UzDOC 2.0 loyihasining hisobot-seminari

UzDOC 2.0  loyihasining hisobot-seminari

“O‘zbekistonda doktorantura ta’limi sifatini oshirish – Uzdoc 2.00” xalqaro loyihasi subkoordinatorlari va ishtirokchilari Vengriyaning Budapesht universitetida Doktorantura markazlari va olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot-seminarida ishtirok etdilar. 2014-2019 yillar ichida O’zDSMIda ilmiy salohiyatni oshirish va doktorantlar uchun sharoit yaratish maqsadida “Doktorantura markazi” muvaffaqiyatli tashkil etildi. Bu institutda katta innovatsiya bo‘ldi. Loyiha subkoordinatori, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G.Xalikulova, loyiha ishtirokchilari M. Savochkin va G. Aripovalar markazning hujjatlari, faoliyati qanday bo‘lishi to‘g‘risida chiqish qildilar.
UzDOC 2.0  loyihasining hisobot-seminari
2019 yil 11-15 mart kunlari o‘tayotgan seminarda o‘zbek partnyorlari Budapesht univirsitetining yetakchi olimlaridan dars oldilar. Tajribalari bilan fikr almashdilar.

UzDOC 2.0  loyihasining hisobot-seminari

ATM

image_pdfimage_print