VAZIR BILAN UCHRASHUV

VAZIR BILAN UCHRASHUV

О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev о‘quv jarayoni hamda oliy ta’lim muassasasining ilmiy-innovatsion faoliyatini tahlil qilish maqsadida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi.

VAZIR BILAN UCHRASHUV
Tashrif davomida vazir hamda institutning Xalq ijodiyoti fakulteti “Milliy qо‘shiqchilik” hamda “Foklklor va etnografiya” yо‘nalishi о‘qituvchi-professorlari bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi.
Unda mamlakatimizda ayni sohada olib borilayotgan ishlar, davlatimiz rahbarining yaqindagina ta’lim fidoiylari va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvi, shuningdek, san’at va madaniyat ta’limida e’tibordan chetda qolayotgan dolzarb vazifalar xususida jiddiy fikr almashildi.

VAZIR BILAN UCHRASHUV
Shuningdek, Baxtiyor Sayfullayev yurtimizda sо‘nggi yillarda san’at va madaniyat yо‘nalishlarida tashkil etilayotgan turli festivallar xususida gapirar ekan ularning soha rivojidagi о‘rni, milliy san’atimizni qayta jonlanishidagi ahamiyati xususida gapirib, bu borada ayniqsa ushbu institut о‘qituvchi-professorlari hamda talabalari yanada faolroq bо‘lishlari shartligini ta’kidladi.

VAZIR BILAN UCHRASHUV
Uchrashuv yakunida vazir tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga kо‘ra Qо‘qon shahrida о‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalini о‘tkazish masalasiga ham alohida munosabat bildirildi.
Festival doirasida joriy yilning 10-15 sentabr kunlari “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida о‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiya bizning bu boradagi ilmiy salohiyatimiz qay darajada ekanligini kо‘rsatib berishi turgan gap, – deydi Baxtiyor Sayfullayev. – Shunday ekan institutdagi bu yо‘nalishda qilingan va qilinayotgan ishlarni bor bо‘y-basti bilan kо‘rsatishimiz lozim. Bunda albatta professor-о‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari, bilimdon talabalar tomonidan yoziladigan ilmiy maqolalar va amaliy chiqishlarning ahamiyati beqiyos.

Shuningdek, fikr sо‘ngida vazir tomonidan oliy ta’lim dargohiga xos tarzda xalqaro festivalga turli kо‘rinishdagi, о‘ziga xos ma’no-mazmunga ega, milliy qadriyatlarimizdan hikoya qilguvchi qadim tarixga ega kasb qо‘shiqlarini institut iqtidorli talabalari tomonidan kuyga solinishi hamda turli sahna chiqishlarni tayyorlanishi muhimligi aytib о‘tildi.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print