YORQIN MUNOSABATLAR

YORQIN MUNOSABATLAR

Xalqaro aloqalar yorqin munosabatlarda aks etadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev, “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi mudiri, kinooperator, kinorejissyor Iqbol Meliqо‘ziyev UNESCO hamda Rossiyaning Sergey Gerasimov nomidagi Butunrossiya Kinematografiya instituti hamkorligida о‘tkazilayotgan “Вузы искусств в международном пространстве” mavzusidagi xalqaro konferensiyasida faol ishtirok etishmoqda.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Mazkur anjumanda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, milliy va xalqaro reytingini kо‘tarish, sohalarda yetuk va malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro klassifikatsiya jarayonlarida faol bо‘lish kabi dolzarb masalalar о‘rtaga tashlandi. Shuningdek, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Sergey Gerasimov nomidagi Butunrossiya Kinematografiya instituti о‘rtasidagi ijodiy aloqalarni yuksak darajaga kо‘tarish, xalqaro oliy ta’lim muassasasining filialini ochish, professor-о‘qituvchilar kasbiy malakasini oshirish yuzasidan shartnomalar imzolandi.
Bugun esa konferensiyaning ikkinchi kuni davom etmoqda. Yorqin natijalar va takliflar kutib qolamiz!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print