Xayrli ishlar

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o`zbek milliy oshxonasining shoh taomi hisoblangan palov tayyorlandi va talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarga tarqatildi. Ushbu xayrli ish oliy ta’lim muassasasining ezgu an’anasiga aylanib ulgurgan. Boisi, institutimiz rahbari Ibrohim Yuldashev tashabbuslari bilan har oyda 2 marotaba talabalarga mana shunday palov tarqatiladi.

Xayrli ishlar
Palov tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, unga doir ko`plab rivoyatlar mavjudligini ko`rishimiz mumkin. Masalan, kunlarning birida, Sohibqiron Amir Temur Anqara safariga otlana turib, ko`p ming sonli askarlar, uzoq yo`l, tezlik va kutilmagan hujum kabi mashaqqatlarni ortiqcha yeguliklarsiz qanday qilib yengib o`tish mumkinligi haqidagi savol bilan a’yonlariga murojaat qiladi. Shunda dono Mulla mazali, to`yimli va oziqlantiruvchi taom haqida gapirib qoladi. Uning bir kosasidan askarlar bir necha kunlik kuch olib, janglarda g`alabaga erishadi. Shundan buyon osh Amir Temur harbiylarining eng kuchli taomi va qator g`alabalarining sabachisiga aylangan deyish mumkin. O`zbek xalqining eng oldi va sevimli taomi palov bo`lsa, institutimiz talabalari ham tolibi ilmlarning eng yuksak salohiyatli hamda har sohada yetuk yoshlari bo`lishiga ishonchimiz komil.

 

Institut Axborot xizmati

image_pdfimage_print