“Yangi О‘zbekiston- Yangicha dunyoqarash”

“Yangi О‘zbekiston- Yangicha dunyoqarash”
Barchamizga ma’lum hozirgi kunda Piskent tumanida “ Yangi О‘Zbekiston- Yangicha dunyoqarash” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar о‘tkazilib kelinmoqda.
Ushbu tadbirlarni kо‘tarinki ruhda о‘tkazilishida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda. Navbatdagi “Yangi О‘zbekiston- Yangicha dunyoqarash” madaniy- ma’rifiy targ‘ibot tadbiri Piskent tumanidagi Navoiy MFYda joylashgan 7- umumta’lim maktabida bо‘lib о‘tdi. Tadbirda Piskent tumani hokimligi, mahalla faollari, tuman madaniyat bо‘limi, maktab jamoasi hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri v.b Xakimova Feruza Abdumanabovna kafedra о‘qituvchisi Vahidov Yusufjon Qadirovichlar ishtirok etishdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Jahon tillari va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Hamdam Ismoilov, “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Islamov О‘tkir Xosilovichlar tadbirning Respublika ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari ishchi guruhi a’zolari sifatida ishtirok etishib tadbirni ochib berishdi. ”Tadbirda Yangi О‘zbekistonning- Yangicha yuksalishi yо‘lida dadil odimlayotgani, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamdagi islohotlar buyuk ajdodlarimizning munosib avlodi bо‘lish, Uyg‘onish davri-Uchinchi Renessans poydevorini yaratish va buning uchun barcha birdek о‘z hissasini qо‘shishi maqsad qilib olinishi ta’kidlab о‘tildi. Madaniy-ma’rifiy tadbir davomida Davlatimizda rivojlanib borayotgan iqtisodiy hududlar, sanoat korxonalari, madaniy turmush tarzi haqidagi video rolikni namoyish etish bilan birga “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi о‘qituvchisi Yusufjon Vahidov tomonidan nay cholg‘usida ijro etilgan milliy kuylarimiz, maktabning iqtidorli о‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy qо‘shiqlar, madaniyat bо‘limida faoliyat olib borayotgan san’atkorlarning konsert dasturlari hamda mahalladan yetishib chiqgan xalqaro musobaqalar chempionlarining chiqishlari yig‘ilganlarga katta ma’naviy ozuqa bergan bо‘lsa, halqimizning sevimli qiziqchisi Avaz Oxun chiqishlari halqimizga tabassum ulashdi. Bunday qiziqarli va mazmunli tadbirlar yana davom etishi mahalla ahlini quvontirdi.
Barchamizga ma’lum hozirgi kunda Piskent tumanida “ Yangi О‘Zbekiston- Yangicha dunyoqarash” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar о‘tkazilib kelinmoqda.
Ushbu tadbirlarni kо‘tarinki ruhda о‘tkazilishida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.
“Yangi О‘zbekiston- Yangicha dunyoqarash”
Navbatdagi “Yangi О‘zbekiston- Yangicha dunyoqarash” madaniy- ma’rifiy targ‘ibot tadbiri Piskent tumanidagi Navoiy MFYda joylashgan 7- umumta’lim maktabida bо‘lib о‘tdi. Tadbirda Piskent tumani hokimligi, mahalla faollari, tuman madaniyat bо‘limi, maktab jamoasi hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri v.b Xakimova Feruza Abdumanabovna kafedra о‘qituvchisi Vahidov Yusufjon Qadirovichlar ishtirok etishdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Jahon tillari va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Hamdam Ismoilov, “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Islamov О‘tkir Xosilovichlar tadbirning Respublika ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari ishchi guruhi a’zolari sifatida ishtirok etishib tadbirni ochib berishdi. ”Tadbirda Yangi О‘zbekistonning- Yangicha yuksalishi yо‘lida dadil odimlayotgani, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamdagi islohotlar buyuk ajdodlarimizning munosib avlodi bо‘lish, Uyg‘onish davri-Uchinchi Renessans poydevorini yaratish va buning uchun barcha birdek о‘z hissasini qо‘shishi maqsad qilib olinishi ta’kidlab о‘tildi. Madaniy-ma’rifiy tadbir davomida Davlatimizda rivojlanib borayotgan iqtisodiy hududlar, sanoat korxonalari, madaniy turmush tarzi haqidagi video rolikni namoyish etish bilan birga “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi о‘qituvchisi Yusufjon Vahidov tomonidan nay cholg‘usida ijro etilgan milliy kuylarimiz, maktabning iqtidorli о‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy qо‘shiqlar, madaniyat bо‘limida faoliyat olib borayotgan san’atkorlarning konsert dasturlari hamda mahalladan yetishib chiqgan xalqaro musobaqalar chempionlarining chiqishlari yig‘ilganlarga katta ma’naviy ozuqa bergan bо‘lsa, halqimizning sevimli qiziqchisi Avaz Oxun chiqishlari halqimizga tabassum ulashdi.
“Yangi О‘zbekiston- Yangicha dunyoqarash”
Bunday qiziqarli va mazmunli tadbirlar yana davom etishi mahalla ahlini quvontirdi.
“Yangi О‘zbekiston- Yangicha dunyoqarash”

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print