Yoshlar faolligini oshirish

Yoshlar faolligini oshirish
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2020-yil 25-dekabrda Prezidentimizning Yoshlar forumida sòzlagan nutqi va unda belgilangan vazifalar ijrosiga baģishlangan yiģilish bòlib òtdi.
Yoshlar faolligini oshirish
Mazkur yig’ilish doirasida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor E.Shermanov tomonidan Yoshlar ittifoqi boshlanģich tashkiloti Kengashi a’zolari va fakultet yetakchilarining tayinlov marosimi ham o‘tkazildi. Yig‘ilishda ular tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar xususida takliflar bildirildi.
Prorektor tomonidan faollar uchun maxsus “Kofe break” tashkil etildi.
Yoshlar faolligini oshirishShu yilning 8-fevralidan 14-fevraliga qadar oliygohimizda Yoshlar Forumi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu yangicha formatda bo‘lib o‘tadigan forum butun respublika OTM lariga namuna bòlishi lozim,- deyildi yig‘ilishda. Forumning maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi. Mas’ullar belgilandi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print