TURK DUNYOSI HUJJATLI FILMLARI NAMOYISHI

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Xalqaro doiradagi aloqalar mamlakat nufuzini dunyolarga tanitadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Turk dunyosi hujjatli filmlar delegatsiyasi tashrif buyurishdi. Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev hamda “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi mudiri Iqbol Meliqо‘ziyev mutaxassislarni kutib oldilar, О‘quv teatriga mehmonlar taklif qilindi. Tadbirda institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev sо‘zga chiqib, xalqaro doiradagi aloqalarning о‘rni, rivojlantirish istiqbollari haqida sо‘zladilar. Turk dunyosi hujjatli filmlar federatsiyasi raisi Mendelez Demir sahnada о‘zbek va turk kinosi taraqqiyoti, zamonaviy innovatsiyalar, yutuq va kamchiliklar borasida tо‘xtalib о‘tdi.

 О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
 О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Delagatsiyada Turk dunyosi xujjatli filmlar assotsiatsiyasi mutaxassisi Yalmaz Karachi filmlar premyeralari, ommabopligi auditoriyasi, festival koordinatori Bayram Muxanmedov festivalning samaradorligi, mukofotlar tadriji, taniqli jurnalist, kinoshunos Mustafo Pedtox о‘g‘li hamda “Chanaqala” gazetalar jamiyati a’zosi Ilkon Ilgin kino sanoat bosqichlari, kadrlar tajribasi haqida sо‘zladilar.

 О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Tadbirning badiiy qismida О‘zbekistonimizning jonajon shahri bо‘lmish Xiva shahri haqidagi postanovkachi rejissyor Iqbol Meliqо‘ziyevning “Welcome to Khiva” hujjatli rolik, shu bilan birga, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston davlatlari hujjatlari roliklari namoyish etildi.

 О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

“Welcome to Khiva” ishi “Eng yaxshi festival filmi” deb e’tirof etildi.
О‘zbekiston va Turkiya mamlakatlari о‘rtasidagi о‘zaro aloqalar, tajriba almashinuvi, kino loyihalar va innovatsiyalar о‘zbek milliy kinematografiyasi rivojiga muhim hissa qо‘shadi.

 О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Mazkur festivallar talaba-yoshlar mahoratining shakllanishiga katta maydon yaratadi. Ilg‘or harakatlar ijobiy natijalarni beraversin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print