Turkiya delegatsiyasi tashrifi

Turkiya delegatsiyasi tashrifi
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Turkiyaning О‘zbekistondagi elchixonasi matbuot bо‘limi boshlig‘i Hamdi Turshuju boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Turkiya delegatsiyasi tashrifi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev mehmonlarga institutda amalga oshirilayotgan ishlar, о‘quv jarayonlari, ilm-fan sohasidagi izlanishlar haqida sо‘zlab berdi.
Turkiya delegatsiyasi tashrifi
Muloqotlar jarayonida о‘zbek-turk sо‘zlarining ma’nosi, ular о‘rtasidagi о‘xshashliklar borasida fikrlar bildirildi. Hamdi Turshuju rasmli va yozuvli folklor turkcha-о‘zbekcha izohli lug‘at yaratish istagi borligini aytdi.
Turkiya delegatsiyasi tashrifi
Ibrohim Yо‘ldoshev ushbu g‘oya har ikki davlat uchun ham nihoyatda foydali, tili bir-biriga yaqin bо‘lgan xalqlar uchun muhim ekanligini e’tirof etdi.
Turkiya delegatsiyasi tashrifi
Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari tomonidan Turkiyadagi oliy о‘quv yurtlarida о‘zbek tilida, О‘zbekistondagi oliy о‘quv yurtlarida esa turk tilida darslarni joriy qilish bо‘yicha fikrlar bildirildi.
Turkiya delegatsiyasi tashrifi
Uchrashuvda Turkiya elchixonasi Madaniyat va turizm bо‘limi boshlig‘i Alp Arslan Akinji ishtirok etdi.
Turkiya delegatsiyasi tashrifi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevga Turkiya madaniyat vazirligi tomonidan tayyorlangan “О‘zbekiston kelajagi buyuk davlat” kitobini taqdim qilishdi.
Turkiya delegatsiyasi tashrifi
Samimiy kechgan muloqotda о‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollari xususida fikrlashib olindi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print