XALQARO HUNARMANDCHILIK FESTIVALI-2019

XALQARO HUNARMANDCHILIK FESTIVALI-2019

О‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida xalq amaliy san’ati va hunarmandchilikning eng qadimiy turlari, an’analari, о‘ziga xos uslub va maktablari saqlanib qolgan kam sonli mamlakatlardan biri sifatida alohida о‘rin tutadi. Yurtimizda milliy hunarmandchilikni har tomonlama rivojlantirish va qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar о‘z samarasini berayotir.
Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bо‘lib xizmat qilmoqda.
Xususan Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 10-15 sentabr kunlari Qо‘qon shahrida о‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivali ham bu yо‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishga xizmat qiladi.
Aytib о‘tish lozimki, hozirdanoq ushbu xalqaro tadbirga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Ayni paytda yurtimizdagi turli hunarmandchilik maskanlari, san’at oliygohlarida milliy qadriyatlarimiz bilan uyg‘un bо‘lgan ushbu fayzli tadbirni о‘tkazish uchun keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

XALQARO HUNARMANDCHILIK FESTIVALI-2019
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti zimmasiga festivalning ochilish qismini kо‘tarinki ruhda tashkillashtirish hamda xalqaro festival davomida mahalliy hamda xorijlik mehmonlarga milliyligimizning bir qismi bо‘lgan ananaviy hunarmandchilik turlari va ularning о‘ziga xos bо‘lgan avloddan-avlodga meros bо‘lib kelayotgan sir-sinoatlarini sahna kо‘rinishlarida ochib berish vazifasi yuklatilgan.
Bugun institutning saralab olingan bir guruh talaba-yoshlari ham soha mutaxassislari – professor-о‘qituvchilvar О‘zbekiston tarixida ilk marotaba о‘tkaziladigan nufuzli tadbirga qizg‘in hozirlik kо‘rishmoqda.

XALQARO HUNARMANDCHILIK FESTIVALI-2019
Ijodiy tayyorgarlik jarayonida republikamizning turli hududlarida mavjud ananalar va urf-odatlarni о‘zida namoyon etgan milliy kuylar, xalq og‘zaki ijodiga mansub aytimlar shuningdek viloyatlarimizning milliy hunarmandchilikdagi о‘ziga xos qirralarini kо‘rsatib beruvchi spetakllar sahnalashtirilmoqda.

 

XALQARO HUNARMANDCHILIK FESTIVALI-2019
О‘ylaymizki uzoq va yaqindan Qо‘qonga kelgan san’at va madaniyat shaydolariga yosh san’atkorlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar manzur bо‘ladi.
Qо‘qon xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print