USTOZLARGA TA’ZIM

USTOZLARGA TA'ZIM

1 oktabr “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida kattakon bayram dasturi bо‘lib о‘tdi. Tadbir avvalida institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev sо‘zga chiqib, jamoani chin yurakdan qutladilar. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, jumladan, о‘qituvchi va murabbiylarga qaratilayotgan yuksak e’tibor borasida alohida ta’kidlab о‘tdilar. Shundan sо‘ng institutda necha yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan yoshi ulug‘ 35 nafar professor-о‘qituvchilar bayram munosabati bilan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

USTOZLARGA TA'ZIM
Tadbir bayramona konsert dasturiga ulanib ketdi. О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, dotsent, mahoratli pedagog Ahmadjon Dadayev shoir Murod Rahmon sо‘zi bilan yozilgan “Xat yozdilarmu” qо‘shig‘ini kuyladilar. Milliy cholg‘u asboblarining betakror ohangi, jonli ijro va yurakdan chiqqan xonish barchani shirin tuyg‘ularga oshufta etdi.

USTOZLARGA TA'ZIM
“Ashula va raqs” ta’lim yо‘nalishi 2-3-kurs talaba qizlari shoir Pо‘lat Mо‘min she’ri ila bitilgan “Ustozlar” qо‘shig‘ini kuylashdi.
Institutning iqtidorli talabalaridan biri Doston Aminov Xorazm mumtoz asarlaridan bо‘lmish “Savti suvora”ni taqdim etdi.
“Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Ochilbek Hamidovning ustozlarga bag‘ishlangan she’riy kompozitsiyasi nihoyatda ta’sirli chiqdi.
“Nihol” davlat mukofoti sovrindori, iste’dodli talaba Ahror baxshi Xushvaqtovning badihagо‘ylik asosidagi terma dostoni barchani yuziga tabassum ulashdi.

USTOZLARGA TA'ZIM
Xalqaro tanlovlar g‘olibasi, “Folklor va etnografiya” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Muslima Aliyeva “Bо‘lmasa bо‘lmas” taronasini jonli ijroda kuyladi.

USTOZLARGA TA'ZIM
“Ashula va raks” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Sardor Umaraliyevning “Unutmoq osonmas” qо‘shig‘i betakror yangradi. Monitorda marhum ustozlarning portretlari kо‘rindi. Bu voqea jonkuyar о‘qituvchilarning porloq xotirasi qalbimizda mangu saqlanayotganini bildiradi.

USTOZLARGA TA'ZIM
Konsert dasturining yakunida “Musiqali dramatik teatr aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Doniyor Habibullayev “Shukrona” qо‘shig‘ini ijro etdi.

USTOZLARGA TA'ZIM
Mazkur tadbir dasturi ustozlarimiz uchun chinakamiga sovg‘a bо‘ldi. Fidoyi kasb egalarini yana bir bor muborakbod etamiz.

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print