YOSHLARNING IJODIY PARVOZLARI

Iste’dod va mahorat izlanuvchilikni talab qiladi. Bugun О‘zbekiston yoshlari kо‘p sohalarda о‘zlarini namoyon etib, jahon marralariga chiqishmoqda. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham iste’dodli talaba-yoshlar tahsil olib, ularning mahoratini yanada shakllantirish, xalqqa namoyon etish muhimdir. Bugun О‘ZMTRK “Yoshlar” telekanalining “Yangi kun” kо‘ngilochar jonli shou-dasturida institutning “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Ashula va raqs” 3-kurs talabasi Shahzod Safarov jonli ijroda qо‘shiqlar kuyladi.


“Mening о‘qishimda va ijodiy faoliyatimda ustozim Mirshod Elovning о‘rni beqiyos. Biz doimo ovoz ustida birga ishlaymiz, milliy cholg‘u asboblarni chalish sir-asrorlarini о‘rganamiz. Nasib qilsa, kelajakda о‘zbek musiqa san’atini yanada rivojlantirishga katta hissa qо‘shmoqchiman”, deydi yosh xonanda.


Shahzod Safarov institutning iqtidorli talabalaridan, tadbirlarda doimo faol, о‘qish va jamoat ishlaridagi ilg‘orligi boshqalarga о‘rnak bо‘ladi. Eng asosiysi, hozirda qо‘shiqchilik sohasida ijod qilib “Meni sevib qolasan”, “Vatan”. “Nahotki, qalamdanmu?” kabi mualliflik taronalarini yozgan va о‘z muxlislariga ega bо‘lmoqda.


Yosh iste’dodli Shahzod Safarovga yanada ulkan ijodiy parvozlar tilaymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi