Yangi О‘zbekiston – yangicha ma’rifat”

Yangi О‘zbekiston – yangicha ma’rifat”

Keyingi yillarda madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, sohadagi islohotlarni yanada jadallashtirish davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 martdagi “Mahallabay ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qaroriga asosan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati va professor-о‘qituvchilari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi о‘nta mahallalar bilan aholi yoshlari bilan ishlash borasida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Yangi О‘zbekiston – yangicha ma’rifat”

Mamlakatimiz rahbarining joriy yilni – “Yoshlarni qо‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahakamlash yili” deb nomlanishi institutimizda amalga oshirilayotgan о‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi ham aynan manashu ishlarga yо‘naltirilayotganligida kо‘rishimiz mumkin.

Aziz yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi О‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida bо‘lib о‘tayotgan ma’rifiy tadbirlarning navbatdagisi Muhtaram Prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbuslari doirasida shu yilning 2021 yil 27 avgust kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani Katta-Yalang‘och ota mahalla guzarida “Yangi О‘zbekiston – yangicha ma’rifat” mavzusiga bag‘ishlandi.

Yangi О‘zbekiston – yangicha ma’rifat”

Mahalla ziyolilari va О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari hamkorligida mahallaning yangi kutubxonasi ochilish marosimi yuqori saviyada о‘tkazildi.

Tadbirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at muassaslarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi mudiri B.Salaydinov, professor S.Tо‘ychiyeva, dotsentlar V.Rustamov, T.Fayziyev, о‘qituvchilardan R.Yusupova, N.Mamatqosimova, D.Yusupaliyeva, Katta Yalang‘och ota mahallasining faollari hamda fuqarolari faol ishtirok etdilar.

Tadbirda sо‘zga chiqqan 80 yoshdan oshgan iste’fodagi polkovnik Obid aka Toshmuxammedov Mahalla yoshlarining bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishga bag‘ishlangan har bir uchrashuv, ota-onalar bilan suhbatlar, konsert dasturlari, institut jamoasi tomonidan tashkil etilgan 21 xil turdagi tо‘garaklarning faoliyatining yaxshi yо‘lga qо‘yilganligi va bundan mahalla fuqarolarining institut rahbariyatidan minnatdor ekanligi haqida gapirib о‘tganligi tadbir tashkilotchilarini yanada ilhomlantirdi.

Yangi О‘zbekiston – yangicha ma’rifat”

Institut va mahalla ziyolilari hamkorlik borasidagi xayrli tadbirlar, kо‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual о‘yinlari talabalar va mahalla yoshlarini dо‘stlik va ilm chorrahalarida bir-birlariga tanishtirishdi.
Kutubxonaning ochilishi munosabati bilan institut talabalari hamda Mirzo Ulug‘bek tumani madaniyat bо‘limi ijodkorlari tomonidan konsert dasturi tashkil etildi.

Professor S.Tо‘ychiyeva, dotsent V.Rustamov, о‘qituvchi R.Yusupovalar sо‘zga chiqib, tadbirning mazmun-mohiyati, Mustaqilligimizning 30 yilligiga erishguncha bо‘lgan jarayonlar, Yangi О‘zbekistonda qilishimiz lozim bо‘lgan ishlar haqida gapirib о‘tdilar.

Yangi О‘zbekiston – yangicha ma’rifat”

Tadbirda “Har oyda bir kitob aksiyasi” о‘tkazilishi kelishib olindi. Tadbir sо‘nggida institut jamoasi nomidan 70 dan ortiq kitoblar tо‘plami hadya tariqasida mahalla kutubxonasiga taqdim etildi.

Dotsent V.Rustamov

image_pdfimage_print