XALQARO ALOQALAR

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat madaniyat va san’at institutida “Sharq va G‘arb musiqaviy an’analari” mavzusiga bag‘ishlangan xalkaro festival boshlandi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori Gо‘zal Xoliqulova mazkur festivalda ishtirok etmoqdalar. Ma’lumki, hozirgi kunda oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifasi milliy reytingni yanada yuqoriga kо‘tarish, yetishtirib chiqarayotgan kadrlar salohiyatini о‘stirishdan iborat. Shuningdek, xalkaro aloqalarda faol bulish, ilmiy-ijodiy ishlarga, monografiyalarga mualliflik xukukini qо‘ulga kiritish, ya’ni patent idorasining guvohnomalariga ega bо‘lish, xalqaro talabalarni institutga jalb kilish, hamkor institutlarda yuqori saviyada Mahorat darslarini о‘tkazish, diplom va sertifkatlarga ega bulish kabi vazifalarda professor-о‘qituvchilar faollikni qо‘ldan bermayaptilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Gо‘zal Xoliqulova Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat madaniyat va san’at institutida “Drama va kino aktyorligi” ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan 2-3 kurs talabalariga Sahna nutqi fanidan Mahorat darslarini о‘tishni boshladi. Amaliy dars mashg‘ulotlari, ijodiy ishlanmalar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar borasida ma’lumotlar berildi.
“Aktyorlik san’atida nutqiy xarakter yaratish” masalalarida sahna nutqi mutaxassislari bilan uchrashib ba’zi muammolar ustida fikr almashdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

28 oktabr kuni Gо‘zal Xoliqulova “G‘azal va musiqa” mavusida xalkaro konferensiyada ma’ruza va taqdimot о‘tkazishga tayyorgarlik kо‘rmokda.
Rossiya federatsiyasi, Qozog‘iston, Novosibirsk, Turkmaniston, Qirg‘izistondan kelgan olimlar, tadqiqotchilar oldida ma’ruzaga chikish oldidan kator olimlar va san’atkorlar о‘tkazgan Mahorat darslarida ham ishtirok etdi.
Festivalni kо‘tarinki ruhda о‘tishini tilaymiz!

 

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print