Toshkentda “Adiblar xiyoboni”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Toshkentda "Adiblar xiyoboni"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi.
Yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan uchrashuvda milliy adabiyotimizni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, galdagi muhim vazifalar haqida soʻz bordi.

– Adabiyot xalqning yuragi, elning maʼnaviyatini koʻrsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yoʻl topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning taʼsirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini oʻrganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Toshkentda "Adiblar xiyoboni"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Xiyobonda 24 nafar adibning haykallari o’rnatilgan bo’lib, ularning har biri yurtimizdagi oliy o’quv yurtlariga biriktirib berildi.

Jumladan, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Muhammad Yusuf haykali biriktirilib, shoir ijodi bilan bog’liq tadbirlar o’tkazish, shuningdek, Muhammad Yusufning hayot va ijod yo’li haqida “Vatan kuychisi” nomli film olish haqida topshiriq hamda takliflar berildi.

Toshkentda "Adiblar xiyoboni"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Berilgan takliflar asosida, endilikda “Muhammad Yusuf stipendiyasi” joriy etiladi, institutda “Muhammad Yusuf izdoshlari” to’garagi tashkil etiladi, har bir kafedrada “Adiblar burchagi” yaratiladi.

image_pdfimage_print