YOSHLARNING DAM OLISHI MAZMUNLI О‘TSIN

YOSHLARNING DAM OLISHI MAZMUNLI О‘TSIN

Yurtimizda yoshlarning yetuk va barkamol inson bо‘lib shakllanishlari uchun keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus ham kelajak egalarining ta’lim-tarbiyasida, ularning sog‘lom turmush-tarzini yо‘lga qо‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Bugun kо‘plab ilm dargohlari singari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ham bu boradagi salmoqli ishlarga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda. Kuni kecha institutning suzish havzasida suv sporti bо‘yicha mahalla yoshlari о‘rtasida о‘tkazilgan musobaqa buning yorqin isbotidir.


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shahriobod” va “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inlari о‘rtasidagi kelishuvga kо‘ra musobaqada yoshlar suzishning 50 metrga erkin, chalqancha, batterflay, brass usullarida bahslashishdi.
Yakunda, g‘oliblarga faxriy medallar hamda homiylar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.


О‘ylaymizki, bunday sport musobaqalari eng avvalo, yosh avlodni sog‘lom, baquvvat va barkamol qilib tarbiyalashda, ularning ta’tildagi bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishlarida muhim omil bо‘lib xizmat qiladi.