublika nomdor stipendiyalariga imtihon topshirishmoqda. Institut Iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi boshlig‘i E’tibor Nazarova boshchiligida barcha tashkiliy ishlar yakuniga yetdi.
Birinchi nomzod “San’at nazariyasi va tarixi” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Sarvinoz Saksonova О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi uchun,

Yuksak marralar sari!
ikkinchi nomzod “Dramatik teatr va kino aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Sardor Shermatov Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi uchun,

Yuksak marralar sari!
uchinchi nomzod “Ijtimoiy madaniy faoliyat” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Jumagul Nishonova Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini olish uchun oldindagi katta imtihonga tayyorgarlik kо‘rishmoqda.

Yuksak marralar sari!
Bilimga chanqoq, iste’dodli va ilg‘or fikrlaydigan O‘zbekiston yoshlari har jabhada yuksak marralar sari olg‘a intilishmoqda.

Institut jamoasi va barcha talabalar nomidan iste’dodli yoshlarimizga chin dildan Omadlar yor bо‘lishini tilaymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print