Turkiya bilan hamkorlik

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an о‘rtasida shu yilning 19-20 fevral kunlari о‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolangandi. Bu ikki millatning dini va tili, qadriyatlari va qarashlari hamda kelgusida orzuli kelajaklari ham bir-biriga о‘xshaydi. Endilikda turli sohalarda о‘zbek va turk millatlari zaruriy aloqalar о‘rnatishadi. Mazkur ishlarning muhim davomi sifatida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga 5 mart kuni Turkiya Respublikasining Madaniyat va turizm masalalari maslahatchisi Alp Arslan Aqinji, ta’lim masalalari maslahatchisi Ali Eyyupxо‘ja tashrif buyurishdi. Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev bilan о‘zaro hamkorlik munosabatlarini о‘rnatish bо‘yicha qator takliflar о‘rtaga tashlandi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Jumladan, ta’limda innovatsion loyihalar bо‘yicha hamkorlik, madaniyat va san’at boshqaruvida kadrlar almashinuvi, professor-о‘qituvchilar hamda malakali mutaxassislarning mahorat darslarini tashkil etish, о‘zaro hammualliflikda spektakllar va filmlar yaratish, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarida ham hamkorlikni yо‘lga qо‘yish munosabatlari kelishib olindi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bugungi kunda kо‘plab xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan о‘zaro hamkorlik aloqalarini о‘rnatib kelmoqda. Endilikda Turkiya Respublikasi bilan ham aloqalar yanada mustahkamlanib, yurtimizda madaniyat va san’at sohalari taraqqiyoti uchun ulkan qadamlar tashlanadi.

О‘zbekiston dvlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print