“Xotira o‘chmasdir, xotira o‘lmas!” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi

“Xotira o‘chmasdir, xotira o‘lmas!” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Resnublikasi Fanlar akademiyasi kutubxonasida “Xotira o‘chmasdir, xotira o‘lmas!” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvni O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, professor, filologiya fanlari doktori Ibrohim Yo‘ldoshev olib bordi. 9-may – Xotira va qadirlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari, Fanlar akademiyasi kutubxonasi hodimlari ishtirok etishdi. Ibrohim Yo‘ldoshev ushbu institutni tugatib, mazkur oliy o‘quv yurtida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan, mamlakatimiz kutubxonachilik sohasida malakali hodimlarni yetkazib berishda munosib hissasini qo‘shgan ustoz va murabbiylarni xotirladi, ularning ilmiy faoliyati haqida to‘htaldi. Ushbu tadbirda ustoz, murabbiylarning oila aʼzolari, ular bilan birga faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etib, ular haqida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar, mehribon ustozlar haqida iliq fikrlar aytildi. Mazkur tadbir ilmiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turdi.

“Xotira o‘chmasdir, xotira o‘lmas!” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi
Mazkur uchrashuvni O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, professor, filologiya fanlari doktori Ibrohim Yo‘ldoshev olib bordi.
“Xotira o‘chmasdir, xotira o‘lmas!” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi
9-may – Xotira va qadirlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari, Fanlar akademiyasi kutubxonasi hodimlari ishtirok etishdi.
“Xotira o‘chmasdir, xotira o‘lmas!” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi
Ibrohim Yo‘ldoshev ushbu institutni tugatib, mazkur oliy o‘quv yurtida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan, mamlakatimiz kutubxonachilik sohasida malakali hodimlarni yetkazib berishda munosib hissasini qo‘shgan ustoz va murabbiylarni xotirladi, ularning ilmiy faoliyati haqida to‘htaldi. Ushbu tadbirda ustoz, murabbiylarning oila aʼzolari, ular bilan birga faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etib, ular haqida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar, mehribon ustozlar haqida iliq fikrlar aytildi. Mazkur tadbir ilmiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print