USTOZLAR TAQDIRLANDI

USTOZLAR TAQDIRLANDI

USTOZLAR TAQDIRLANDI

Ona Vatanimiz gо‘zal О‘zbekiston unutilmas bayramlarga boy mamlakat. 1 oktabr “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” sifatida alohida e’tirof etilib, katta bayram tarzida nishonlanishi ham mamlakatimizda fidoyi kasb egalariga bо‘lgan yuksak hurmat va e’tibordan dalolat beradi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida rektor, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan 35 nafar yoshi ulug‘ professor-о‘qituvchilar qutlug‘ bayram munosabati bilan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

USTOZLAR TAQDIRLANDI USTOZLAR TAQDIRLANDI
Sahnada о‘z sovg‘alarini qо‘lga olayotgan professor-о‘qituvchilarning berilgan e’tibor va yuksak e’tirofdan kо‘zlarida quvonch yoshlari qalqqan, qadrli ustozlar uchun о‘zining fidoyi kasbi, necha yillik ilmiy-ijodiy faoliyati, kamtarona mehnatlari evaziga erishgan yutuqlari qatoridagi mazkur sovg‘alar unutilmas voqea bо‘ldi.

USTOZLAR TAQDIRLANDI USTOZLAR TAQDIRLANDI USTOZLAR TAQDIRLANDI
Necha yillab о‘zbek san’ati va madaniyati sohalariga yosh kadrlarni yetishtirib, sanoqsiz shogirdlarni tayyorlayotgan institutning malakali pedagoglarining kasb bayramlari о‘zgacha tarovat kasb etdi.

USTOZLAR TAQDIRLANDI
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining jonkuyar professor-о‘qituvchilarini yana bir bor bayram shodiyonasi bilan qutlab, ularga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilab qolamiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print